MAVZU: Dorivor oʻsimlik xom ashyolarini taxlil qilish usullari
REJA
1 .Dorivor oʻsimliklardan naʻmuna olish qoidalari.
2. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini anatomik yoki mikroskopik tahlil usullari.
3. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini makroskopik tahlil usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1 .Dorivor oʻsimliklardan naʻmuna olish qoidalari.
Dorivor oʻsimlik xom-ashyosidan taxlil uchun namuna olish. Xom ashyo toʻplamining har qaysi oʻrin birligining umumiy tashqi koʻrinishi tekshiriladi. Bunda tananing zararlanmaganligiga, namlanmaganligiga, GOST 6077-80 boʻyicha toʻgʻri oʻralgani va markirovka qilinganligiga eʼtibor beriladi. 27-rasm. Taxlil uchun namuna olish Oʻrtacha namuna olish toʻplamining soni va oʻlchamiga bogʻliq. Sobiq Ittifoq farmokopeyasi (XI nashri) va GOST 24027-0-80 boʻyicha agar toʻplamda 1 tadan 5 tagacha nuqsonsiz oʻrin boʻlsa, hammasini ochib koʻrib oʻrtacha namuna olinadi, 6 tadan 50 tagacha oʻrni boʻlsa, tanlab 5 tasi ochiladi, 50 tadan ortiq boʻlsa, 50 ta oʻrni oʻrindan ajratib olingan 5 taga qoʻshimcha keyingi har qaysi 10 ta oʻrin hisobidan yana bittadan ochib koʻriladi. Agarda toʻplamda 50 dan ortiq oʻrin boʻlsa ularning 10% ochib koʻriladi. 84 Toʻplam ochib koʻrilganda rangi, hidi, bir xilligiga va namligiga katta ahamiyat beriladi. Dorivor xom-ashyo mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va qabul qilinmaydi: 1. bir sutka (1 kecha-kunduz) shamollatishda ketmaydigan badboʻy yot hid boʻlsa yoki oʻziga xos hidini yoʻqotgan boʻlsa; 2. zaharli oʻsimlik mahsuloti aralashmasi boʻlsa; 3. begona, dorivor va boshqa oʻsimlik (somon, xashak) yoki mineral aralashmalar (qum, tosh) hamda qush va hayvonlar chiqindisi ruxsat etilgan normadan juda koʻp boʻlsa; 4. mahsulot mogʻorlangan va chirigan boʻlsa; 5. ombor zararkunandalari bilan II-III darajada zararlangan boʻlsa. Agar mahsulotning tashqi koʻrinishi tekshirilganda uning bir xil emasligi, qisman mogʻorlaganligi va chiringanligi, boshqa oʻsimliklar bilan ruxsat etilgan miqdordan anacha koʻp va boshqa nuqsonlar aniqlansa, u vaqtda toʻplam butunlay navlarga ajaratilib tozalanadi va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi. Ruxsat etilgan aralashma va nuqsonlar miqdori analizi yordamida aniqlanadi. Bu analiz uchun GOST, (Davlat farmakopeyasi) qoʻllanma hisoblanadi. Baza va omborlarda, dorivor mahsulotlardan ishlab chiqarish farmatsevtika muassasalarida, mahsus qilishda tovarshunos analizi olib boriladi. Tovarshunos analizi ikki bosqichda bajariladi: 1-boskich. Mahsulotni qabul qilish va analiz uchun oʻrtacha namuna olish 2-boskich. Oʻrtacha namunani analiz qilish. Mahsulotni qabul qilish. Farmatsevtika zavodlari va boshqa xoʻjaliklarda hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor mahsulotlar odatda koʻp miqdorda partiya qilib qabul qilinadi. 85 Ogʻirligi 50 kg dan kam boʻlmagan, har taraflama bir sifatni tasdiqlovchi bitta hujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot solingan oʻrinlar toʻdasi 1 ta partiya deyiladi. Partiyaga ilova qilingan hujjatda quyidagi maʼlumotlar boʻladi: Hujjatni nomeri, u berilgan oy, kun va yil. Joʻnatgan korxonani nomi va manzili. Mahsulotning nomi. Partiya nomeri. Partiya ogʻirligi (miqdori, massasi). Yigʻilgan yoki terilgan yili va oyi. Tayyorlangan tuman (yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar), Mahsulot sifatini tekshirish natijalari. Mahsulotga normativ-texnik xujjatlarni toʻldirish Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning familiyasi, lavozimi va imzosi. Dorivor mahsulot qabul qilinayotganda GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi qoidalarga amal qilinadi: Qabul qilinadigan partiyaning tashqi koʻrinishini umumiy tekshirish. Dorivor mahsulot solingan idishning (upakovkasining) analiz uchun ochiladigan joyini tanlash. Qabul qilinayotgan partiyaning bir xilligi va nuqsonini aniklash. Oʻrtacha namuna olish. Dorivor mahsulotni tahlil qilish uchun har bir tovar oʻrnini uchta joyidan, yaʼni yuqori, oʻrta va pastki qismini ochib namuna olinadi. Bu usul namuna olish deb ataladi. Olingan namunalarni qoʻshib boshlangʻich namuna hosil qilinadi. Bir necha oʻrindan olingan boshlangʻich namunalarni qoʻshib esa oʻrtacha namuna hosil qilinadi. Baʼzan boshlangʻich namuna miqdori juda koʻp boʻladi. Tekshirish uchun boshlangʻich namunadan kerakli miqdorda oʻrtacha namuna ajarib olinadi. Buning uchun sathi tekis materialga (plyonka, karton, qogʻoz, faner, taxta va boshqalar) boshlangʻiya namuna 3sm qalinlikda toʻrtburchak shaklida joylashtiriladi. Keyin diagonal boʻylab 4 boʻllakka boʻlinadi. Qarma-qari boʻlaklarni ajratib aralashtiriladi 86 va ularga ham yuqoridagi kabi shakl berilib, yana ikkiga ajartiladi. Namunani aralashtirish va bunday boʻlaklarga ajratish ishi kerakli oʻrtacha namuna miqdori qolguncha davom ettiriladi. Oʻrtacha namuna miqdori har xil mahsulotlar uchun turlicha boʻladi. Bu miqdor Davlat farmokopeyasi (XI nashri) va GOST 24027-0-80 da koʻrsatilgan talablarga koʻra quyidagicha boʻladi
Tekshirish uchun jaratilgan oʻrtacha namunani polietilen yoki koʻp avatli qogʻoz xaltachaga soli, uning ustiga mahsulot toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot yozilgan qogʻoz yopishtiriladi. Xuddi shunday qogʻoz xaltachaning ichiga ham solib qoʻyiladi. Mahsulotni ombor zararkunandalari bilan zararlanganlik darajasini ainqlash uchun bir xil aralashtirilgan boshlanggʻich namunadan 500 g (yirik mahsulotlardan 1000 g) ajartib olib, ogʻzi zis yopiladigan shishi idishga solib qoʻyiladi. Idish ichiga mahsulot toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot yozilgan qogʻoz solib qoʻyiladi. Keyinchalik oʻrtacha namuna tekshirish uchun yuqorida keltirilgan usuldan foydalangan holda uch qismiga boʻlinadi. Uning bir qismi mahsulotning chinligini, maydalangan qismini va aralashmalarini, ikkinchi qismi – namligini va uchinchi qsimi kulini hamda uning taʼsir qiluvchi moddalari miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu taxlilga olingan mahsulot miqdori ham Davlat farmokopeyasiga (XI nashr) binoan turlicha boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |