Modellashtirish.
O`qitishning bu usuli o`z ichiga real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o`z ichiga oladi.
Qo`llanilishi:
- turli vaziyatlarda kerak bo`ladigan ko`nikmalarni qo`llashda;
- oddiy va murakkab mehanik va elektrik asboblar yasashda, operativ ko`nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda.
- xavfli va kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatlarda, boshqarish ko`nikmalarini mustahkamlashda;
- ilgari o`rnatilgan printsiplarni real hayotiy vaziyatlarda qo`llashda.
Afzalligi:
- o`quvchilar faolligi va jalb qilishning mustahkamlaydi;
- eslab qolishni kuchaytiradi.
“Klaster” metodi. “Klaster” (g`uncha,bog`lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib, u o`quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o`ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar to`g`risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sinaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o`quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi
“Klaster” metodi
Nimani o`ylagan bo`lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizning sifati to`
g`risida o`ylab o`tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e`tibor bermang
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to`xtamang. Agar ma`lum muddat biror bir g`oyani o`ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tug`ilguniga qadar davom ettiring
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko`proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o`rtasidagi o`zaro aloqadorlik bog`liqlikni ko`rsatishga harakat qiling. G`oyalar yig`indisining sifati va ular o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatishni cheklamang
“ Klaster” metodining qoidalari
“Qarorlar shajarasi” (“Qarorlar qabul qilish”) metodi
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o`zlashtirish, ma`lum masalalarda har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng maqbul hamda to`g`risini topishga yo`naltirilgan texnik yondashuvlar. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bor tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh o`quvchilari ishtirokida qo`laniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha o`n nafar o`quvchilarning bilimlarini darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta`lim jarayonida mazkur metodning qo`llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o`quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni to`ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):
Do'stlaringiz bilan baham: |