ABU NASR FOROBIY--------------------------------------------
Shu bilan birga uning borligi undan oldin keladigan hech qaysi narsadan foydalanmagan, chunki u o’zidan past bo’lgan narsadan foydalanishdan uzoqdir.
2. ALLOHNING SHERIGI YO’QLIGI HAQIDA SO’Z
Birinchi mavjud bo’lgan zot (ya'ni Tangri) o’zining asl mohiyati bilan boshqacha, barcha narsalardan farqlidir; uning borligi esa uning o’zidan boshqa hech kimga tegishli ham emas (faqat uning o’ziga tegishlidir). Chunki borlig’i shu borliq bo’lgan narsa bilan ayni borliqqa sohib bo’lgan boshqa bir narsa orasida har xil farqlilik va ayirma bo’lishi mumkin emasdir. Unday holda o’rtada ikki narsa esa asl mohiyat bo’lmay, balki birgina asl -- o’zak bo’lishi mumkin, xolos. U hech o’zgarmasligi mumkin. Bordi-yu, oralarida biror farqlilik bo’lguday bo’lsa, u holda ularni birlashtiradigandan ayni o’sha narsa bo’lmay, balki boshqa bir narsa bo’lishi mumkin. U holda ularning bir-birining boshqasidan farq qiladigan tomoni ular borlig’ining bir qismini tashkil etadi. Ularni birlashtiradigan tomoni esa uning boshqa qismini tashkil etadi. Shunday qilib, bu ikkalovining har biri tushuncha bilan belgilanadi, ikkala qismning har biri esa o’sha asosning sababi bo’ladi. U, o’z navbatida, endi birinchi bo’lolmaydi, balki bunda undan oldin keladigan boshqa borliq bo’lib, u uning borlig’iga sabab bo’ladi - bu esa (o’z navbatida) amri maholdir.
Bordi-yu, agar bu borliq boshqa bo’lsa-yu, u shu sababli ilk borliqdan ajralib tursa - u farq qilishda ham faqat ilkni ajratib tursa shundagina ilk borliq ajraladi, uning o’z borlig’i bo’ladi, mana shu borliq esa, o’z navbatida, ularni birlashtirib turadi. Mana shu borliq ikkalasiga ham mushtarak hisoblanadi. Shunday ekan, bu boshqa bir borliq ikki narsadan tarkib topgan bo’ladi, unga maxsus bo’lgan va bunga sherik bo’lgan narsadan tuzilgan bo’ladi. Natijada birinchining borligi boshqasining ham boriligining ayni o’zi bo’lolmaydi, balki bu borliq sodda bo’linmaydigan bo’ladi, birinchisi esa bo’linadigan bo’ladi. U holda bu-boshqa borliqning borlig’i
10
— FOZIL ODAMLAR SHAHRI
qoim bo’lgan ikki parchasi bo’ladi. Shunday ekan, birinchisini ikki qismi bo’ladi, bundan u tashkil topgan bo’ladi, uning borlig’ining sababi ham bo’ladi, nihoyat, bundan past bo’ladi, hamda noqis bo’ladi. Bundan chiqdi, bu narsa borliq nuqtai nazaridan birinchi darajali emas deganidir.
Xuddi shuningdek, bundan boshqa ilk borliqdan tashqari, tur - nav jihatidan uning o’xshashi bo’lgan boshqa bir narsa bor bo’lsa, ilk borliqning borligi mukammal bo’lolmaydi. Chunki mukammallik o’z turidan boshqa bo’lgan borliqning o’zidan tashqarida bor bo’lishi mumkin bo’lmagan narsadir. Bu har bir narsada kechishi mumkin bo’lgan holatdir. Chunki buyuklik xolilik nuqtai nazaridan mukammal bo’lgan, o’z turidan boshqa bir buyuklikning o’zidan tashqarisida bor bolishi mumkin bo’lmagan narsa. Demak, mukammallik asl ildizida bo’lgan bo’lsa, undan tashqarida bo’lgan narsada bo’lishi mumkin emas. Ayni shaklda mukammal bo’lgan har bir jism Quyosh, Oy va boshqa kezadigan yulduzlarda bo’lgani kabi o’z turidan boshqa bir narsada bor bo’lishi mumkin bo’lmagan narsadir.
Shuningdek, birinchi sabab mukammal borliq bo’lgan bo’lsa, u holda u o’zidan boshqa navdagi narsa bo’la olmasligi turgan gap. Demak, uning bir o’zi bu borliqda yakkayu yagonadir, u shu jihatdan ham birinchidir.
3. UNING ZIDDI Yo’QLIGI HAQIDA SO’Z
Shuningdek ilk mavjud zotning ziddi bo’lishi ham mumkin
emas. Zidning tushunchasi (ya'ni ma'nosi) anglashilgan
taqdirda bu ayon bo’lib qoladi. Chunki zid (barcha)
narsalardan (butunlay) farq qiladi va bir narsaning ziddi shu
narsaning o’zi — asli bo’lib qolishi mumkin emas. Ammo
bir-biridan farq qiladigan har bir qarama-qarshi narsa ham
uning ziddi bo’lavermaydi. Shunisi ham borki, bu narsaning
o'zi bo’la olmagan barcha narsa ham uning ziddi bo’lishi
mumkin emas. Lekin har bir qarama-qarshilik ham zid
bo’lavermaydi. Narsa bo’la olmaydigan har bir narsa ham bir-
biriga zid bo’lolmaydi. Lekin ayni paytda narsa bo’lgan barcha
narsa ham qarama-qarshi harakatda bo’ladi. Qarama-qarshi
bo’lgan har bir narsa birga bo’lsa, u albatta, buzilishga va
11
Do'stlaringiz bilan baham: |