Metamorfik formatsiya – tektonik strukturalarga ega bo‘lgan metamorfik tog‘
jinslarining paydo bo‘lish umumiyligi qonuniyatlariga asosan ajratiladi.
Metamorfogen konlar – tog‘ jinslari metamorfizmi jarayonida yuqori bosim va
temperatura sharoitida Er pustining chuqur qismida hosil bo‘lgan foydali qazilma
konlari.
Metamorfozlashgan konlar – paydo bo‘lganidan keyin metamorfizm
jarayoniga uchrab hosil bo‘lgan konlar.
Metasomatoz – tog‘ jinslarining eritmalar ta’sirida o‘z kimyoviy tarkibini
o‘zgartirishi. Metasomatoz natijasida tog‘ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi
o‘zgaradi; minerallar erishi bilan birga yangilari hosil bo‘ladi. Bunday metasomatoz
magmatik jarayondan keyin ajralib chiqadigan eritmalar ta’sirida yuzaga keladi.