Matn muharrirlari va word matn prosessori. Kiritish, tahrirlash, formatlash amallri. Hujjat tarkibiga rasm o`rnatish, hujjatni bezash.
Reja:
1. Matn muharrirlariga tavsifnoma
2. WORD matn muharririniga xujjatlar bilan ishlash
3. WORD matn muharriri menyusi bilan tanishish
4. WORD matn muharririda xujjatlar va jadvallar tuzishni o`rganish
1. Xujjatlarni, hisobotlarni, maqollalarni, iqtisod va buxgal-teriyaga oid normativ xujjatlarni sifatli darajada tayyorlash uchun matn muharrirlari ishlatiladi.
Matn muharrirlari bilan ishlash jarayonida pechat qilish mashin-kalaridan farqli o`laroq hamma kiritilgan xujjatlar kompyuterda uzoq muddat saqlanadi.
Кiritilgan matnlarni qog`ozga joylash, harflar o`lchamini o`zgartirish, qator orasidagi masofalarni tanlash, saxifadagi qator va belgilar sonini belgilash avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Bundan tashqari maxsus lug`atlar yordamida avtomatik ravishda orfografik va gramatik xatolar ham to`g`irlanadi. Matn muharrirlari o`zida jadval, tasvir va grafiklar yaratish imkonini beradi.
Xozirgi kunda eng ko`p ishlatiladigan matn muharrirlariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Word.Deap(WD), Winword, Placat, TEX, Jurnalist.
Word matn muharriri o`rganuvchilarga o`z ma`lumotlari va grafik tasvirlarini kompyuter xotirasiga kiritish, matn ustida ishlash va jadvallar bilan ishlashni ta`minlaydi.
2. Microsoft Word tahrirlagichida xujjatlar bilan ishlash.
Microsoft Word tahrirlagichiga kirish
Word tahrirlagichi Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgacha uning Word 6.0, Word 7.0, Word 97 va Word 2000 versiyalari yaratilgan. Word 6.0 versiyasi alohida paket qilib chiqarilgan. Word 7.0 versiyasi Microsoft Office 7.0 paketida, Word 97 versiyasi Microsoft Office 97 paketida va Word 2000 versiyasi Microsoft Office 2000 paketida chiqarilgan. Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 paketlarida Word dan tashqari yana bir nechta dasturlar mavjud. Masalan, Microsoft Excel, Microsoft Access, Microsoft Binder, Microsoft Outlook, Microsoft Power Point. Microsoft Office 2000 paketida bulardan tashqari Microsoft Publisher 2000 va Microsoft FrontPage 2000 dasturlari ham bor.
Microsoft Office 7.0, Microsoft Office 97 va Microsoft Office 2000 dagi dasturlar bilan ishlash deyarli bir xil qoidalarga ega. Faqat keyingilari oldingilaridan imkoniyatlari kengligi bilan farq qiladi. Word tahrirlagichlari ichida Word 6.0 versiyasi eng birinchi yaratilgani bo`lib, unda ishlashni o`rganish boshqalariga nisbatan osonroq. Faqat Word 6.0 ning imkoniyatlari keyingi versiyalardan kamroq. Bu erda boshlab o`rganuvchilar uchun Word 6.0 versiyasi haqida qisqaroq ma`lumotlar berilgan. Agar Word 6.0 versiyasini yaxshi o`rganib olsangiz Word ning boshqa versiyalarida ham ishlay olasiz.
Word tahrirlagichiga kirish uchun “Pusk” tugmasi bosilib “Programmo`” menyusidan “Microsoft Word” ni ishga tushiramiz. Yoki maxsus yaratilgan yorliq orqali ham kirish mumkin. Word 7.0, Word 97 va Word 2000 ga kirish uchun mos ravishda Microsoft Office panelidan Word belgisi tugmasi orqali ham kirish mumkin.
Microsoft Word darchasi
Word tahrirlagichiga kirsak ekranda uning dastur darchasi hosil bo`ladi. Dastur darchasining ichida hujjat darchasi joylashgan bo`ladi.
Word darchasining ko`rinishi quyidagicha
Word tahrirlagichida dastur darchasi boshqa darchalar kabi sarlavha satriga va menyu satriga ega. Darchaning ayrim belgilari Windows dasturlarining barchasiga tegishli. Sarlavha satrining chap qismida tizimli darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Menyu satridan pastda xohlasak qo`yib, xohlasak olib tashlaydigan uskunalar paneli joylashgan. Dastur darchasining pastki qismida holat satri joylashgan. Unda odatda kursorning joriy holati, joriy vaqt va tahrirlash takrtibi haqidagi ma`lumotlar chiqadi.
Hujjat darchasi ham sarlavha satriga ega. Sarlavha satrining pastida tizimli menyu va o`ng qismida darchani masalalar paneliga yig`adigan, darchani butun ekranga yoyadigan, (agar darcha butun ekranga yoyilgan bo`lsa, yoyiq darchani kichraytiradigan), darchani yopadigan uchta tugmacha joylashgan. Xujjat darchasining chap va yuqori qismlarida chizg`ichlar joylashgan. Bu chizg`ichlarni qo`yish yoki olib tashlash mumkin. Xujjat darchasining o`ng va pastki qismlarida o`tkazish yo`lakchalari mavjud. Ular yordamida xujjat darchasidagi ma`lumotning ko`rinmay qolgan qismlarini ko`rish mumkin.
Word ishga tushganda faylga “DOKUMENT 1” nomi beriladi. Bir necha xujjat bilan ishlaganda nomning raqami o`zgaradi, ya`ni masalan, “DOKUMENT 2” va xakazo. Bu nom xujjatning nomi o`zgartirilgandan so`ng o`zgaradi.
Microsoft Word taxrirlagichidan chiqish
Word tahrirlagichidan chiqish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Alt] Q [F4] - tugmalari yordamida
2) “Fayl” menyusining “ВЎХОД” buyrug`i yordamida
3) Dasturlar darchasi sistemali menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i yordamida
4) Dasturlar darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali.
Word ning dastur darchasida hujjat darchasini oldin yopib, keyin dastur darchasini yopish ham mumkin. Hujjat darchasini yopish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.
1) [Ctrl] Q [s] - tugmalari yordamida
2) Hujjat darchasi tizimli menyusining “ЗАКРЎТЬ” buyrug`i yordamida
3) Hujjat darchasi sarlavha satrining o`ng qismidagi yopish tugmachasi orqali
4) “Fayl” menyusining “ЗАКРЎТЬ ” buyrug`i yordamida.
Hujjat darchasini kichik holatga yoki yoyilgan holatga o`tkazish mumkin. Yoyilgan holatda hujjat darchasi sarlavhasi dastur darchasi sarlavhasining davomidan ko`rinib turadi.
Hujjat darchasini yopishda yoki birdaniga dastur darchasini yopishda o`zgartirilgan fayllarning diskka yozilganligini Word tekshiradi. Biror hujjat diskka yozilmagan bo`lsa, ekranda savol hosil bo`ladi. Savolga quyidagicha javob berishingiz zarur.
Ha (Da), agar siz faylni saqlab, dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Yo`q (Net), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lsangiz.
Bekor qilish (Otmenit), agar siz faylni saqlamasdan dasturdan chiqmoqchi bo`lmasangiz.
Word oynasining elementlari
Wordni ishga tushirilgandan keyin ekranga uning oynasi chiqadi.
Oynaning birinchi satrida quyidagi elementlar joylashgan:
a) sistema menyusining belgisi;
b) dasturning va faylning nomlari;
c) oynani yopish belgisi;
d) oynani o`z holatiga keltirish yoki oynani kattalashtirish belgilari.
Wordni birinchi marta ishga tushirganda, fayl nomini o`rnida siz ”DOKUMENT1” nomini ko`rasiz. Bu Wordda bir necha hujjatlar bilan baravariga ishlash mumkinligi va shulardan birini bildiradi.
”DOKUMENT 1” - matnga nom berilmagan bo`lsa va boshqa bir nom bilan saqlanmagan yangi matnga beriladi.
Ikkinchi satrda menyu joylashgan bo`lib, bu oynaning asosiy bo`limidir. Undan kerakli buyruqlar tanlanadi. Bu satrning chap tamonida hujjatning tizim menyusining belgisi joylashgan.
Menyu satrining tagida instrumentlar paneli joylashgan. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini instrumentlar paneliga olib borib va chap tugmachasini bosib, biz kerakli bo`lgan instrumentni ishga tushiramiz. Agar oynada instrumentlar paneli yo`q bo`lsa, menyudan “Vid - Paneli instrumentov” buyruqini tanlab, uni o`rnatsa bo`ladi.
Instrumentlar paneli tagida va matnni chap tamonida, agar siz “rejim prosmotra razmetki stranis`” tartibida ishlasangiz, lineykalar joylashgan bo`ladi. Bu lineykalar yordamida “abzasno`y otstup”, matnni ekrandagi ko`rinish masshtabini, tabulyasiyani, matnni kengligini o`zgartirsa bo`ladi.
Oynaning o`rtasida hujjatni o`zi joylashadi.
Hujjatni o`ng tamonida va tagida kichkina to`rtburchak (begunok) bilan vertikal va gorizontal surgichlar (prokrutkalar) joylashgan. Bular matnni hammasi ekranda ko`rinmaydigan holatlarida ishlatiladi. Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini to`rtburchak ustiga olib borib, chap tugmachasini bosib turib to`rtburchakni tepaga-pastga yoki chapga-o`ngga qarab yurgiziladi. Shu yordamida butun matnni ko`rib chiqsak bo`ladi. Oynaning tagida holat satri (stroka sostoyaniya) joylashgan. Bu satr, kursor hujjatning qaysi joyida turganini, joriy vaqt va joriy tahrirlash tartibi to`g`risida axborot beradi. Agar bu satr yo`q bo`lsa, uni menyuning Servis-Opsii-prosmotr buyrug`i yordamida o`rnatsa bo`ladi. «Stroka sostoyaniya» oldiga x belgisini qo`yiladi.
3. Microsoft Word tahrirlagichi menyusi
Word tahrirlagichi menyusi 9 bo`limdan iborat. Menyuga kirish uchun sichqonchadan yoki klaviaturaning [Alt] tugmachasidan foyda-lanish mumkin. Menyu buyruqlarining qisqacha tavsifi quyidagicha.
FAYL menyusi
Fayl - menyuning bu bo`limida, hujjatlarni hosil qilish, ochish va saqlash buyruqlari joylashgan. Bu erda hujjatlarni butun qattiq disk bo`yicha qidirish, sahifa o`lchamlarini o`rnatish, hujjatlarni printerga chiqarish va Word ishini yakunlash mumkin.
“СОЗДАТЬ...” - yangi fayl yaratish,
“ОТКРЎТЬ...” - diskdagi mavjud fayllarni ochish,
“ЗАКРЎТЬ” - joriy hujjatni yopish,
“СОХРАНИТЬ” - xotiraga saqlash,
“СОХРАНИТЬ kak...” – boshqa nom bilan xotiraga saqlash,
“СОХРАНИТЬ ВСЕ” - hujjatni, shaklni, makrokomandani va boshqa o`rnatilgan tartiblarni saqlab qolish,
“ПОИСК ФАЙЛА” - faylni qidirish,
“СВОДКА...” - hujjat haqida ma`lumot olish,
“ШАБЛОНЎ`...” - hujjatni mavjud shakl bilan bog`lash,
“ПАРАМЕТРЎ СТРАНИЦЎ`...”-sahifa o`lchamlarini o`rnatish,
“ПРОСМОТР” - chop etishdan avval hujjatni ko`zdan kechirish,
“ПЕЧАТЬ...” - hujjatni chop etish,
“ПОСЛАТЬ...” - hujjatni elektron pochta orqali jo`natish,
“ДОБАВИТЬ РАССЎЛКУ...” - manzilni o`zgartirish,
“ВЎХОД” - tahrirlagichdan chiqish.
PRAVКA menyusi
Pravka - menyuning Pravka bo`limi bilan hujjatlarni tahrirlash mumkin. Bu: belgilash, o`chirish, nusxa olish, matndagi kerakli joylarni berilgan model bo`yicha qidirish, kerakli betga o`tish va noto`g`ri berilgan buyruqlarni bekor qilish.
“ОТМЕНИТЬ ВВОД” - hujjat ustida bajarilgan oxirgi amalni bekor qilish,
“ПОВТОРИТЬ ВВОД” bekor qilishdan qaytish, ya`ni bajarilgan amalni takrorlash,
“ВЎРЕЗАТЬ” - hujjatning ajratilgan qismini cho`ntakka olish,
“КОПИРОВАТЬ” - ajratilgan qism nusxasini olish,
“УДАЛИТЬ” - ajratilgan qismni o`chirish,
“ВСТАВИТЬ” - cho`ntakdagi qismni kursor turgan joyga qo`yish,
“СПЕЦИАЛЬНАЯ ВСТАВКА...” – boshqa ilova fayllarni qo`yish,
“НАЙТИ...” - ko`rsatilgan belgi yoki so`zlarni qidirish,
“ЗАМЕНИТЬ...” - ko`rsatilgan belgi yoki so`zlarni boshqasiga almashtirish,
“ПЕРЕЙТИ...” - ko`rsatilgan joyga o`tish,
“АВТОТЕКСТ” - odatdagi ko`p ishlatiladigan jumla va iboralardan foydalanish,
“ЗАКЛАДКА” - hujjatning zarur joylarini belgilash,
“СВЯЗИ” - ob`ekt bilan aloqani yangilash,
“ОБЪЕКТ” - ilovalarga murojaat qilish.
VID menyusi
Vid - menyuning Vid bo`limida, hujjatni ekranda ko`rish shakli va masshtabi o`rnatiladi.
“НОРМАЛЬНЎЙ” - hujjatni ekranda normal ko`rinishda tasvirlash,
“РАЗМЕТКА СТРАНИЦ`” - hujjatni ekranda sahifalangan ko`rinishda tasvirlash,
“СТРУКТУРА ДОКУМЕНТА” hujjatni ekranda shakliy ko`rinishda tasvirlash,
“ГЛАВНЎЙ ДОКУМЕНТ” - asosiy hujjatni bir necha hujjatga bo`lish,
“ВО ВЕСЬ ЭКРАН” - hujjatni butun ekranga yoyish,
“ПАНЕЛИ ИНСТРУМЕНТОВ...” - uskunalar panellarini o`rnatish,
“ЛИНЕЙКА” – chizg`ichlarni o`rnatish,
“КОЛОНТИТУЛ” - sahifaning yuqori va quyi sarlavhalarini o`rnatish,
“СНОСКА” - tushuntirma bilan ishlash,
“ПРИМЕЧАНИЕ” - izohlar bilash ishlash,
“МАСШТАБ...” - hujjatning ekrandagi ko`rinishini kichraytirish yoki kattalashtirish.
VSTAVКA menyusi
ВСТАВКА - bu bo`lim matnga har xil ob`ektlarni, matn elementlarini, grafiklarni va h.k. o`rnatish imkonini beradi.
“РАЗРЎВ..” - hujjatni sahifalarga ajratish,
“НomeРА СТРАНИЦ...” - sahifalarni raqamlash,
“ПРИМЕЧАНИЕ” - izohlash,
“Дata И ВРЕМЯ...” - sana va vaqtni o`zgartirish,
“ПoЛe...” - almashlash maydonlarini qo`yish,
“СИМВОЛ...” - ixtiyoriy shriftdagi belgini qo`yish,
“ПoЛe ФОРМЎ...” - maydon shaklini qo`yish,
“НАЗВАНИЕ...” - sarlavhalarni qo`yish,
“СНОСКА...” - tushuntirmani qo`yish,
“ССЎЛКА...” - ko`rsatmani qo`yish,
“ОГЛАВЛЕНИЕ И УКАЗАТЕЛИ...” - ko`rsatma va mundarijalarni qo`yish,
“kaДР” - kadrni qo`yish,
“РИСУНОК...” - rasmlarni qo`yish,
“OБЪЕКТ...” - ob`ektni qo`yish,
“ФАЙЛ...” - hujjatni qo`yish.
FORMAT menyusi
Format - menyusi yordamida matnni formatlash mumkin.
“ШРИФТ...” - shriftni tanlash,
“aБЗАЦ...” - abzasning o`lchamlarini o`rnatish,
“taБУЛЯЦИЯ...” - tabulyasiya ustunlarini o`rnatish,
“koЛОНКИ...” - ustunlarni o`rnatish,
“oБРАМЛЕНИЕ И ЗАПОЛНЕНИЕ...” - jadval chiziqlarini chizish, fonni o`zgartirish,
“РeГИСТР...” - belgilarni yozish,
“БУКВИЦА...” - satr boshining birinchi harfini yozish,
“СПИСОК...” - abzaslardan ro`yxat tashkil etish,
“НОМЕРАЦИЯ ЗАГАЛОВКОВ...” - sarlavhalarni raqamlash,
“aВТОФОРМАТ...” - hujjatni formatlash,
“taБЛИЦА СТИЛЕЙ...”, “СТИЛЬ...” - hujjatni formatlash shakllarini tanlash,
“РИСУНОК...” - rasmni formatlash,
“kaДР...” - kadrni formatlash,
“РИСОВАННЎЙ ОБЪЕКТ...” - grafik ob`ektni formatlash.
SERVIS menyusi
Servis - cervis bo`limi yordamida, orfografiyani tekshirish, sinonimlarni topish, avtokorreksiya tartibini yoqish, Wordning har xil rejim opsiyalarini o`rnatish, makrokomandani yozish mumkin.
“oРФОГРАФИЯ...” - imloni tekshirish,
“ПeРЕНОС СЛОВ...” - so`zlarni bug`inlab ko`chirish,
“СИНОНИМЎ...” - sinonimlarni qidirish,
“ЯЗЎК...” - imloni tekshirishda tilni ko`rsatish,
“СtatИСТИКa...” - hujjat haqidagi ma`lumotni berish,
“aВТОКОРРЕКЦИЯ...” - matn imlosini avtomatik tarzda tekshirish,
“СЛИЯНИЕ...” - bir turdagi xatlarni yozish,
“koНВЕРТЎ И НАКЛЕЙКИ...” - manzilni konvert va kartochkalarda yozish,
“УСТАНОВИТЬ ЗАҲИТУ..” - hujjatni tahrirlashdan himoyalash,
“ИСПРАВЛЕНИЯ...” - matnning o`zgartirilgan, belgilangan joylari bilan ishlash,
“makРОКОМАНДА” - makrokomandalar bilan ishlash,
“НaСТРОЙКА...” - tugmachalar majmuini tashkil etish,
“oПЦИИ” - tahrirlagich opsiyalarini o`zgartirish
TABLISA menyusi
Tablisa - bu bo`limda jadvallar bilan ishlash uchun buyruqlar joylashgan.
“ДoБАВИТЬ ТАБЛИЦУ...” - berilgan o`lchamdagi jadvalni o`rnatish,
“УДАЛИТЬ ЯЧЕЙКИ...” - jadval kataklarini o`chirish,
“oБЪЕДЕНИТЬ ЯЧЕЙКИ” - jadval katakchalarini birlashtirish,
“РaЗБИТЬ ЯЧЕЙКИ...” - jadval katakchalarini bo`lish,
“ВЎДЕЛИТЬ СТРОКУ” - jadvalda satrni belgilash,
“ВЎДЕЛИТЬ СТОЛБЕЦ” - jadvalda ustunni belgilash,
“ВЎДЕЛИТЬ ТАБЛИЦУ” - jadvalni belgilash,
“aВТОФОРМАТ ТАБЛИЦЎ...” - jadvalni formatlash,
“ВЎСОТА И ШИРИНА ЯЧЕЙКИ...” - katakcha balandligi va enini o`rnatish,
“ЗaГАЛОВКИ” - sarlavhani o`rnatish,
“ПРЕОБРОЗОВАТЬ tekСt...” - jadvalni matnga keltirish,
“СoРТИРОВКА tekСta...” - belgilangan ustun yoki satrdagi ma`lumotlarni saralash,
“ФoРМУЛА...” - hisoblarni bajarish,
“РaЗБИТ ТАБЛИЦУ...” - jadvalni 2 ga bo`lish,
“ЛИНИИ СЕТКИ” - jadval chiziqlarini chizish yoki o`chirish.
OКNO menyusi
Okno - bu bo`lim yordamida, ishni bitta hujjatdan ikkinchi hujjatga o`tkazish, oynalarni ichidagi hujjatlari bilan joylanishini o`zgartirish mumkin.
“НoВОЕ ОКНО” - yangi darchani ochish,
“УПОРЯДОЧИТЬ ВСЕ” - ekrandagi barcha darchalarni tartiblash,
“РАЗБИТЬ” - darchani bo`lish.
? menyusi
? - ish mobaynida Word dasturi haqida yordam olish.
“СoДЕРЖАНИЕ” - ko`rsatma mundarijasini berish,
“НАЙТИ СПРАВКУ ПО...”, “УkaЗАТЕЛЬ” - ko`rsatilgan buyruq haqida ko`rsatma olish,
“ПРИМЕРЎ” - misollar ko`rsatish.
Hujjatni ko`rish tartiblari
Menyuning Vid bo`limi buyruqlari yordamida, hujjatni har xil tartibda ko`rish mumkin. Bular: normalno`y rejim prosmotra, rejim prosmotra razmetki stranis, rejim prosmotra strukturo` dokumenta. Bitta tartibdan ikkinchiga o`tish uchun gorizontal surgichning chap tamonidagi uchta tugmacha yordamida yoki menyuning Vid bo`limining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Microsoft Word ning uskunalar paneli
Uskunalar paneli- tugmachalar majmuidan iborat bo`lgan menyu. Bunda tugmachani bosish natijasida biror buyruq bajariladi. Har bir tugmacha aniq vazifa va nomga ega. Uskunalar panelidagi tugmachalar menyuda bajariladigan ishlarning ekvivalentidir. Bular yordamida tugmachaga mos menyu buyrug`ini menyuga kirmasdan bajarish mumkin. Uskunalar panelini olib tashlash yoki o`rnatish mumkin. Agar uskunalar paneli o`rnatilmagan bo`lsa, uni o`rnatish uchun menyuning “Vid” punktida “paneli instrumentov” buyrug`ini ishlatish kerak. Natijada ekranda quyidagi (rasmdagi) darcha hosil bo`ladi.
Darchaning chap tomonida uskunalar panellarining ro`yxati keltirilgan. Кerakli uskunalarni sichqoncha tugmachasi yordamida tanlasangiz, tanlangan uskuna nomlari oldidagi katakchasida belgi paydo bo`ladi. Кatakcha bo`sh bo`lsa, shu uskuna tanlanmagan hisoblanadi. Darchaning «Ok» tugmasini ishlatsangiz, tanlangan uskunalar Word ning uskunalar panelida paydo bo`ladi.
Agar uskunalar paneli o`rnatilgan bo`lsa, sichqoncha strelkasini uskunalar paneli joylashgan maydonchaga olib borib sichqonchaning o`ng tugmasini bossak u erda uskunalar ro`yxati hosil bo`ladi. U erdan kerakli uskunani o`rnatish yoki olib tashlash mumkin.
Uskunalar panelida eng ko`p ishlatiladigan uskunalar “Standartnaya” va “Formatirovanie” bo`limlari hisoblanadi. Bu bo`limlardagi uskunalarni bo`limdan olib tashlash yoki bo`limga yana uskuna qo`shish mumkin. Buning uchun uskunalarni o`rnatish darchasida “Nastroit...” buyrug`ini ishlatish kerak va u erdan kerakli uskunalarni olib uskunalar paneliga o`rnatish mumkin. Yoki uskunalar panelida sichqonchaning o`ng tugmachasi bosilganda hosil bo`lgan ro`yxatda “Nastroyka...” buyrug`ini ishlatib ham shu ishni bajarish mumkin.
Masshtablash
Masshtab - bu o`ziga xos bir funksiya. Uning yordamida matnning ekrandagi ko`rinish masshtabini o`zgartirsa bo`ladi. Buning ikkita yo`li bor:
menyuning «Vid-Masshtab» buyrug`i bilan,
instrumentlar paneli yordamida.
Sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini instrumentlar panelining joriy masshtab faktori yonidagi, pastga qaragan strelkaga olib borib, chap tugmachasini bosib masshtab faktorlari ro`yxatini chiqaramiz. Shu ro`yxatdagi kerakli masshtabdan foydalanamiz yoki joriy masshtab faktorining ustiga sichqonchaning ko`rsatgich strelkasini olib borib chap tugmachasini bir bosib kerak bo`lgan masshtabni yozish mumkin.
Wordning yordam dasturi
Ish maboynida kompyuterdan foydalanuvchi shunday vaziyatlarga duch keladiki, u qaysidir funksiyani ishlatishni biladi, lekin shu funksiya menyuning qaysi bo`limida joylashganini bilmaydi. Bu vaziyatlarda ekranda holat satri o`rnatilgan bo`lsa, menyuning bir bo`limini faol qilsak va shu bo`limning bir punktni tanlasak, holat satrida menyuning shu punkti to`g`risida qisqacha axborot chiqadi.
Ammo ish davomida to`liq axborot ham olsak bo`ladi. Buning bir necha usullari bor.
F1 tugmachasi
Agar ish jarayonida F1 tugmachasi bosilsa, ekranga joriy tartib to`g`risida Spravka Word oynasi chiqadi. Masalan, menyuning bir punktini faol qilsak va F1 tugmachasini bossak shu punktto`g`risida to`liq axborot olamiz.
Shift va F1 tugmachalarini baravar bosing.
Sichqonchanini ko`rsatkich strelkasi so`roq belgisi bilan paydo bo`ldi.
Menyuning sizga kerakli bo`lgan buyrug`ini tanlang yoki oynaning bir elementini ustiga sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini olib borib chap tugmachasini bosing.
Ekranga Spravkaning oynasi chiqadi. Spravka dasturi- bu Windowsning dasturi bo`lib u o`zining oynasiga ega.
Shift va F1 tugmachalari o`rniga instrumentlar panelidagi ? tugmachasini bosak ham bo`ladi.
Dialog (muloqot) oynasi bilan ish olib borish mobaynida F1 tugmachasini bosak ham bo`ladi.
4. Word tahrirlagichida matnlar bilan ishlash
Word tahrirlagichi ishga tushgach unda hujjat darchasi “DOKUMENT1” nomi bilan beriladi. Siz u erda matn kirita boshlashingiz mumkin.
Agar matn kiritayotganingizda so`zda biror harf qolib ketsa, uni kiritish uchun kursorni o`sha erga olib borib harfni bosish kifoya. Natijada harf o`sha erga o`rnatiladi va qolgan harflar bittadan o`ngga siljiydi. Shriftni qalin, qiya yoki tagiga chizilgan qilib yozmoqchi bo`lsangiz mos ravishda uskunalar panelining uskunalaridan foydalanish kerak. Agar har bir abzasni tartibli raqamlab yozmoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz. Agar har bir abzasni ro`yxat qilib, ya`ni har bir abzas oldidan nuqtacha qo`yilgan qilib yozmoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz. Agar hujjatlarni ikkita yoki undan ko`proq kolonka (ustun) lar shaklida yasamoqchi bo`lsangiz uskunasidan foydalanasiz.
Matn kiritayotganda [Enter] tugmasi bosilishi yangi abzas ochadi.
Matnni chap tomonga, markazga, o`ng tomonga taqab yoki ikki tomonini ham tekislab yozish uchun mos ravishda uskunalardan foydalanasiz. Odatda matn ikki tomondan tekislab yoziladi.Matnda abzas qo`ymoqchi yoki qatorlar o`rtasidagi intervalni o`zgartirmoqchi bo`lsangiz menyuda “FORMAT” bo`limining “ABZAS...” buyrug`ini ishlatasiz. Ekranda quyidagi darcha hosil bo`ladi.
Matnni ko`rib chiqish
Matnni klaviatura va sichqoncha yordamida ko``rib chiqsa bo`ladi. Matnni klaviatura yordamida ko`rib chiqishda, asosan klaviaturaning kursorni bosh-qaruvchi tugmachalari ishlatiladi:
Home - qatorni boshiga;
End - qatorni oxiriga;
- bir qator yuqoriga;
¯ - bir qator pastga;
¬ , ® - kursorni chapga, ungga surish;
Page Up, Page Down - bir oyna yuqoriga, bir oyna pastga.
Bu tugmachalarni klaviaturaning Ctrl tugmachasi bilan ishlatsa bo`ladi. Buning uchun Ctrl va yuqorida qayd etilgan tugmachalarni birini baravar bosish kerak:
Ctrl Қ Home - matnni boshiga;
Ctrl Қ End - matnni oxiriga;
Ctrl Қ ¯ - bir abzas pastga;
Ctrl Қ - bir abzas yuqori;
Ctrl Қ ¬ - bir so`z chapga;
Ctrl Қ ® - bir so`z o`ngga;
Ctrl Қ PageUp - oynani boshiga;
Ctrl Қ PageDown - oynani oxiriga.
Oynaning tagida va o`ng tamonida vertikal va gorizontal surgichlar joylashgan. Vertikal surgich yordamida kursorni matn bo`ylab yuqoriga va pastga yurgizish mumkin, gorizontal surgich bilan esa - o`ng va chap tamonga yurgizish mumkin.
Matnni o`chirish
Ma`lumki, klaviaturaning Backspace va Del tugmachalari yordamida noto`g`ri kiritilgan harflarni o`chirsa bo`ladi. Matnning katta qismlarini o`chirish uchun bu tugmachalardan foydalansa ham bo`ladi. Ammo bu ishlarni bajarishiga vaqt ko`p ketadi. Bu amalni tez bajarish yullaridan biri matnning o`chirmoqchi bo`lgan qismini belgilab, bir marta Del tugmachasini bosishdir. Wordning filosofiyasi - bu belgilash va buyruqni bajarish.
Matnni belgilash uchun bir necha usullar mavjud:
Кlaviaturaning Shift va kursorni boshqarish(yo`nalish) tugmachalari bilan. Shift, Ctrl va yoki ¯ tugmachalarini baravar bosilishi kursor turgan abzasni kursor turgan joyidan boshlab yuqoriga yoki pastga qarab belgilaydi.
Sichqoncha yordamida belgilash:
Harflarni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini birinchi harfning chap tamoniga olib borib, chap tugmachasini bosib turib, oxirgi harfiga olib boring. Кeyin chap tugmachasini qo`yib yuboring.
So`zni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini so`zning hohlagan harfiga olib borib, chap tugmachasini ikki marta bosing.
Qatorni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini qatorning chap tamoniga olib boring (ko`rsatkich strelka shakliga o`tadi) va chap tugmachasini bosing. Кo`rsatkich strelkani yuqoriga yoki pastga qarab yurgizsak, keyingi qatorlarni ham belgilaydi.
Gapni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini gapning hohlagan joyiga olib borib, Ctrl va sichqonchaning chap tugmachasini bosing.
Abzasni sichqonchaning ko`rsatkich strelkasini abzasning chap tamoniga olib borib (ko`rsatkich strelka I shakliga o`tadi), chap tugmachasini ikki marta bosing. Yoki ko`rsatkich strelkani abzasning hohlagan joyiga olib borib, chap tugmachasini uch marta bosing.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |