Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

 
Nazorat uchun savollar 
1. Minerallarning magnit xossalariva ularning klassifikatsiyasi. 


258 
2. Diamagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 
3. Paramagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 
4. Ferromagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 
 
 
5.3.
Mаgnit sеpаrаtоrlаrining turlаri, tuzilishi vа ishlаsh 
prinsiplаri 
 
Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar. 
O‘lchami 70 
dan 150 mm gacha bo‘lgan magnitli rudalarni quruq boyitish uchun 
elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o‘lchamdagi 
rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli barabanli separatorlarni 
ishlatish mumkin. (62-rasm)
 
62-rasm. 
Bir barabanli separatorning sxemasi
 
1 – aylanuvchi baraban; 2 – magnitning qo‘zg‘almas qutblari; 
3 – elektromagnit g‘altaklari; 4 – tok berish. 
Magnit sistema o‘qqa qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. Magnit qutblari 
baraban o‘qi bo‘ylib almashadi. Sistema atrofida shu o‘qning o‘zida 
nomagnit materialdan tayyorlangan baraban aylanadi. Baraban yuzasi uni 
ishqalanishdan asrash uchun rezina bilan qoplangan [11]. 
Dastlabki ruda titrama tarnov orqali barabanga beriladi. Baraban 
yuzasiga tortilgan magnitli zarrachalar magnit ustidan o‘tadi va magnit 
ta’siri tamom bo‘lgan zonada baraban yuzasidan uzilib tushadi. Nomagnit 
zarrachalar separatorning magnit maydoni bilan ta’sirlashmaydi, 


259 
barabandan parabolik trayektoriya bo‘ylab tushirib olinadi. Barabanning 
ostiga magnit va nomagnit mahsulotni qabul qilish uchun ikkita quticha 
o‘rnatilgan. Qutidagi to‘siq ustiga o‘rnatilgan shifer mahsulot oqimini 
aniqroq ajratishga yordam beradi. 
Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000–2000 mm, 
magnit maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400–1500 e. 
Baraban yuzasining aylanma tezligi 1–3 m/sek. Separatorning ishlab 
chiqarish unumdorligi o‘lchami –40+0 mm li mahsulotda barabanning har 
bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat.
Sanoatda bir barabanli, shuningdek, uch va to‘rt barabandan tashkil 
topgan separatorlar ishlab chiqariladi. Ko‘p barabanli separatorlarda asosiy 
separatsiya, chiqindilarning tozalash jarayonlarini o‘tkazib, uchta 
mahsulot–boyitma, oraliq mahsulot va chiqindilarni olish mumkin [1]. 
Agar magnit qutblari baraban uzunligi bo‘yicha galma–gal 
almashsa, separatorda magnit aralashuvi bo‘lmaydi. Magnit tortishishi 
natijasida barabanga yopishgan magnit zarrachalar magnit ustidan 
o‘tayotganda ag‘darilmaydi. Materialning yurishi bo‘ylab qutblarning 
almashishi aralashishga olib keladi va nomagnit zarrachalarni barabandagi 
magnit zarrachalar orasidan uzib olishga imkon yaratadi. 
Magnit sistemasi qutblar sonini aylana bo‘ylab va barabanning 
aylanish tezligini oshirib, yuqori chastotali magnit maydoni hosil qilishga 
va jadalroq magnit aralashuviga erishish mumkin. 
Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar 
soni 25 bo‘lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni 
maydonning chastotasi 125 Hz ga teng bo‘ladi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish