Namoyish qilish.
Demonstratsiya- «kursataman, isbotlayman» degan ma’noni anglatadi. Bu o`qitishning usulida o`qituvchi topshiriqni bajarib, o`quvchilarga bu topshiriqni qanday bajarish kerakligini ko`rsatadi. Bu o`qitishning usulidan so`ng o`quvchilarga topshiriqni bajarib ko`rish imkonini berish kerak.
Qo`llanilishi:
- topshiriqni qanday bajarishni ko`rsatish uchun;
- muammolarni hal qilishga o`rgatishda;
- texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o`rgatishda.
Afzalligi:
- o`quvchi o`z ko`zi bilan ko`radi;
- tushunish va eslab qolishga yordam beradi;
- qiziqishni oshiradi;
- o`qitishning juda faol shakli ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |