Metamorfik jarayonning hosil bo‘lishi
. Metamorfizm, keng ma’noda, Er
qa’ridagi tog‘ jinslarining chuqurlikdagi flyuidlar, temperatura va bosim ta’sirida
teksturaviy, strukturaviy, mineralogik va kimyoviy o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.
Metamorfizmning sababi magmatik massalarni ko‘tarilishi, er yuzasida
geosinklinallarda hosil bo‘lgan jinslarni erning chuqur qismiga tushishi bilan bog‘liq
bo‘lgan harorat va bosimdir. Bu sharoitda tog‘ jinslarini qayta kristallanishida qulay
sharoitni tashkil qilishda yonbosh bosim yoki stress bosim katta rol o‘ynaydi.
Bularning hammasi geosinklinal hududlarda kuzatiladi. SHu sababli metamorfik
jinslar geosinklinal rivojlangan hududlari bilan bog‘langandir.
Metamorfik tog‘ jinslari magmatik va cho‘kindi jinslarning ma’lum
termodinamik – temperatura (T) va bosim (R) sharoitida o‘zgarishi hisobiga hosil
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |