Fonetika Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan fonetika bo'limini boshlaymiz avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar


) shartlarni bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo'ymijoz kishi



Download 2,39 Mb.
bet20/49
Sana19.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#459452
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
fonetika (3)

1) shartlarni bajarmoq; 2) kechki uchrashuv; 3) yoza boshlamoq; 4) tuzsiz ovqat; 5) qo'ymijoz kishi


A) 1, 2, 3, 4. B) 2, 3, 4. C) 1, 2, 5. D) 2, 4, 5.

Iltimos, quyidagi bo`sh o`ringa tahlilingizni yozing, shunchaki variantni belgilash bilan cheklanib qolmang!




Avval javobingizni yakunlang va quyidagi to`g`ri javob bilan taqqoslang.

Ushbu savolning javobini belgilashda ko'pchilik abituriyentlar xato javobni olishadi, ular xatolikni quyidagicha boshlashadi: 2, 3 va 4 - so'z birikma(aslida 3-si so'z birikma emas)larining tobe qismidagi "-ki" , "-a" , "-siz" kabi morfemalarning omonimligidan quvonishib "B" javobni olishadi, aslida esa 3-si so'z birikmasi emas, ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi ekanligi uchun javobdan o'chib ketadi, ya’ni uchinchi raqam ostida so`z birikmasi yo`q. Bundan ham muhim holat bor --- tobe qisimdagi morfemalar deyilganida ko'pchilik abituriyentlar faqat qo'shimchalarni tushunishadi, aslida-chi, tarkibida hech qanday qo'shimcha mavjud bo'lmagan qism ham morfema hisoblanaveradi. Aytmoqchimanki, morfemalar deyilganida faqaaaat qo'shimchalarni tushunmang va quyidagi tahlilga e'tibor bering:


To'g'ri javob "D" edi. Chunki ushbu so'z birikmalarining tobe qismidagi barcha morfemalar omonimlik xususiyatiga ega edi: "kech" so'zi fe'l va ravish o'rtasida omonim, "-ki" qo'shimchasi esa ot yasovchi, sifat yasovchi va yuklama o'rtasida omonim; "tuz" so'zi ot va fe'l o'rtasida omonim, "-siz" qo'shimchasi esa ismning va fe'lning munosabat shakllari o'rtasida, sifat yasovchi va ravish yasovchi o'rtasida omonimdir; qo'ymijoz so'zi tarkibida ham ikkita morfema mavjud va ular ham omonim: "qo'y" ot va fe'l o'rtasida omonim, "mijoz" esa ot va ot o'rtasida omonim (mijoz- xaridor, mijoz- tana harorati). Demak, javob: D
Mavzuni davom ettiraman.

So'zning eng kichik ma'noli qismiga MORFEMA deyiladi va bu atamaning o'rniga "SO'ZNING ENG KICHIK MA'NOLI QISMI" atamasi ham qo'llanilaveradi.


Morfemalar "nutqda qanday qo'llanila olish imkoniyaiga ko'ra" quyidagicha ikki turga bo'linadi:
1) ASOS (yetakchi morfema)
2) QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema)
Tarkibida hech qanday qo'shimchalarsiz nutqda mustaqil qo'llanila oladigan so'z qismiga ASOS (yetakchi morfema) deyiladi. Yetakchi morfemasiz nutqda mustaqil qo'llanila olmaydigan so'z qismiga esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema) deyiladi.
Buvim toshbag'ir insonlarning qismatini ko'p so'zlab bergan.
Ushbu jumlada 16 ta MORFEMA (so'zning eng kichik ma'noli qismi) mavjud va ularning 8 tasi ASOS (yetakchi morfema), qolgan 8 tasi esa QO'SHIMCHA (ko'makchi morfema):
Buvi(asos) + m (qo`sh.) tosh(asos) + bag'ir(asos) inson(asos) + lar (qo`sh.) + ning (qo`sh.) qismat(asos) + i (qo`sh.) + ni (qo`sh.) ko'p(asos) so'z (asos) + la (qo`sh.) + b (qo`sh.) ber(asos) + gan (qo`sh.)
Yuqoridagi savolda nega "D" javob to'g'ri ekanligini endi tushundingizmi? Agar tushungan bo'lsangiz, men sizlarga yana bir savol beraman va maqsadli holda mavzuni davom ettiraman.

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish