2. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini anatomik yoki mikroskopik tahlil usullari.
Mahsulotni tahlil (analiz) qilish. Doviror oʻsimlik mahsulotlarini haqiqiyligini aniqlagandan keyin, unga kirmaydigan organlari, qaraygan, sargʻaygan qismlari, hasharotlar bilan zararlanganlik darajasi hamda boshqa organik, mineral aralashmalar va boshqalar borligi miqdoriy jihatidan aniqlanadi. Dorivor oʻsimliklarning hamma qismlari ham farmatsiyada dorivor mahsulot sifatida ishlatilmaydi. Tarkibida taʼir etuvchi kimyoviy birikmalar koʻp boʻlgan organlargina dorivor mahsulot boʻla oladi. Masalan, kanakunjutning taʼsir etuvchi moyi faqat urugʻidan olinadi. Bu oʻsimlik poyasida yoki bargida moy boʻlmaydi. Urugʻga aralashib ketgan poya va barg mahsulot mifatini pasaytiradi. Shuning uchun ham urugʻda uchrashi mumkin boʻlgan oʻsimlik qismlari aralashmasining yoʻl qoʻyiladigan miqdori GOST da koʻrsatilgan.
Dorivor mahsulotni, ayniqsa barg, gul va oʻtlarni tayyorlash, quritish va saqlash jarayoni notoʻgʻri olib borilsa, ular qorayib yoki sargʻayib ketadi. Dorivor mahsulotlar shudring koʻtarilmasdan yoki yogʻingarchilikdan soʻng xoʻlligida yigʻilsa, shuningdek ularni uyib qoʻyilsa ham yukorida aytib oʻtilgan hodisalar roʻy berishi mumkin. Bundan tashqari, dorivor mahsulot yomon quritilganda (quritish vaqtida qalin qilib yoyilsa yoki juda sekin va uzoq vaqt quritilsa) ham qorayib yoki sargʻayib qoladi. Mahsulotni tashqi koʻrinishidagi oʻzgarishlar (qorayishi va sargʻayishi) tarkibidagi kimyoviy birikmalarning parchalanganligidan dalolat beradi. Agar mahsulotning qoraygan va sargʻaygan qismi GOST da koʻrsatilgan miqdordan koʻp boʻlsa, dorivor mahsulot qaytadan navlarga ajratiladi yoki tashlab yuboriladi. Dorivor mahsulot idishlarga joylashtirish (upakovka kilish) va tashish vaqtida sinishi, maydalanishi hamda kukunga aylanib ketishi mumkin. Ayniqsa moʻrt organlar koʻproq maydalanadi. Maydalanib ketgan dorivor mahsulotning sifatibuziladi. Chunki kukun boʻlib keggan mahsulotni chang va tuproqdan tozalab boʻlmaydi, ayni vaqtda dorivor mahsulot kislorod va Namlikka koʻproq duch keladi. Natijada dorivor mahsulotning namligi oshadi. Shuning uchun dorivor mahsulotlarni iloji boricha maydalanib ketishidyn ehtiyot boʻlish kerak. Oson maydalanib ketadigan moʻrt mahsulotlar maydalangan kismining ruxsat etiladigan miqdori GOST, OST. VTU va Davlat farmakopeyasida belgilangan. Organik aralashmalar deganda boshqa oʻsimliklarning qismla ri: xashak, koʻmir, qipiq va boshkalar tushuniladi. Mineral aralashmalar esa qum, kesak, temir, shisha, oyna parchalari va boshqalardan iborat. Odatda organik aralashmalar dorivor mahsulotlarda 1—3%, mineral aralashmalar esa 0,5— 2% gacha boʻlishi kerak. Dorivor oʻsimliklarning hamma qismlari ham farmatsiyada dorivor mahsulot sifatida ishlatilmaydi. Tarkibida taʼir etuvchi kimyoviy birikmalar koʻp boʻlgan organlargina dorivor mahsulot boʻla oladi. Masalan, kanakunjutning taʼsir etuvchi moyi faqat urugʻidan olinadi. Bu oʻsimlik 94 poyasida yoki bargida moy boʻlmaydi. Urugʻga aralashib ketgan poya va barg mahsulot mifatini pasaytiradi. Shuning uchun ham urugʻda uchrashi mumkin boʻlgan oʻsimlik qismlari aralashmasining yoʻl qoʻyiladigan miqdori GOST da koʻrsatilgan. . Shuning uchun dorivor oʻsimlik xom ashyo mahsulotlarini makro (morfologik) va mikro (anatomik) tahlil qilishda quyidagi optik va yordamchi asboblardan (lupa, turli mikroskoplar (biologik, tavarshunoslik, fitoximik, lyuminissent va boshqa tahlilda), yorituvchi asbob, obyektiv va okulyar mikrometrlari, rasm chizadian apparat-RA-5, mikrotom va boshqalar) foydalanishni taqozo etadi. Lupadan asosan dorivor oʻsimlik mahsulotlarini morfologik (tashqidan koʻrinishini) tahlil qilishda foydalaniladi. Uning yordamida mahsulotlarda tuklar, efir moyli bezlar bor-yoʻqligi aniqlanadi hamda mayda mahsulotlar (soyabonguldoshlar mevasi, mayda gullar va boshqalar) koʻriladi. Oddiy lupalardan tashqari binokulyar mikroskopdan ham shu maqsadda foydalaniladi. Steriomikroskoplar ham asosan dorivor oʻsimliklar mahsulotini morfologik tahlil qilishda qoʻllaniladi. Steriomikroskopning asosiy mohiyati tekshirilayotgan mahsulotni hajmli qilib koʻrsatishdadir. Bu esa mahsulotni tekshirishni ancha osonlashtiradi va mukammallashtiradi. Odatda tahlil uchun MBS-1, MBS-2 va MBS-3 steriomikroskoplaridan foydalaniladi. Biologik mikroskoplar dorivor oʻsimliklarning qirqilgan (kesilgan), maydalangan, poroshokka (kukunga) aylantirilgan mahsulotlarni hamda ulardan tayyorlangan briketlar, granulalar (donachalar) va boshqalarni tahlil qilishda ishlatiladigan yagona asosiy optik asbobdir. Biologik mikroskoplar yordamida mahsulotlarning anatomik tuzilishi oʻrganiladi. Bu maqsadda MBR- 96 1, MBR-1A va MBR-3 universal biologik mikroskoplaridan foydlaniladi. Yoritgichlar (yorituvchi asboblar) mikroskop ostida kuzatilayotgan mikropreparatni tabiiy nur yordamidi koʻrishning iloji boʻlmagan hollarda qoʻllaniladigan moslamalar. Yoritgichlarning nur manbai sifatida elektrolampalar xizmat qiladi. Mikroskopda koʻpincha oʻtkazuvchi nur bilan yorituvchi OI-9 va OI-31 yoritgichlari hamda qaytariluvchi nur bilan yorituvchi OI-21 yoritgichlari ishlatiladi. Okulyar va obyektiv mikrometrlar mikropreparatlarning turli qismlarini (tuklar, bezlar, ogʻizchalar, xujayralar, suv naylari vaboshqalarning) hamda xujayra ichiddagi elementlarni (kraxmal donachlari, kristallar va boshqalarning) hajmlarini (katta-kichikligini) mikroskop ostida oʻlchash uchun ishlatiladi. Bu maqsad uchun asosan okulyar mikrometridan foydalaniladi, lekin uning boʻlingan chiziqlari oldindan obyektiv mikrometrining boʻlingan chiziqlari bilan taqqoslanib, ularning qimmatlari anqlangan (kalibrovka qilingan) boʻlishi kerak. Obyektiv mikrometr oddiy buyum oynacha boʻlib, u 1 mm li 100 boʻlakchaga (chiziqlarga) boʻlingan. Har bir boʻlakchalari 10 mkm ga teng. Okulyar mikrometr boʻlakchalarga (chiziqchalarga) boʻlingan aylana shaklli oynacha boʻlib, u mikroskop okulyari ichiga oʻrnatiladi. Mikrotom oʻsimlik organlaridan uzluksiz qator yupqa kesimlar – mikropreparatlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda keng qoʻllaniladigan mikrotom chana tipidagisidir. Mikrotom yordamida oʻsimliklardan kesim olish uchun mahsulot mahsus tayyorlannadi. Rasm oladigan (chizadigan) apparat oʻsimlik toʻqimalarini (hayvon toʻqimalari va boshqa narsalarni ham) mikroskop ostidagi tasvirini chizish uchun qoʻllaniladigan asbob. Bu apparat tasvirning umumiy qiyofasini va uning tarkibiy qismlarini katta-kichikligining oʻzaro nisbatini saqlagan holda rsiga tushirishini taʼminlaydi. Shu maqsadda asosan RA-6 rasm oluvchi proyeksion asbob ishlatiladi. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini anatomik yoki mikroskopik tahlil usullari. Agarda dorivor oʻsimliklar mahsuloti tahlilga qirqilgan yoki 97 kukun holida yuborilgan boʻlsa, ularning haqqoniyligi yuqorida aytib oʻtilganidek, faqat mikroskopik usul yordamida aniqlanadi. Buning uchun albatta tahlil qilinmoqchi boʻlgan oʻsimlik organidan mikropeparat tayyorlanadi va mikroskop ostida tekshiriladi. Mikroskopik texnika yordamida dorivor oʻsimlik mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlashga javob bera oladigan preparatni mikroskopik tekshiri uchun tayyorlanadi. Mikroskopik texnika materialni tekshirishga tayyorlash, mikroprepart tayyorlash usullari va boshqa masallarni hal qilishni talab etadi. Oʻrganiladigan mahsulot oʻsimlikning qaysi qismiga tegishli ekinligiga qarab tekshirishning mikroskopik texnika usuli aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |