Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi



Download 35,7 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2022
Hajmi35,7 Kb.
#343903
1   2   3   4
Bog'liq
Fransiya

Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya (chegara uzunligi — 623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg (73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0‘rtayer dengizi, g‘arbda Biskay ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan tutashgan. 0‘rtayer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti departamentlari — Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi hamda dengizorti hududlari — Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va Korsika) — 28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunli­gi — 3427 km. Mamlakatning g’arbi va shimoli tekisliklardan iborat. Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv, Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi — Pik-de-Vinmal (3298 m). Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy Yevropaning eng baland cho’qqisi — Monblan tog‘i (4807 m) joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy daryolari — Sena, Rona, Luara, Garonna. Ko‘llar Fransiyada ko‘p emas, eng yirik ko‘l — Jeneva (katt qismi Shveysariyada joylash­gan). Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog’och. Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar 27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.

  Iqlimi — mo‘tadil, Korsika orolida subtropik. Mamlakatning to‘rtdan bir qismini o’rmonlar tashkil etadi. 0‘rmonlarda eman, qarag‘ay, qoraqayin, qayrag‘och, oq qayin, archa, kashtan kabi daraxtlar, O‘rtayer dengizi bo‘ylarida zaytun, tok, palma, agavalar o‘sadi. Hayvonot dunyosini ayiq, tog‘ echkisi, muflon, tulki, bo’rsiq, ohu, kosulya, to‘ng‘iz, olmaxon, kaklik, burgut, flamingo (janubda) tashkil etadi.

  


Download 35,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish