3. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini makroskopik tahlil usullari
Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini makroskopik tahlil usullari. Makroskopik tahlil tegishli normativ-texnik hujjatlar (FS, VFS, GOST va boshqlar)ning “Tashqi belgilari” boʻlimining talablariga asoslangan hola olib boriladi. Buda oʻsimlik mahsulotlarining tashqi koʻrinishi koʻz bilan yoki 10-marta katta qilib koʻrasatadigan lupa yordamida kuzatiladi, ularga xos boʻlgan belgilar (mahsulot shakli) umumiy koʻrinishi, tuklar bilan qoplanganligi, barglarining tomirlanishi, ildiz va ildizpoyalarning sindirgandagi ichki koʻrinishi, rangi, hidi, zaharli boʻlmagan mahsulotlar mazasi va boshqalar aniqlanadi va tegishli hujjatlarga solishtirib koʻrib xulosa chiqariladi. Makroskopik tahlil uchun dorivor oʻsimlik mahsulotlarining oʻrtacha namunasidan bir qismini olib, uni biror tekis narsa (mahsus faner, plyonka, oq karton, qogʻoz va boshqalar) ustiga tekis yoyib qoʻyib, lupa yordamida koʻriladi. Agarda barg planstinkasi yupqa boʻlib, quritish vaqtida burishib qolgan boʻlsa (shuningdek quritilganda burishgan xoʻl mevalarni ham), bir necha 98 daqiqa issiq suv solib olinadi. Soʻngra bargni ehtiyotkorlik bilan oyna plastinkasi ustiga yoyiladi, meva esa xoʻllangandan keyin oʻzining quritilmasidan oldingi holatiga keladi. Mahsulotlarning katta-kichikligi chizgʻich (leneyka) yoki millimetrli qogʻoz yordamida uzunasiga, eni qalinligiga va aylanasiga 10-20-marta oʻlchanib, keyin xulosa chiqariladi. Mahsulotning rangi tabiiy yorugʻlikda aniqlanishi lozim. Ildiz, ildizpoya va qalin poʻstloqlarning koʻrinishidan tashqari koʻndalangiga sindirilgandagi rangi ham aniqlanadi. Mahsulotlarning hidini aniqlash uchun ularni barmoqlar orasida ezib maydalab, qattiqlarini (ildiz, ildizpoya, urugʻ, meva va boshqalar) sindirib, skalpel (pichoq) yordamida qirib yoki havonchada maydalab hidlanadi. Zaharli boʻlmagan dorivor oʻsimlik mahsulotlarini mazasini aniqlashda, ularni olib chaynab koʻrish, soʻngra tashqariga (yutmasdan) tupurib tashlash va ogʻizni suv bilan chayish kerak. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarining makroskopik tahlilini toʻgʻri oʻtkazish uchun tahlil qiluvchi shaxslar albatta oʻsimlik morfologiyasi sohasida toʻliq bilimga ega boʻlishlari lozim. Bu esa ularning botanika sohasidagi nazariy bilimlari va koʻnikmalariga asoslanadi. Mikropeparat tayyorlash tartibi. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarni anatomik mikroskopik usulda haqiqiyligini aniqlashda mikroskop bilan ishlashdan oldin uning tozaligini tekshirish kerak. Shundan keyin mikroskopning dastali tomonini oʻziga qaratib toʻgʻrilanadi. Dorivor oʻsimlik mahsulotidan mikropreparat tayyorlash uchun uni yumshatish kerak. Materialni turli usullar bilan: sovuq, issiq, suv bugʻi yordamida yoki nam kamerada yumshatiladi. Sovuq usul bilan yumshatish. Tekshirilayotgan oʻsimlik mahsulotlari: poʻstloq, meva, urugʻ, yer ustki qismlari, qalin barglarini suv-glitserin-spirt (1:1:1) aralashmasiga solinadi va oʻsimlik toʻqimlalariga suyuqlik toʻliq shimilishi uchun bir necha kun unda saqlanadi. Bu vaqt davomida oʻsimlik 99 xoʻjayralaridagi havo chiqib ketadi va mahsulot qisman tiniqlashadi. Materialni sovuq xoʻllash usullaridan nacha oddiysi va koʻp qoʻlaniladigani obyektni 1-3 soat davomida suvga solib qoʻyish va namlangandan soʻng uni glitserin va spirt (1:1) yoki glitserin-suv-spirt (1:1:1) aralashmalarida 1-3 kun davomida saqladir. Materialni yumatishni nam akamerada ham olib borish mumkin. Nam kamera sifatida suv solingan eksikatordan foydalaniladi. Mahsulot suvga tegmasligi va faqat u kameradagi nam havo yordamida yumshatilishi kerak. Bu yumshatish usuli ancha vat talab qilsa ham, xujayra strukturasi va uning tarkibi oʻzgarmamaydi, yaʼni xujayra shishidan, shilliqnashidan, yuvilishidan va boshqa holatlardan saqlanadi. Koʻpincha nam kamerada yupqa materiallar 1 kun, qattiq, qalin materiallar 2-3 kun saqlanadi va ular mogʻor bilan qoplanmasligi uchun kameradagi suvga 1- 2 tomchi fenol, formaldegid yoki xloroform qoʻshiladi. Bu usul bilan mahsulot yumshatilganda undan havo butunlay chiqib ketmaydi, perepart tayyorlayotgan vaqtda, qizdirib havoni chiqarishga toʻgʻri keladi. Issiq usul bilan yumshatish. Bu usul eng oddiy va tez bajariladigan usul hislanadi. Buning uchun mahsulotni 1-2 sm uzunlikdagi qismlari suvda (poʻstloq 3-5 daqiqa, oʻsimlik yer sotki qismi uning qalinligi va toʻqimalarining yogʻochlanishi darajasiga qarab 10-30 daqiqa davomida) qaynatiladi. Meva va urugʻlar asosan suv qaynab hosil boʻlgan bugʻi ustiga dokaga joylashtirilgan holda 15-30 daqiqa yoki undan koʻproq vaqt davomida osib qoʻyib yumshatiladi. Barg va ugllar qalinligiga qarab 2-5 daqiqa davomida 3-5% li ishqor eritmasida qaynatilib yumshatiladi va yoritiladi. Soʻngra aralashma Petri idiiga yoki chinni idishgacha solib suv bilan bir necha marta yuviladi. Keyinchalik yumshatilgan mahsulotdan tegishli mikropreparat tayyoralanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Axmedov E.T., Berdiyev E.T. Dorivor oʻsimliklar yetishtirish texnologiyasi Toshkent 2018., OʻzR FA Minitipografiyasi, -159 bet.
2. Berdiyev E.T.,Axmedov E.T. Tabiiy dorivor oʻsimliklar Toshkent 2018., OʻzR FA Minitipografiyasi, -179 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |