110
o‘zgarmagan jismlarning ichida yotgan intruzivlar boshqa yo‘l bilan kelib chiqqan
hisoblanadi.
Ultrametamorfizm protsessi faqatgina uning boshlang‘ich bosqichlaridagi
gneyslarning erib qayta kristallanish natijasida hosil bo‘ladi. Psevdopegmatitlarnigina
misol qilish mumkin. Bunda muskovit va biotitlarning
sanoatbob konlari hosil
bo‘ladi. Bunday konlar Ural, Kola yarim oroli va boshqa joylarda mavjud.
Polingel jinslarning bunday mahsulsizligi N.Sudovikov, G.SHneyderxen,
K.Sillunov va boshqalarning fikricha quyidagicha tushuntiriladi. Erish protsessi
boshlanmasdanoq,
metamorfik
jinslarning
ichidagi
foydali
birikmalar
metamorflanuvchi suv eritmalari yordamida yuqoriga oqib chiqib ketadi va
gidrotermal fizik konlari hosil bo‘ladi.
Metamorfik konlarga matamorflangunga qadar qiymatga ega bo‘lmagan
metamorflanish natijasida qimmatli xom-ashyolarga aylanishidan hosil bo‘lgan konlar
kiradi. Bu aksariyat metall emas foydali qazilmalar
konlaridan marmar tosh,
kvarsitlar, tom yopish uchun ishlatiladigan siloneplar, andaluzit, slinit, pionit, yashma,
grafit, asbest va boshqalar shular jumlasidandir.
Ular qayta kiristallanish va moddalarning shu qatlamlarining ichida qayta
taqsimlanish natijasida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishida shu qatlamlarning
o‘zida ajralgan ma’lum miqdordagi uchuvchi birliklarning ham ishtiroki bor. Marmar
toshlar ohak toshlarning qayta kristallanishidan hosil bo‘ladi.
Bunda ular bir oz
tiniqlanib, chiroyli tusga kiradi va kiristallari yiriklashadi. Kvarsitlar qum toshlarning
yig‘ma kristallanishidan hosil bo‘ladi. YAshma kremniyli cho‘kma jinslarining yuqori
darajada metamorfiklanishidan hosil bo‘lgan chiroyli va pishiq bezak toshlari siftida
ishlatiladi. Konlar Janubiy Ural va Oltoyda tarqalgan.
Grafit ko‘mirning intruziv massalar kontaktida metamorfiklanishdan tashqari
regionlar metomorflangan gneys va kristall slanetslar bilan birgalikda ham hosil
bo‘ladi. Bunda u tarkibida ko‘pgina organik qoldiqlari bo‘lgan cho‘kma
jinslar
111
hisobiga hosil bo‘ladi. Slanetsli grafit konlari Ukraina, Ural va boshqa joylarning
Arxey va Proterozoy davri konlarida uchraydi
Andaluzit, geyanet, silllimanit, disten kabi
krimnezyomga boy minerallar
qadimgi metamorfik qatlamlarning kristall slanetslar tarkibida juda ko‘p cho‘kma
kolinitning suvsizlanishi hisobiga hosil bo‘ladi. Qimmat xom-ashyo sifatida
sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlatiladi. Bunday konlar Buryatiston,
YOqutiston, Xindiston va boshqa joylarda mavjud. Bulardan
tashqari korund, granit,
titan konlari ham uchrab turadi.
Xulosa
Mavzuda metamorfogen konlarining hosil bo‘lish jarayonlari qanday
termodinamik faktorlar bilan bog‘liqligi, metamorfizmning turlari (regional, lokal,
kontakt, dinamometamorfizm, avtometamorfizm) haqida aniq ma’lumotlar keltirilgan.
Metamorfizm jarayonida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari (magmatik, cho‘kindi,
metamorfik) va ular qanday foydali qazilma konlarining vujudga kelishida muhim
ahamiyatga egaligi to‘g‘risida ham etarlicha yoritilgan.
Barcha turdagi konlar va
ularning nomlari, joylashgan erlari ham misollar tariqasida berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: