Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet69/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
olinadi, ba'zi qismi esa boshqa narsalar bilan aralashish vositasida tashkil topadi. U, o’simliklar nimadan oziqa olishini va hayvonlar nimadan oziqa olishini tushuntiradi. Hayvonlarda birlari boshqlarini yeb, iJckinchilari o’simlik yeb, uchinchilari taxminan o’simliklar qanday oziqa olsalar shu yo’sinda oziqa oladilar.
Arastu yana, oziqa bo’luvchi narsa, jismlarning navlarimi, dastlabdan ular oziqa sifatida foydalanishga tayyor bo’lganmi yoki ular koinotning bir qismi bo’lganlari uchun bu jismlar faqat o’zlari uchungina yaratilganmilar, shularni tushuntiradi. Agar jismlar oziqa uchun yaroqli bo’lsalar yoki ulardan oziqlansa bu holat ma'lum mavjudotlar mavjudiyatiga yordam beradi. Bu masalalar tadqiqoti, bundan oldingi tahlilga o’xshaydi. Va unda: unsurlar o’z-o’zlari uchun mavjudmilar yoki ulardan boshqa hosila jismlar yaratilishlari uchun mavjudmilar, degan masala ko’rib chiqiladi.
Bu narsalar Arastu tomonidan avvalidan ko’rib chiqilgan, ammo ushbu sohada u kamolatga erisha olmadi, chunki, koinot holatlarida nima muhimroq, degan savol yuzasidan unda har xil zid fikrlar bor.
Arastu sog’lomlik va kasallikni hamda ularning har bir ayrim xilini tekshiradi.
U, sog’lomlikning qandaydir bir xilini va kasalliklarning bir xilini ko’rib chiqadi. Ular qanday sabab ila, nega, nimada va nimadan paydo bo’lishini o’rganadi. Bularning hammasini ruhiy javhar tabiatdan va maxsus ruhiy javharlarga xos tabiat kuchlaridan oladi. Shuning uchun, birinchi asos ruhga aylanib ketishi ehtimoli bor, chunki ruh — tabiat tufayli bor bo’lgan, ham o’z maqsadi ila — o’zi ruhni moddaga erishtiradigan narsaning sababidir. Tabiat ham, moddaning tayyorlanishiga bois bo’lmish xoslik ham, tabiatning o’zida bo’lib moddani tayyorlovchi tabiat kuchlari ham -- hammasi, ruhga ega bo’lmish narsaga taalluqlidir.
Shunday qilib, amaldagi (harakatdagi) asos va maqsadga aloqador barcha narsalar, bir butun holda ruhni tashkil etadi.
Bular haqida uning "Salomatlik va kasallik haqida" risolasida yozilgan.
148
ARASTU FALSAFASI
Arastu tabiatdan olingan ruhiy javhar erishgan narsani tekshiradi, tabiat hayvonni yoshdan-yoshga o’tish vaqtida bu narsa bilan maxsus ta'minJaydi.
U yana. mavjudotlarning tabiatdan olingan har bir yoshga xos holatini va ruhiy javharlarning ayrim xususiyatlari bo'lmish tabiiy kuchlami ko’rib chiqadi. Bular uning "Yoshlik va keksalik haqida" risolasida bayon etilgan.
Arastu umrning qancha davom etishini, qandaydir bir xil hayvonning umrini nima uzaytirishini, hamda qanday sabablar uning umrini qisqartirishini o’rganadi. Ularning tabiiy (tabiatan) va ruhiy sabablari va asoslarini ko’rsatib beradi, hayot va o’limni, ularning har biri o’zi nimadan iboratligini tahlil etadi. U, ruhiyat sohibi bo’lmish hayvonning paydo bo’lishi va barbod bo’lishini, bu hol nimadan, nimaga va nima munosabat bilan ro’y berishini tekshiradi.
Arastu, bularning hammasi o’simliklarga ham, hayvonotga ham taalluqli ekanini ta'kidlaydi. Lekin, ayni vaqtda o’simliklar, hayvonlar bilan tosh jismlar oralig’idagi qandaydir o’ziga xos joyni egallaydilar, deb hisoblaydi. Oddiy odamlar, ularni nimaga ruhiy yoki tabiiy jismlarga taalluqli ekanligini bilolmay shubhalanadilar. Ko’pchilik o’simliklarni hayvonlar sinfiga (qatoriga) kiritish zarur deb hisoblaydi. Shuning uchun ruh yoki ruhiyatga taalluqli qandaydir kuchlar tabiatga yaqinroq bo’ladilar.
Arastu yana shuur va sezgi a'zolarini ko’rib chiqadi va ular ruh yoki ruhiy kuchning bir qismi deydi. U yana, sezgi a'zolarining holati va bu a'zolar ta'siridagi mavzulami tadqiq etadi. Bular - his-tuyg’u ular orqali idrok etadigan narsalar: har bir his-tuyg’u orqaii idrok etiluvchi narsa o’zi nimadan iborat, ularning har biri necha xil bo’ladi, bu xilning o’zi qanday, ular nimada, riimadan va nima uchun mayjudlar degan savolga javob beradi.
So’ngra u, sezgilar mansub bo’lmish tabiiy a'zolarni va ular nimalar vositasida his etishlarini tekshiradi. Ba'zi a'zolar sezgi uchun modda, ba'zilari esa qurol bo’lib xizmat qiladi. Ushbu a'zolarning har birini tabiati qanday bo’lishi zarur va ularning har biridagi tabiiy kuchlar va orazlar (aksidensiya) qanday bo’lishi kerak? U, his-tuyg’ularga mos keluvchi
149


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish