Fotosintez. Yashil o'smliklarning biosfera uchun ahamiyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism.
II BOB Fotosintez va uning ahamiyati.
Fotosintez jarayonini o’simlik hujayrasida borishi.
Fotosintezning ahamiyati.
Barglar – fotosintez maskani
2.4 Yashil o'smliklarning biosfera uchun ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Ha, biz yashab turgan o’lka shunday go’zal, bo’ston. Sevimli shoirimiz Hamid Olimjon ta’riflaganidek bu o’lkada hamma narsa bor. Uning tabiati ham, ko’rinishi ham o’ziga xos va ulug`vor. O’zbekistonda G`arbiy Yevropadagi ba’zi mamlakatlar territoriyasidan kattalik qiladigan bepoyon cho’llar, Ural tog`laridan ikki yarim hissa baland, Yevropadagi yuksak Alp tog`i cho’qqilari bilan raqobatlasha oladigan tog`lar kishi aqlini shoshiradi. Ishning dolzarbligi. O‘simliklarning muhim xususiyatlaridan biri - yashil rangda bo‘lishidir. O’simliklarda kechadigan muhim va murakkab jarayon –fotosintez o’simliklar tanasida ko’plab organik moddalarni, inson hayoti va faoliyati uchun zarur ozuqa moddalarni va vitaminlarni to’plab beradi. Yer sharida har yili fotosintez jarayoni tufayli, 83 mlrd.t. organik modda quruqlikda yashovchi o‘simliklar tomonidan to‘plansa, 30 mlrd.t. esa dengiz va okeanlarda yashovchi o‘simliklar hisobiga to‘g‘ri keladi. Fotosintez jarayonida o'simliklar tomonidan O2 ajratilishining yana bir muhim ahamiyati bu atmosferaning yuqori qatlamida (25 km balandlikda) ozon (O3) ekranining hosil bo’lishidir. Ozon O2 molekulalarining quyosh radiatsiyasi ta'sirida fotodissotsiyalanishi natijasida hosil bo'ladi. Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, fotosintez jarayoni o‘ta muhim jarayon bo‘lib, bunda yashil o‘simliklar asosiy o‘rinni egallaydi. Shunday ekan, tabiatda bu o‘simliklarni ko‘paytirish, yangi-yangi o‘rmonzorlar, ko‘kalamzor maydonlarini tashkil etish lozim. Bu bilan biz tabiatimizni, yerimizni musaffo bo‘lishiga, atmosfera havosida kislorodning ko‘payishiga, tirik organizmlar va odamlar uchun ozuqaning ko‘payishiga erishgan bo‘lamiz. O‘zimizni loqaydligimiz «menga nima» qabilida ish tutishimiz bilan esa ekologik inqirozni yanada yaqinlashtirgan bo‘lamiz. Ishimning dolzarbligi shundaki, ushbu o’simliklarda kechadigan jarayonlar yashab turgan muhitimiz, biosfera va inson hayotida nechog’lik ahamiyat kasb etishini o’quvchi 4 talabalarga yetkazish, ularda tabiatni, o’simliklar dunyosini asrash, ularni ko’paytirish choralarini topish kabi bilim va malakalarni hosil qilish. Ishning maqsadi. Ushbu kurs ishimning asosiy maqsadi o’simliklarda kechadigan murakkab jarayon –fotosintezni to’laligicha o’rganib, bu jarayonning o’simliklar uchun, biosferaga, inson hayotidagi ahamiyatini yoritib berish. Bundan tashqari o’simliklar qoplami, ularga ta’sir etuvchi quyosh energiyasining ahamiyati, o’simliklarning taqsimlanishi va ularning inson hayotidagi roli haqida ma’lumotlarni dunyo olimlari, hamda yurtimiz olimlari olib brogan izlanishlari natijasida yozgan ilmiy adabiyotlari va maqolalarini izlab topib, o’rganib kerakli bilimlarni o’quvchi talabalarga yoritib berish. Ishning vazifasi. - Fotosintez jarayoni va unda kechadigan jarayonlar, fotosintezning ahamiyatiga oid bo’lgan dunyo olimlari va mamlakatimiz olimlari olib brogan tajribalari va shu asosda yozgan ilmiy adabiyotlari va maqolalarini topib o’rganish; - Fotosintezning tabiatda tutgan o’rni va hamiyati to’g’risida olgan va to’plagan ma’lumotlarni ilmiy asosda yoritib berish; - Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan o’simliklarning biologik ahamiyatiga oid izlanishlar olib borib, ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar xususiy izlab topilgan ma’lumotlari bilan qiyoslanadi va tegishli mulohazalar yuritish;
Do'stlaringiz bilan baham: |