ABU NASR FOROBIY
inson nutq egasi ekanligini topdi, nutq esa aql bilan bog’liqdir. Shu munosabat bilan Arastu aqlni, aql o’zi nima ekanligini tahlil etdi. Buni u ruh va tabiatni qanday tadqiq etgan bo’lsa, shu yo’sinda tadqiq etdi. Ruhning qismlarga bo’linishiday aql ham qismlarga bo’iinadimi, unda qismlar va kuchlar bormi? Aqlning holati xuddi ruh va tabiiy holati kasb ekanligi, aql qismlarga yoki kuchlarga bo’linishi, inson mohiyat kasb etishiga vosita bo’luvchi faol (ta'sirchan) asos ekanligi xuddi tabiatda bo’igani kabi u — aql o’z maqsadi (g’arazi)ning sabab va asosi ekanligi Arastuga ravshan bo’ladi.
Tabiiy javharlar ikki xil bo’ladi: birida nimadir eng oxirgi, so’nggi narsa bo’Iib, uning vositasida mohiyat kasb etiladi, bu tabiiydir, ikkinchisida bir nimadir bor bo’lib. uning vositasida ruhni tayyorlovchi mohiyat kasb etiladi, bu yo modda yoki quroidir. Xuddi shunga o’xshab ruhiy javharlar ham ikkiga bo’iinadi: biri nimadir so’riggi-haddiga etgan bir narsaga ega bo’lib, uning vositasida ruh mohiyat kasb etadi, ikkinchisida — ruhga bir narsa hamroh bo’lib, uning vositasida u, aq! va oqil kuchlar uchun yoki bir qurol bo’lib borib mohiyat kasb etadi. Arastu aql va fikrlovchi kuchlarni, ular ruh va tabiatdagi kabi asosiy qism va xizmatchi (yumushdagi) qismlarga bo’linadilarmi, yo’qmi degan savolga javob izlab ko’rib chiqadi. U fikrlovchi kuchlarni tekshiradi. Ularning qaysi birlari qaysi birlari uchun mavjud, degan masalalarni tahlil etadi. Shu munosabat biian Arastu fikrlovchi kuch harakatlarini (faoliyati, ta'siri) va aqlning harakatlarini yaxlit holda tahlil etadi. Agar nimanidir mohiyati o’z-o’zicha harakat (faoliyat, ta'sir) bo’lmasa, u holda u, o’z mohiyati uchun emas, balki harakat uchun mavjud bo’Iadi.
O’N To’RTINCHI BO’LIM
Fikrlovchi kuchlarning harakatlari (ta'sirini) va aqlning harakatini tadqiq etish borasida Arastu, ular ma'qulotlarga erishishga qaratilgan, degan fikrga keladi. Ammo Arastu, ba'zi ma'qulotlar shunday darajada idrok etiladilarki, inson ularning tabiatan fitriy (tabiiy) narsalarda aktual mavjudiigini topadi, ba'zilarini esa inson darrov payqamaydi, shuning uchun
ARASTU FALSAFASI
uni idrok etish ancha qiyin bo’ladi, deb hisoblaydi. Inson tabiatan aktual mavjud sifatida payqashi, bilishi mumkin bo’lgan va agar aniqlansa foydalaniladi, deb o’ylaydigan mavjud narsalarni idrok etadigan kuchni Arastu "aqli amaliyyun" (amaliy aql) deb ataydi. Inson aniq narsalardan muforiq bo’lib, mavjud narsalarni mavhum fikrlab bilib olishiga, idrok etishiga vosita vazifasini o’taydigan narsani Arastu "aqli nazariy" deb ataydi. "Aqli amaliy" idrok etib bo’lgan tabiiy narsalardan biron bir narsani payqashga, topishga vosita bo’la oladigan kuchni Arastu "irodiyyun va ixtiyoriyyun" ("erkin iroda va erkin tanlash") deb ataydi.
O’N BESHINCHI BO’LIM
Aqlning ushbu ikki amaliy va nazariy kuchini o’rganib, Arastu ular ikkalasi ham xizmatkor, ularning harakatlari (faoliyatlari; ta'sirlari)ni esa xizmat harakatlari, degan fikrga keladi. Ular-aytib o’tilgan kuchlar xiz-matda bo’lgan narsalarni tekshirish borasida Arastu, bu narsalarga avvalan tabiatdagi (tabiiy) narsalar va ruhiy kuchlar taalluqli degan xulosaga keladi. U yana aqlning turlari xizmat qiluvchi o’sha narsalar, insonda o’z-o’zi uchun mavjud bo’luvchi narsalar bo’lmay, balki ular insonning aql bovar qilmaydigan barkamolligiga erishishi uchun mavjuddir, deb hisoblaydi.
Arastu insonning ruhiy kuchlari birinchi navbatda tayyorla-nishining boisi bo’lmish aqlni tekshiradi ushbu kuchlarga xizmat qiluvchi aqlning bir qismi uchun ular (ya'ni, ruhiy kuchlar) mavjudmilar yoki bu xizmatni bajo keltira turib, aql ularda xizmatda turgan boshqa bir narsami, degan savolga javob izlaydi. Xizmatda bo’lgan o’sha qism o’z mohiyati bo’yicha xizmatda bo’lish maqsadiga ega bo’lgani uchun xizmat qiladimi yoki u qism xizmatida bo’lishiga majbur etadigan kuchlar borligidanmi. Va u tushuntirib aytadiki, unda (ya'ni xizmatkor qismda) o’sha kuchlarga xizmat qilish maqsadi yo’q. U (ya'ni, xizmatkor qism) xizmat qiladigan kuchlardir, aniqroq aytganda, ulardan modda yoki qurol sifatida foydalaniladi va u o’sha o’zi foydalanadigan kuchlarga nisbatan bosh, yetakchi bo’ladi.
152
153
Do'stlaringiz bilan baham: |