Creeks oltin qazib olish kar’yerda portlatish ishlari. AQSh. Nevada shtati. 4
Foydali qazilma boyliklariga xo'jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan so'ng ishlatiladigan barcha turdagi tog’ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o'rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi.
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va o'z ichiga oluvchi tog’ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda o'z ichiga oluvchi tog’ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog’ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan ko'pgina qoplovchi tog’ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Har xil tog’ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig’indisiga ochiq kon
4 https://en.wikipedia.org/wiki/Open-pit_mining
ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bo'linadi:
ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari);
qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga to'plash yoki tushirish ishlari).
Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bo'sh tog’ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta'minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida kar’yer qosil bo'ladi.
Kar’yer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun mo'ljallangan va jihozlangan ochiq kon lahimlari kompleksidir.
Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi lahimlarni birlashtiradigan alohida kon tayyorlov ishlari o'tkaziladi (asosiy transheya va yarim transheya, qirqma transheya va yarim qirqma transheya va boshqa lahimlar). Kon tayyorlov ishlarini o'tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta'minlash uchun yo'l ochib beradi.
Ochiq usulda qazish qo'yidagilarni ham o'z ichiga oladi:
kon va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash);
qazib olinayotgan tog’ jinslari massivi mustahkamligini ta'minlashdagi kon- zaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta'minlash, kon jinslarining o'z-o'zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar).
– rasm. Konni ochiq ususlda qazib olish sxemasi.
1 – ekskavator; 2 – avtosamosval; 3 – bul’dozer; 4 – burg’ulash stanogi; 5 – ishchi gorizontlar; 6 – portlatilgan massa; 7 – foydali qazilma uyumi; 8 – burg’u qudug’ilar; 9 – kiruvchi transheya;10 – bo'sh tog’ jinslar ag’darmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |