Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet91/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

Nazorat savollari

  • “Texnik toshlar”nima va ular qaerda ishlatiladi?

  • “Texnik toshlar”konlari qaerlarda bor?

  • “Bezak toshlar” nima va ular qaerda ishlatiladi?

  • “Bezak toshlar”konlari qaerlarda bor?

  • “Qimmatbaho toshlar” nima va ular qaerda ishlatiladi?

  • “Qimmatbaho toshlar”konlari qaerlarda bor?

  • Dekorativ kolleksiya nima?



Glossariy
Qimmatbaho va bezak toshlar – zargarlik buyumlari, taqinchoqlar va bezak berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslariga aytiladi.
Texnik toshlar – ayrim fizik xossalari (qattiqlik, pishiqlik, nur sindirish va boshqa) bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral xom ashyolar (tog‘ xrustali, kvars, xalsedon, agat, morion, korund, granat, kvars, rubin, sapfir)dir.

HULOSA
Bugungi kunda ma’dan va noma’dan foydali qazilmalar fizik-kimyoviy xususiyatlari va xalq ho‘jaligining turli sohalarida ishlatilishiga qarab 3 guruhga, ya’ni: metall, metall emas va yonuvchi foydali qazilmalarga bo‘linadi.
O‘quv uslubiy qo‘llanmaning kirish qismida mazkur fanning maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi keng yoritib berilgan. Qo‘llanmaning asosiy nazariy mavzularining mazmuni quyida bayon etilgan.
Foydali qazilma konlari ular joylashgan tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitlariga qarab ikki (singenetik va epigenetik) turga bo‘linishi, konlar o‘lchamlari – uzunligi, bo‘yi va chuqurligi bo‘yicha bir necha shakllarga (izometrik, plita, truba) bo‘linib, ular qanday foydali qazilma konlarida uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan.
Endogen konlar seriyasiga kiruvchi magmatik (erta, kech, likvatsion), pegmatit (oddiy, qayta kristallangan, metasomatik), karbonatit (magmatik, metasomatik, aralashgan), skarn (magnezial, ohakli), albit va greyzen, gidrotermal (yuqori, o‘rta va past haroratli), kolchedan (gidrotermal-metasomatik, gidrotermal-cho‘kindi, aralashgan) konlari haqida umumiy ma’lumotlardan tashqari, ularning hosil bo‘lish jarayonlari qanday formatsiyalar bilan bog‘liq ekanligi berilgan. Bundan tashqari, misol tariqasida ba’zi endogen seryasiga mansub konlar xarita va qirqimlarda qanday tog‘ jinslari bilan bog‘liq ekanligi misollarda keltirilgan.
Ekzogen konlar seriyasiga kiruvchi nurash (qoldiq, infiltratsion), sizma, cho‘kma (mexanik, kimyoviy, biokimyoviy, vulqon), sochilma (elyuvial, felyuvial, prolyuvial, alyuvial, literal, glyasial) konlari haqida to‘liq ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, ularning hosil bo‘lish jarayonlari, keltirilgan rasmlarda ekzogen seryasiga mansub konlar xarita va qirqimlarda qanday tog‘ jinslari bilan bog‘liq ekanligi qo‘rsatilgan.
Metamorfogen konlar seriyasiga kiruvchi metamorflangan va metamorfik (regional, kontakt) konlarining hosil bo‘lish jarayonlari qanday termodinamik faktorlar bilan bog‘liqligi, metamorfizmning turlari (regional, lokal, kontakt, dinamometamorfizm, avtometamorfizm), metamorfizm jarayonida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari va ular qanday foydali qazilma konlarning vujudga kelishida muhim rol o‘ynashi haqida ma’lumotlar berilgan. Bunday konlar, ularning nomlari va joylashgan erlari misollar bilan rasmlarda ko‘rsatilgan
Konlarning sanoat turlari mavzularida respublikamizda va boshqa davlatlarda mavjud qora metallar (temir, marganets, xrom, titan), rangli metallar (volfram, mis, qo‘rg‘oshin, alyuminiy, molibden), asl metallar (oltin, kumush), radioaktiv (oltin, kumush), kamyob va tarqoq metallarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ular qanday tog‘ jinslarida uchrashi va ularning tarkibidagi elementlarning miqdori (% hisobida), dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Bundan tashqari, qurilish materiallari (qum, shag‘al, qumtosh, kvarsit), kimyoviy va organik xom ashyolar (mineral tuzlar, fosfor), industrial xom ashyolar (olmos, grafit, slyuda, asbest), shisha, sopol, o‘tga va kislotaga chidamli xom ashyolar va qimmatbaho toshlarning qanday genetik kon turlari bilan bog‘liqligi, tog‘ jinslari va ularning xususiyatlar, zahiralar va ularni qazib olish miqdorlari dunyo mamlakatlari misolida, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat sohalarida qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish