Fozil odamlar shahri. Nodir va dono fikrlar. T.: O'zbekiston



Download 2,02 Mb.
bet65/75
Sana01.06.2022
Hajmi2,02 Mb.
#624043
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
fozil odamlar shahri

ABU NASR FOROBIY
sathiga tutashuvchi jismni "alanga" deb ataydilar. Alangasi bo’lmagan (alangadan mahrum bo’lgan) jismni "havo", havosi bo’lmagan jismni "suv", markazda turgan jismni esa "yer", deb ataydilar. Unda barcha unsurlar mujassam bo’lganlar va bu kuzatuv va tajribalar orqali tasdiqlanadi.
Unsurlarning aralashuvlari turli xillarda sodir bo’ladi: tuproq boshqa unsurlar bilan ikki xil aralashadi, suv ham tuproq va havo bilan shu yo’sinda aralashadi. Olov bilan aralashish qanday o’tgani esa sezilmaydi. Havo suv ketidan, olov ular ketidan ergashadi. Bularni Arastu chuqur tahlil etadi.
So’ngra Asartu, barcha qorishmalardan birinchisini tahlil etadi. Bunda aralashuvchi unsurlardan biri o’z mohiyatini yo’qotmaydi. Arastu qorishmalarning xillarini ko’rib chiqadi. Qorishmalar deyarli benihoya bo’lganlarida, ularga nomlar ham, ularni bir-birlaridan aniq ajratadigan narsa ham yetishmay qoladi. Faqat bir-birlaridan ozginagina farq etishlari mumkin, bug’, tutun, alanga va hokazo kabi.
TO’QQIZINCHI BO’LIM
Ko’p qorishmalar nom olishlariga zarurat paydo bo’lganidan keyin Arastu har bir ayrim qorishmani, unsurlarning mohiyatini eng yaxshi aks ettiruvchi nom bilan atashga majbur bo’ladi. Havoning mohiyatini “havoli” nomi, olovni “olovli”, tuproqni “tuproqli”, suvni “suvli” so’zi eng yaxshi aks ettiradi. Ularni Arastu turli sinflarga ajratadi: ba’zilarini u mexanik harakat bo’yicha boshqalarini tuyg’u orqali idrok etiluvchi sifatlar bo’yicha aniqlaydi, agarda ikki unsurdan iborat qorishma uchrasa, u holda uning nomida ham ikki tashkil etuvchi aks etadi, masalan: “tuproqli-suvli” va hokazo.
U asosiy sifatlar va bu to’rt unsurda ro’y bergan uncha ahamiyatli bo’lmagan sifat infiolini (o’zgarishini) tahlil etadi va boshqa jismlar ta’siriga uchragan jismlar olgan mohiyatlar va moddalar haqida so’z yuritadi. Ularga ta’sir etuvchi asosiy sabablarni aniqlaydi, fazoviyjismlargatutashuvchi unsurlarda ulardan (shu sabablardan deyilmoqchi) qaysi birlari borligini,
140
ARASTU FALSAFASl
ulardan qaysi birlari havoda, suvda va tuproqda mavjudligini aniqlaydi.
So’ngra u, unsurlarni tadqiq etadi. Mavjudiyat kamolot kashf etishiga zarur bo’lgan narsa bo’lmog’i uchun unsurlarning mavjudiyati o’z-o’zi uchungina kerakmi, degan masalani ko’rib chiqadi. Ular yo ularning o’zidan boshqa paydo bo’luvchi narsalar kelib chiqishi uchun yaratilganlar. Yoki vujudning yaxlitlikka qo’shimcha bo’la oladigan qismlaridan biri uchun doimo mavjud biror narsa bo’lish uchun va yana unsurlar aralashishi tufayli birin-ketin paydo bo’luvchi jismlarni yaratishlari uchun yaratilganlar.
U yana. Ushbu unsurlardagi xislatlarni ham ko’rib chiqadi: ular biror asosiy maqsad nchun yaratilganmilar yoki ular qandaydir boshqa maqsad uchun yaratilgan narsalargabog’liq va ular uchun zarurmilar, yoki ular maqsadga xos bo’lmagan butunlay ortiqcha xususiyatrni va ulardagi ziyodalik qo’lda ortiqcha barmoqning borligi, yetishmaslik esa — yetishmagan barmoqni eslatadimi?
Bular borasida uning “Fazoviy ramzlar” risolasining uchta maxsus bobida yozilgan.
So’ngra Arastu, ushbu to’rt unsurning aralashishi natijasida bir-biridan tashkil topuvchi jismlarni ko’rib chiqadi. Aralashish natijasida hosil bo’luvchi jism ikki xil bo’ladi: bir xili o’xshash jismlar bilan, boshqasi – farqlanuvchi jismlar bilan hosil bo’lish. Farqlanuvchi qismlardan iborat xili, birlari boshqalariga o’xshash, jismlarning qorishishi natijasida paydo bo’luvchi jismlar qorishma yaratgan paytda bo’ladi. Bu qorishma, eslatilgan jismlardan har bir ayrim jismning mohiyatini saqlab qolgan bo’ladi. Ushbu qorishmaga, bir-biriga tutash va bir-biriga tegib turuvchi jismiar kiradi. Qismlari bir-birlariga o’xshashjismlarga kelsak, har bir ayrim qismining mohiyati saqlanib qolmaydigan aralashuv natijasida hosil bo’ladi. Bu aralashma, bir jismlar harakatni yaratganlari (ta’sir o’tkazganlari), boshqalari esa harakat ta’siriga uchraganlari (ta’sirlanganlari) natijasida ro’y beradi.
Qismlari o’xshash jismlar ikki xildir: birida asosiy xususiyatga ega unsurlarning bir qismi ko’proq bo’ladi, bu hol ma’lum bir jins va xilning saqlanishi uchun zarur. Boshqa
141


Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish