Nazorat savollari
1. Sizma konlari qanday jarayonlarda hosil bo‘ladi?
2. Sizma konlariga ta’sir etuvchi faktorlar nimalardan iborat?
3. Sizma konlarida qanday foydali qazilmalar uchraydi?
4. O‘zbekistonda mavjud sizma konlarga misol keltiring?
Glossariy
Atmosfera – Er sharini o‘rab olgan havo qobig‘i, uning quyi chegarasi – quruqlik va suv yuzasidir, yuqori chegarasi 1300 km balandlikka kosmik fazoga o‘tish bilan belgilanadi.
Barisfera – er sharining yadro va mantiyadan iborat ichki qismi. Ba’zi hollarda faqat yadro tushuniladi.
Nurash – tog‘ jinslari va minerallarning atmosfera, er osti va er usti suvlari, hamda organizmlar, mexanik kuchlar ta’sirida buzilishi va emirilishi jarayonlari yig‘indisi.
Plast (qatlam) – ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘ jinslari orasida joylashgan, uncha katta qalinlikka ega bo‘lmagan va uzoqqa cho‘zilgan qatlam (bu tipdagi ruda formalari temir, marganets, gips, tuz konlarida uchraydi).
Tekstura – tog‘ jinslarining tashqi ko‘rinishi. Donalar yoki kristalarning o‘zaro joylashish tartibi, minerallarning bir-biri bilan o‘zaro munosabati va joylashishini ifodalaydi.
Tektonika – geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini o‘rganadigan tarmog‘i.
Formatsiyalar – bir xil geologik sharoitda paydo bo‘lib, o‘zaro birga hosil bo‘lishi jihatidan bog‘langan va yoshiga ko‘ra yaqin tog‘ jinsi, mineral va ma’danlarning tabiiy to‘plamlari.
Epigenetik konlar– asosan tog‘ jinslari hosil bo‘lgandan keyin butunlay boshqa geologik jarayonda hosil bo‘ladi.
15. METALL VA METALL EMAS KONLARINING
NURASH QOBIG‘IDAGI O‘ZGARISHI
Foydali qazilma konlari nurash zanasidagi turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bunda ba’zi konlar tubdan o‘zgarib ketadi, ba’zilari esa kamroq o‘zgaradi. Asosiy hollardan biri tez oksidlanuvchi sulfidlarning yuqori kislarod potensialiga ega bo‘lgan sharoitga tushganda tez oksidlanib yangi minerallar hosil qilishidir. SHuning uchun bu jarayon (protsess) oksidlanish deb, uning joyi esa oksidlanish zonasi deb yuritiladi.
YUqorida keltirilgandek, bu protsess do‘nglik va yassi tog‘lik rayonlarda samaraliroq bo‘ladi. Sulfid konlarining nurash qobig‘ida ishtirok etuvchi suvlarning xarakteriga qarab uchta zona yaqqol ajralib turadi. Sizot suvlar zonasi, suv almashinish zonasi, turg‘un suvlar zonasi.
Sizot suvlar zonasi er ustidagi kislarod va karbanat kislotasi bilan boy bo‘lgan suvlarning pastga qarab bir meyorda sizilishi bilan xarakterlanadi. Suv almashinish zonasi zamin suvlari sathidan pastda joylashgan bo‘lib, suvning yon tomonga asta siljishi va kislarodning kamligi bilan belgilanadi. Turg‘un suvlar zonasida suvlar deyarli harakatsiz va kislorod oz bo‘ladi.
Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona kon tanasining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, ishqorsizlanish podzonasidan chiqib ketgan metallarning Rn o‘sishi bilan qayta tiklanish natijasida boyigan bo‘ladi. Bu zonada bo‘lib o‘tuvchi kimyoviy jarayonlarning eng samaralilari oksidlanish zonasidan sizot suvlar yordamida eritilib, konning chala o‘zgargan pastki qismiga olib kelingan metallarning sulfat birikmalari hisobiga bo‘ladi.
Quyidagi sabablarga ko‘ra, zamin suvlarining sathi pasayib qolsa, hosil bo‘lgan ikkilamchi sulfidlar quyida ko‘rsatilganidek qayta oksidlanib, oksidlangan boy rudalar podzonasini yuzaga keltiradi. Bu podzona ayrim hollardagina sanoat ahamiyatiga ega. Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona mis, uran, oltinli sulfid va ba’zi hollarda nikel konlari uchun ahamiyatlidir
Konlarda bu zonalarning ba’zi birlari uchramasligi, zona va podzonalar biridan biriga sekin asta o‘zgarib o‘tib borishi mumkin. Konlarning oksidlangan qismi odatda 200 m dan oshmaydi, lekin sharoitga qarab, bu zonaning qalinligi bir necha 100 m gacha ham borishi mumkin. Bunda albatta o‘zidan suvni yaxshi o‘tkazuvchi plast va tektonik yoriqlarning ahamiyati katta. Oksidlangan rudalarning tashqi ko‘rinishi ham boshqacha bo‘ladi. Ular birlamchi, qoldiq va qayta yotqizilgan minerallardan iborat bo‘lganligi uchun juda xilma xil shakllarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |