Kontakt metamorfizm.
Kontakt termal (soviyotgan intruzivni haroratini ta’siri
natijasida atrofdagi jinslarning o‘zgarishi).
Dinamometamorfizm
tog‘ jinslarini strukturasini va mineral tarkibini
o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladigan jarayondir. Metamorfizmni bu turi bir tomonlama
bosimni va past haroratni ta’sirida sodir bo‘ladi. Tektonik jarayonlar ta’sirida jinslar
maydalanadi va uqalanadi. Bu metamorfizmni mahsulotlariga kataklazirlangan jinslar
– kataklazit, milonit va tektonik brekchiyalar kiradi.
Avtometamorfizm
magmatik massivni sovishi va magmatik jinslarni hosil
bo‘lish davridagi jarayondir. Bu jarayon magmatik jinslarni kristallanishi davomida
termodinamik sharoitni o‘zgarishi bilan bog‘langan va qoldiq eritmani, uchuvchi
komponentlarni va gidrotermal eritmalarni kristallangan jinslarga ta’siri natijasida
sodir bo‘ladi. Bu jarayonga peridotitlarni serpentinizasiyalanish, granitlarni
greyzenlanish, sailitlarni albitizasiyalanish jarayonlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |