ABU NASR FOROBIY
yuksaltirmasin, baribir, o’zi buyuklikka, o’zi shon-sharafga sohibdir.
1 Barcha mavjudotning husni, go’zalligi, ziynatining (xosiyati) shundan iboratki, u o’z vujudini afzal holatga keltirib, so’nggi kamolotga erishadi. Shunday qilib, ilk borliq eng mukammal (afzal) vujud bo’lgach, uning go’zalligi ham go’zallik sohibi bo’lgan har qanday chiroydan ustun turadi. Xuddi shundayin, barcha go’zallik sohibining ham ziynat va go’zalligida shunday bo’ladi. So’ngra bularning hammasi uning zoti (mohiyati)da va javhari (substansiyasi)da bo’ladi. Bu esa uning o’zi (borliq)da bo’ladi va uning ko’magi bilan zoti aql qabul qilgan bo’ladi, demakdir.
Ammo bizga kelganda, shuni aytish kerakki, bizning jamolimiz, ziynatimiz, go’zalligimiz bizning orazimiz (aksidensiyamiz)da bo’ladi, bizdan tashqarida bo’lgan narsalarimizda, zotimizda, javhar (substansiya)mizda ham bo’lmaydi. Undagi jamol va kamolot bir zotdan boshqada bo’lmaydi. Xuddi shunday ahvol boshqa narsalarda ham yuz beradi.
Lazzat, shodlik va farog’at yuz beradi, o’zining to’laqonliligi eng go’zal, eng ulug’vor va eng ziynatli narsani ko’proq idrok qilish bilan nihoyasiga yetiladi va kamolotga yetkaziladi. Demak, ilk borliq nihoyatda go’zal, olijanob va eng ziynatlidir. Uning o’z zotiga bo’lgan idroki butunlay nihoyasiga yetgan, mukammal edi. Uning o’z javhari (substansiyasi) bilan egallagan o’sha bilimi esa mutlaqo eng afzal ilmlardan edi. Ilk borliq lazzatlanadigan lazzat tabiatini biz hatto idrok qilishga ham erisha olmaymiz, uning ulug’lik miqdorini ham bilolmaymiz. Bilsak ham faqat qiyos (analogiya) bilan, o’zimiz lazzat deb biladigan narsamiz orqali sezibgina bilamiz. Bular nazdimizda nima bo’lgan bo’lsa, o’shaning hammasi eng mukammal, eng go’zal va nihoyasiga yetib idrok qilingan bo’lsa bo’ladi; bular yo his bilan va yo xayol bilan yoki bo’lmasa aqliy bilimlar jarayoni bilan tugallanadi. Bunday hollarda bizda shunday lazzat paydo bo’ladiki, go’yo u o’zidan ustun bo’lgan barcha buyuk lazzatlardan baland keladi. Garchi bu hol bizga lazzat paydo qilsa ham, biz unda bularning hammasi ulug’likda barcha
18
FOZIL ODAMLAR SHAHRI
lazzatlardan ham yuqori turishini bilib olamiz. Garchi bu hol bizni baqoga erishtiradigan va tez o’tar bo’lsa ham, ana shunda biz o’zimizni baxtga o’ta sazovor va unga g’arq bo’lgan deb bilamiz.
Uning ilmining qiyosi va asl zotidan afzal bo’lgan uning idroki eng go’zal, eng porloq bo’lgan narsaning tamoman mukammal bo’lgan bir yo’sinda idrok etganimiz misoli bir uning sururi, qiyosi, lazzati va rohat-farog’ati bizning zavq-shavq bilan kutib olishimizni bildiradi. Chunki bu ahvolda bizda buyuklik nuqtai nazaridan butunlay boshqa rohatdan ustun bo’lgan bir rohat-farog’at hosil bo’ladi va shunda biz o’rniga qo’yganimiz bilan natijasi va buyukbir baxtlilik tuyg’usi bilan to’lamiz. Shundayki, bu ahvol bizda uzoq muddatli emas, balki tezginada o’rtadan ko’tariladi. U holda ilk borliqning o’zi eng mukammal, eng go’zal va eng porloq bo’lgan narsa haqidagi bilimi va idroki bizning o’zimizga ko’ra eng mukammal va eng porloq bo’lgan narsa haqidagi bilim va idrokimiz bilan yuzma-yuz kelib qolsa, bizning o’zimiz erishganimiz chegarali xursandchilik, sevinch va baxtliligimiz oldida uning shodligi, sevinchi va baxtliligi kabidir. Endi bizning idrokimiz bilan uning idroki orasida bizning bilimimiz mavzui bilan uning bilimi mavzui orasida hech bir nisbat bo’lmaganiga ko’ra-bunchalik bir nisbat bo’lsa so’ngsiz darajada ahamiyatsizdir-bizga tuyulgan rohat, shodu-xurramlik bilan ilk borliqning tuygan xursandchiligi orasida hech bir nisbat yo’qdir. Oralarida bir nisbat bo’lsa ham, bu o’ta ahamiyatsizdir. Chunki kichik bir parcha bo’lgan bilan zamon ichida miqdori chegarasiz bo’lgan bir narsa orasida qanday nisbat bo’lishi mumkin va yana oxirgi darajada kamdiilikli bo’lgan bir narsani yuksak mukammal darajasida bo’lgan narsa bilan qanday nisbati bo’lishi mumkin? Shunisi borki, uning o’zi o’z zoti bilan lazzatlanadi, ko’proq shod-xurramlikka erishadi, o’zi bilan o’zi rohatlanadi, rohatlanganda ham uning (ya'ni rohatning— tarjimon.) eng ulug’voriga erishadi. U o’z zotini sevadi,unga oshiq, o’zi o’ziga ko’proq berilgan.
Shunday qilib, ochiq-oydinki, Birinchi Sabab o’z zotini yaxshi ko’radi. Uning o’zi o’ziga mahliyo va o’zi bilan o’zi
19
Do'stlaringiz bilan baham: |