Formulalar bilan ishlash



Download 340 Kb.
bet1/9
Sana04.02.2022
Hajmi340 Kb.
#430834
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MS Office word da formulalar bilan ishlashni zamonaviy pedagogik

MUNDARIJA


KIRISH 2
I BOB. ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING TA’LIMDAGI O’RNI 4
1.1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida 4
1.2. Microsoft Word dasturi imkoniyatlari 5
1.3. Masalaning qo’yilishi 11
II BOB. MS OFFIE (WORD)DA “FORMULALAR BILAN ISHLASH” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI 12
2.1. Dars ishlanmasini ishlab chiqish 12
2.2. Darsning didaktik materiallarini tayorlash 17
XULOSA 21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 22


KIRISH


Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham, insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo’yicha yig’ilgan misli ko’rilmagan katta hajmdagi informastiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intelektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko’taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi.
Dasturiy mahsulotlarining va texnika vositalarning jadal suratlar bilan rivojlanishi, kompyuterni apparat va programma ta’minotining tez ma’naviy eskirishga olib kelmoqda. Hali foydalanuvchi yangi programma imkoniyatlarini to’liq o’zlashtirmasdan turib, sotuvga bu programmaning yanada mukammal variantlari taklif etilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan kompyuterlar yaratishning va programmalash texnologiyalarining asosiy tamoyil va g’oyalari o’z kuchida qolmoqda.
Hozirgi kunda programma ta’minotlari orasida Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan operastion sistemalar (Windows, Windows NT, Windows XP), matn muxarrirlari (Word), Elektron jadvallar (Excel), ma’lumotlar bazasi (Access) kabi ilovalar va dasturlash tillari, internetda ishlashning turli vositalari keng tarqalgan.
Microsoft firmasi tomonidan yaratilayotgan programma mahsulotlarining ijobiy tomonlaridan biri, ularni yaratish texnologiyalarining turg’unlashuvi (standartlashuvi) kuzatilmoqda: klaviatura va sichqonchaning vazifalari, fayl tizimi bilan ishlash tamoyillari, matn muharrirlari, jadvallar, berilganlar bazasini qayta ishlash programma mahsulotlarida deyarli bir xil amalga oshirilmoqda.
Windows muhitida foydalanuvchi interfeysini standartlashuvi odamlarning kompyuter bilan muloqotini soddalashtirdi, ularni har bir yangi programma paydo bo’lganda yana qayta o’rganishdek zerikarli ishdan ozod qildi.
Informatsion texnologiyalarning yana bir muhim jixatlaridan biri shundaki, bu fan jadal suratlarda o’sib, yil sayin yangidan-yangi yo`nalishlarga, mutaxassisliklarga tarmoqlanib ketmoqda: algoritmik, mantiqiy, ob’ektga yo’naltirilgan, parallel programmalash texnologiyalari; animatsiya, multmediya, internet, berilganlar bazasi yo`nalishlari; ko’p protsessorli, neytron arxitekturali kompyuterlar va hokazo. Ko’rinib turibdiki, informatika metafan darajasiga ko’tarilib, uni bitta o’quv kursi chegarasida to’liq, o’zlashtirishning imkoni bo’lmay qoldi.
Informatsion texnologiyalar sohasi bo’yicha rus va ingliz tillarida chop etilayotgan qo’llanmalar juda ko’p chop etilmoqda. Oxirgi yillarda o’zbek tilidagi qo’llanmalar ham ko’payib qoldi.
Taklif etilayotgan qo’llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda informatika fanini o`qitishda pascal dasturlash tilida bir o’lchamli massivlarga bog’liq masalalarni yechish mavzusi bo`yicha dars o`tish jarayonida o`quv qo`llanma sifatida foydalanish mumkin.
Bu “Algoritmlash va dasturlash tilllari” fаnini o’qitishdа quyidаgi vаzifаlаrni o’z оldigа mаqsаd qilib qo’yadi:

  • Hisоblаsh vа dаsturlаsh tizimlаrini o’rgаnish;

  • EHMdа dаstur tuzilishi, sоzlаsh vа bаjаrilishini nаzаriy аsоs vа

usullаrini egаllаsh;

  • Delphidа vа Turbo Pascal tilidа prоgrаmmаlаsh usullаrini o’rgаnish;

  • infоrmаtikа vа hisоblаsh tехnikаsidа ko’llаnilаdigаn аsоsiy tushunchаlаrdаn хаbаrdоr qilish;

  • Algоritm yarаtish usullаrini bilish;

  • Kоmpyutеrdа mаsаlаni еchish bоsqichlаrini bilish;

  • Delphi vа Turbo Pascal tilining оpеrаtоrlаri yordаmidа prоgrаmmаlаr tuzish.

Yuqоridаgi mаqsаd vа vаzifаlаr Algoritmlash va dasturlash tilllari kursining аsоsiy mаzmunini bеlgilаydi.


Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish