1.3. Masalaning qo’yilishi
Ma’lumki, bugungi kunda o`quv mashg`ulotlarini zamonaviy axborot tеxnologiyalarini qo`llash bilan birga pеdagogik tеxnologiyalarning turli usullari asosida ham dars mashg`ulotlari olib borilmoqda. Individual loyiha ishi mavzusida bеrilgan “MS Office (word) da formulalar bilan ishlashni zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o'qitish metodikasi” mavzusida ham asosiy e’tibor shu masalalarga qaratiladi. Ya’ni, ishni bajarish davomida quyidagi muammolarni yechish maqsad qilib olindi:
- Mavzuga oid adabiyotlarni to’plash va tahlil qilish;
- Ms wordda formulalar bilan ishlashning nazariy asоslari bilan tanishish;
- Formulalar bilan ishlashni o’qitishda pedagogic texnologiyalarni tahlil qilish;
- Dars ishlanmasini ishlab chiqish;
- Darsning didaktik materiallarini tayorlash;
Shu o’rinda berilgan mavzu bo’yicha amaliy misollar yordamida formulalar bilan ishlashni pedagogik texnologiyalar odamidan o’qitish, dars jarayoni uchun didaktik materiallarni tayyorlash maqsad qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |