Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari


CHO‘KINDI (CHO‘KMA) KONLARINING



Download 17,73 Mb.
bet53/92
Sana07.07.2022
Hajmi17,73 Mb.
#753459
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Bog'liq
2 5438617787280921442

16. CHO‘KINDI (CHO‘KMA) KONLARINING
HOSIL BO‘LISH JARAYONLARI


CHo‘kindi konlar –daryo va suv havzalari tubida cho‘kindi yig‘ilishi jarayonida shakllangan foydali qazilma yotqiziqlari. Paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra daryo, botqoq, ko‘l, dengiz va okean cho‘kindi konlariga bo‘linadi. O‘z o‘rnida, dengiz va okean cho‘kindi konlari platforma va geosinklinal cho‘kindi konlariga ajratiladi. Dengizda hosil bo‘lgan cho‘kindi konlar katta o‘lchamli bo‘lib, o‘nlab km ga, qatlam svitalari esa yuzlab kmga cho‘ziladi. CHo‘kindi hosil qilish xarakteriga qarab cho‘kindi konlar mexanik (qum,tuproq va boshqalar), kimyoviy (tuz, temir va marganets rudasi), biokimyoviy (neft, ko‘mir va boshqalar) va vulkanogen cho‘kindi konlarga ajratiladi.
CHo‘kindi konlarning fizik-kimyoviy va geologik sharoitlarda shakllanishi cho‘kindi tog‘ jinslarining shakllanishi bilan umumiy holda bog‘liq. CHo‘kindi konlar tog‘ jinslariga muvofiq holda yotadi, odatda qat’iy ma’lum bir stratigrafik holatni egallaydi va qatlam yoki tekis linzalar shaklida bo‘ladi. Bunday konlar ba’zan metamorfizm (tog‘ jinslarini turli darajada, ba’zan butkul o‘zgartirib yuboradigan jarayonlar majmuasi bo‘lib, asosan uch omil (faktor) bilan bog‘liq – harorat, bosim, moddalarning kimyoviy harakati) va deformatsiyaga (tektonik kuchlar ta’sirida tog‘ jinslarida shakl va miqdorning o‘zgarishi) uchraydi va ancha murakkab belgilar (qiyofa) hosil qiladi. Ayrim qatlamlar o‘nlab km ga cho‘ziladi, ularning qalinligi esa 500 m ga etadi.
CHo‘kindi konlarda minerallarning 3 xil gruppasi uchraydi:
1. Nurash jarayoniga chidamli minerallar (kvars, rutil, ba’zan dala shpatlari, piroksenlar, amfibollar, slyudalar va boshqalar).
2. Kimyoviy nurash mahsulotlari (kaolin, montmorillonit, suvli slyudalar, opal, temir va marganetsning suvli oksidlari va boshqalar).
3. YAngi cho‘kindi hosilalar (karbonatlar, tuzlar, fosfatlar, ruda minerallari, kremniyli mahsulotlar, vodorod sulfidli birikmalar va boshqalar).
CHo‘kindi konlar yirik sanoat ahamiyatiga ega bo‘lib, ularga hamma yonuvchi foydali qazilmalar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yonuvchi slanetslar), temir, marganey, alyuminiy rudalarining ayrim turlari, shuningdek, rangli va nodir metallar (uran, mis, vanadiy va boshqalar) konlari kiradi. CHo‘kindi konlar orasida qurilish materiallari (shag‘al, qum, gil, slanets, ohaktosh, bo‘r, dolomit, mergel, gips, yashma), qazilma tuzlar, fosforitlarning ko‘pgina konlari ma’lum.

Download 17,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish