3. Franklarning davlat tuzumi
Franklarda davlat apparatining tashkil topishi va rivojlanishi jarayon-larida uchta asosiy yo‘nalishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo‘na-lish, ayniqsa, boshlang‘ich bosqichga (V-VII asrlarga) xos bo‘lib, bu vaqt-da franklardagi qabilaviy demokratiya organlarining yangi davlat organla-riga o‘sib chiqishi sodir bo‘lgan. Ikkinchi yo‘nalish votchina boshqaruv organlarining rivojlanishi bilan belgilanadi. Uchinchi yo‘nalish frank monarxlari davlat hokimiyatining asta-sekin senor-hukmdorlarning ”xusu-siy” hokimiyatiga aylanishi bilan bog‘liq. So‘nggi yo‘nalish VIII-IX asr-larga to‘g‘ri kelib, franklar jamiyatining oxirgi bosqichi - senorlik monar-xiyasining shakllanishi davri hisoblanadi.
Qirol hokimiyatining shakllanishi va rivojlanishi. Galliyaning istilo qilinishi franklarda yangi davlat apparatining tashkil etilishi uchun kuchli turtki bo‘ldi. Chunki bu holat ana shu bosib olingan viloyatlarda boshqa-rishni tashkil etishni, ularni himoya qilishni talab qilardi. Xlodvig o‘zining qat’iy yakka hokimligini o‘rnatgan franklarning birinchi qiroli edi. U od-diy harbiy boshliqdan monarxga aylandi. Xlodvig bunday mavqega barcha vositalar: munofiqlik, ayyorlik, qarindosh-urug‘larini, boshqa qabila bosh-liqlarini yo‘q qilish orqali erishgan edi. Xlodvigning muhim siyosiy ishla-ridan biri xristianlikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri galliya-rim katolik ruhoniylaridan qabul qilishi edi. Bu narsa Franklar qirolligining yanada rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Xlodvig tomonidan xristianlikning qabul qilinishi bilan cherkov qirol hokimiyatini mustahkamlashda qudratli omil bo‘lib qolgan.
Franklar davlati feodal yakka hokimligi (monarxiya) shaklida idora etiluvchi davlat bo‘lib, uning tepasida qirol turgan. Qirollik nasldan-naslga meros bo‘lib o‘tgan. Dastlabki frank qirollari ancha keng hokimiyatga egalik qilganlar. Ular odatlarga amal qilib, xalq lashkarlarini chaqirganlar va urush vaqtida ularga qo‘mondonlik qilganlar. Qirollar hamma bajarishi shart bo‘lgan farmoyishlar (bonni - bonni) chiqarib, davlatda oliy sud hokimiyatini amalga oshirganlar va soliqlar yig‘ganlar.
Qirol davlatdagi barcha asosiy mansabdor shaxslarni shaxsan o‘zi tayinlagan va o‘z xizmatchilariga davlat boshqaruvining alohida sohalarini berib qo‘ygan. Qirol hokimiyatining bevosita tayanchi qirolning harbiy drujinasi hisoblangan. Drujina saroyda yashab, xazina hisobidan ushlab turilgan.
Feodallashayotgan zodagonlar dastlabki vaqtlarda qirol va uning ma’muriyatini qo‘llab-quvvatlagan. Chunki kuchli markaziy hokimiyatsiz dehqon jamoalari yerlarini tortib olish, ularda hukmron bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarishni tugatish, erkin aholini mamlakatning feodal qonunlariga bo‘ysundirish mumkin emas edi. Shuni nazarda tutmoq lozimki, erkin frank o‘sha vaqtda harbiy qo‘shin ishtirokchisi sifatida o‘zini himoya qilishga qodir bo‘lgan, shuningdek, eski tartib-qoidalarga muqaddas narsa sifatida munosabatda bo‘lgan ma’lum darajada kuchli siymo edi.
Xlodvig va uning avlodlari (Merovinglar) ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaganlar. Bulardan biri qabilaviy separatizmni (ajralib chiqishga intilishni) tugatish va mamlakatning hamma qismlarini birlashtirish edi. Ikkinchisi - dastlab saylanadigan dehqonlarning ma’muriyatini siqib qo‘-yib, so‘ngra eski boshqaruv shakllarini - qishloqlarning an’anaviy yig‘i-lishlarini, yuzliklarni (qishloq birlashmalarini) va boshqalarni tugatish va mamlakatni hududiy okruglarga ajratib, qirol chinovniklari va sudyalariga bo‘ysundirishdan iborat edi.
Xlodvigdan keyin 200 yil o‘tgach, bu ikkala maqsad asosan ro‘yobga chiqarilgan edi. Mamlakatni birlashtirish uchun kurashda Xlodvig avlod-lari nihoyat darajada munofiqlik va shafqatsizlik ko‘rsatgan. Xlodvigning o‘g‘li Xlotar o‘lgan akasining bolalarini shaxsan qatl etgan. Chunki ular taxtga da’vogar edilar. Xlotar bu bilan cheklanib qolmay, yuqoridagilar-ning o‘limi uchun qasos olishi mumkin bo‘lgan barcha kishilarni qirib tashlashga buyruq bergan edi.
Xlodvigning evarasi Xlotar II otasi va amakisi hamda boshqa shahzodalar o‘ldirilgandan keyin 613 yilda franklarning yagona hukmdori bo‘lib qolgan. Xlotar II 614 yilda farmon chiqarib, yerdor aristokratiya-ning o‘zaro urushlar vaqtida olgan pomestelarini o‘sha aristokratiya ixtiyorida qoldirish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi va graflarni (okrug hokimlarini) faqat mahalliy yer egalari orasidan tayinlashga va'da berdi. Shunday qilib, yerdor aristokratiya Merovinglar xonadoniga mansub bo‘lgan qirollarning o‘zaro urushlaridan o‘z manfaatlari uchun to‘la foydalanadi.
Xlotar II ning hokimiyati kuchli hokimiyat bo‘lmadi. Qirol hokimi-yatining e’tibori Xlotar II ning o‘g‘li Dagober zamonida (629-639 yillar) birmuncha oshdi. Lekin undan keyingi davr (639-751 yillar) - ”yalqov qirolliklar” davrida Merovinglar faqat nomigagina qirol bo‘lib, ular qo‘lida haqiqiy hokimiyat yo‘q edi. Butun ma’muriy, sud va harbiy hokimiyatni mahalliy magnatlar tortib olgan edi. Qirollar yerlarni taqsimlab borishlari natijasida yirik yer egalarining hokimiyati o‘sib, qirol hokimiyati zaifla-shib borgan va vaqt o‘tishi bilan hokimiyat qirol qo‘lidan chiqib ketgan edi. Xususan, Neystriya, Burgundiya va Avstraziyada juda katta zodagon xonadonlar yetishib chiqib, o‘z yurtlarida qirol mayordamlari sifatida butun hokimiyatni o‘z qo‘llariga olgan edilar.
Dastlab uch mayordamdan eng kuchlisi Neystriya mayordami edi. U Burgundiya mayordamini ham o‘ziga bo‘ysundirdi, lekin Neystriya mayordami tez vaqt ichida kuchliroq bo‘lgan boshqa bir mayordamning - Avstraziya mayordamining qarshiligiga uchradi. Sharqiy frank mayorda-mining ahvoli qulayroq edi. Avstraziya mayordamlari ko‘p sonli harbiy kuchga tayanish imkoniga ega bo‘ldilar, bu harbiy kuchning bir qismi bu yerda ham saqlanib turgan erkin dehqonlardan iborat edi. Shu bilan birga Avstraziyada zodagonlar birmuncha kuchsiz bo‘lib, ular o‘z gersogining - mayordamining boshchiligiga bo‘ysunishga majbur edilar. Neystriyada esa, aksincha, ko‘pgina yirik feodal xonadonlari bir-biri bilan raqobat qil-moqda edi. Oxiri, Avstraziyaning Pipinlar xonadonidan chiqqan mayorda-mi gersog Pipin III Geristalskiy 687 yilda o‘zaro jangda raqibi Neystriya mayordamini tor-mor qilib, shu vaqtdan boshlab butun qirollikni bir o‘zi idora qila boshladi. Ammo, shu bilan birga, u Meroving qirollarining nomigina qolgan hokimiyatini saqlab keldi. Haqiqatda esa Pipin Geristal-skiy yangi sulolani boshlab bergan edi, bu sulola keyincha uning eng mashhur namoyandasi bo‘lgan Karl Buyuk nomi bilan Karolinglar sulolasi deb ataldi.
VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Franklar davlati butunlay parchalanib ketdi. Pipin Geristalskiyning g‘alaba qozongan bo‘lishiga qaramay, Neystriya va Burgundiya magnatlari hali ham o‘zlarini markaziy hokimiyatga u qadar qaram emas, deb his qilar edilar. Akvitaniya qirolligi-dan tamoman ajralib chiqqan Avstraziya gersogi Akvitaniyaning hokimi-yatini tan olmagan edi. Reynning narigi tomonidagi qabilalar - allemanlar, frizlar, sakslar va bavarlar ham qirollikdan ajralib chiqadi. Janubi-g‘arbda arablar xavf tug‘dira boshlaydilar, hatto VIII asrning 20- va 30-yillarida butun Franklar davlati arablar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olinish xavfi ostida qolgandi.
Lekin yangi sulola ana shunday og‘ir bir sharoitda qirollikning harbiy kuchlarini qaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sulola yanada feodallashgan zodagonlarning ta’sirini cheklash hamda o‘rta va mayda harbiy xizmatchilarga suyanib, qirollikni bir qadar markazlashtirishga harakat qildi. Bunda ayniqsa Karl Martell tomonidan amalga oshirilgan islohotlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Karl Martell Franklar davlatida qirol hokimiyatini juda kuchaytirdi. Uning taxt vorisi Pipin III Pakana (741-768 yillar) ham dastlab faqat mayordam unvoni bilan yurgan bo‘lsa-da, lekin davlatni boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynar edi.
Uning davrida ham qirollar odatda davlatni idora etishda qatnashmasdilar. Nihoyat, Pipin davlat o‘zgarishi yasab, har qanday hoki-miyatdan mahrum bo‘lgan eski sulolani taxtdan tushirib, 751 yilda frank-larning qiroli deb e’lon qilindi (Karolinglar sulolasi shu tariqa rasmiylash-gan edi). Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, G‘arbiy Germaniyadagi frank missio-nerlarining ishiga boshchilik qilib turgan Maynts arxiyepiskopi Bonifatsiy papaning buyrug‘iga ko‘ra Pipinni qirol deb tanish marosimini o‘tkazdi. Shunday qilib, yangi sulola cherkovdan o‘ziga kerakli sanksiya olishga muyassar bo‘ldi. Pipinning o‘g‘li Buyuk Karl imperator unvonini olib, juda katta hokimiyatni qo‘lga kiritishga erishdi. Buyuk Karl amaldorlar orqali, imperatorning maxsus farmonlarini chiqarish, mahalliy hokimiyatni bir qadar muntazam nazorat qilib turish yo‘li bilan idora etuvchi markazlashgan davlat tuzishga harakat qildi.
Qirol hokimiyati eng kuchaygan va monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri aynan Buyuk Karl hukmronligi davriga (VIII asrning ikkinchi yarmi - IX asrning boshiga) to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda katta istilo-chilik yurishlari natijasida Franklar davlati tarkibiga hozirgi G‘arbiy Germaniya, Shimoliy Italiya, Shimoliy Ispaniya hududlari, shuningdek, ko‘pgina boshqa yerlar qo‘shib olindi.
Biroq shuni e’tiborda tutish lozimki, Buyuk Karl imperator deb e’lon qilingan va o‘z qo‘liga juda katta hokimiyatni kiritib olgan bo‘lishiga qara-may, u mutlaq monarx emas edi. Davlat boshlig‘i rasman bo‘lmasa-da, amalda o‘z hokimiyatini zodagonlar bilan birgalikda amalga oshirishi, ularning roziligi bilan qarorlar qabul qilishi lozim edi.
Q
Do'stlaringiz bilan baham: |