Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 17,73 Mb.
bet90/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

Nazorat savollari
1. Sopol xom ashyo turlariga nimalar kiradi?
2. Sopoldan qanday buyumlar tayyorlashda ishlatiladi?
3. SHisha xom ashyo turlariga nimalar kiradi?
4. SHishadan qanday buyumlar tayyorlashda ishlatiladi?
5. O‘tga chidamli xom ashyo turlariga nimalar kiradi?
6. O‘tga chidamli xom ashyolar qaerda ishlatiladi?
7. Kislotaga chidamli xom ashyo turlariga nimalar kiradi?
8. Kislotaga chidamli xom ashyolar qaerda ishlatiladi?


Glossariy
Sopol – maxsus loydan ishlanib olovda qizdirib tayyorlanadigan mahsulot (kulollik buyumlari)dir.
SHisha – tarkibi shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy, oksidlar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, qo‘rg‘oshin)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yo‘li bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil bo‘lgan amorf mo‘rt material.
Kislotaga chidamli xom ashyolar – metall va metallmas (anorganik va organik) xillarga bo‘linadi. Metall kislotabardosh metariallarga yuqori legirlangan va uglerodli po‘latlar, cho‘yanlar, nikel, mis, alyuminiy, titan, sirkoniy, oltin, platina va ularning qotishmalari kiradi. Metallmas kislotabardosh metariallarga tosh holatda quyilgan metariallar, silikat va kvars shishalar, kislotabardosh beton va sementlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, emallar va tog‘ jinslari – asbest, granit, beshtaunit, andezit va boshqalar kiradi.
O‘tga chidamli xom ashyolar –1000o dan yuqori haroratda havo va boshqa gazsimon muhit ta’sirida kimyoviy emirilishga chidamli olovbardosh metallar (temir yoki temir-nikel materiallari).
27. QIMMATBAHO TOSHLARNIG SANOAT TURLARI
“Qimmatbaho va bezak toshlar” deb zargarlik buyumlari, taqinchoqlar va bezak berib ishlanadigan buyumlar uchun ishlatiladigan mineral va tog‘ jinslariga aytiladi. O‘ziga xos ranglar jilosi, shaffoflik, yaltiroqlik, qattiqlik, nur qaytarish, qirralanish, ishlov berilganda estetik zavq beradigan manzara paydo qiladigan mineral va tog‘ jinslari shular jumlasiga kiradi.
“Texnik toshlar” deb ayrim fizik xossalari (qattiqlik, pishiqlik, nur sindirish va boshqa) bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mineral xom ashyoga aytiladi. Texnik toshlarga – tog‘ xrustali, kvars, xalsedon, agat, morion va boshqalar kiradi. Texnik toshlarga: korund, granat, kvars, rubin, sapfir kiradi. Ular aniq priborlarda, soatlarda, laboratoriya anjomlari, kvantli generatorlarda, toshlarga jilo berishda ishlatiladi (45-rasm).



O‘zbekiston qimmatbaho va bezak toshlarga juda boy o‘lka hisoblanadi. Olimlarning aniqlashi bo‘yicha (A.F.Sosedko, 1935) qadimgi Rim faylasufi Piniy eramizning 1-asrida Qizilqumni dunyodagi unga ma’lum bo‘lgan beshta feruza konidan biri deb atagan.


Markaziy Osiyo xalqlari qadim-qadimdan qimmatbaho toshlarga ahamiyat berganlar. Bunga ametist, nefrit va ayniqsa feruza uchun qazilgan ko‘plab qadimgi lahmlar guvohlik beradi.
Bezak berib ishlatiladigan toshlarga: labrodorit, lazurit, nefrit, malaxit, qahrabo, tog‘ billuri, charoit, opal, yashma, yozuvli granit, flyuorit, marmar kiradi (46-rasm).




Qimmatbaho va bezak toshlarining hosil bo‘lishi konlari asosan endogen va qisman ekzogen hisoblanadi. Olmos, pirop-magmatik; rubin, sapfir, shpinel, granatlar-metasomatik; berill, topaz, turmalin, morion, zumrad, aleksandrit, sapfir, rubin-pegmatit jarayonlarda; tog‘ billuri, ametist, sitrin – gidrotermal jarayonda; feruza qadimgi nurash po‘stlarida hosil bo‘ladi.
Qimmatbaho va bezak toshlari konlari O‘zbekistonning barcha geologik-ma’danli regionlarida uchraydi. Jumladan, feruza Qizilqumda (Ayakashi), berill G‘arbiy O‘zbekistonda (Barkrak, Ketmonchi, Fan), korund Quramada (Oqtosh), ametist Toshkent viloyatida (Miskonsoy, Maydontol), almandin Sulton Uvays tog‘ida (Qahrali, Darvozatov), topaz quramada (Olmabuloq, Kenkol, Gava, CHorkesar), kvars Muruntov, Nurota, Qoratepa, Quljuqtov, Sulton Uvays tog‘larida, xalsedon Angren va Farg‘ona vodiysida, Nurota va Tomdi tog‘larida joylashgan. Olmos uchun Tomdi, Hisor, Qurama tog‘lari istiqbolli hisoblanadi.
CHet ellarda qimmatbaho va bezak toshlar Birma, Tailand, Kampuchiya, Kolumbiya, SHri-Lanka, Hindiston, AqSH, Tanzaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Namibiya, Zambiya va Janubiy Amerikada qazib chiqariladi.
Qimmatbaho zargarlik toshlariga quyidagilar kiradi: olmos, zumrad (berillning yashil ranglisi), berill, yoqut (qizil pirop), feruza, sapfir (kul rang korund), aleksandrit (oltin rang berill), rubin (qizil korund), shpinel, ametist (47-rasm).




Xulosa
Mavzuda qimmatbaho toshlarning qanday genetik kon turlari bilan bog‘liqligi, tog‘ jinslari va ularning xususiyatlar, dunyodagi davlatlar misolida zahiralar va ularning qazib olinadigan miqdorlari, konlarning nomi va joylashgan eri, xalq xo‘jaligining qaysi sanoat va sohalarida foydalanish mumkinligi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar keltirilgan.



Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish