Fonetika Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan fonetika bo'limini boshlaymiz avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar



Download 2,39 Mb.
bet22/49
Sana19.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#459452
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
fonetika (3)

"To'kilyapti" tomchilab umr
Malaklarning gul kosasidan.

-moq + -da. (bunda -moq qo'shimchasi harakat nomi hisoblanadi, -da qo'shimchasi esa kelishik qo'shimchasi hisoblanadi) ESLATMA: ajraluvchi. -moq + -da kabi holat hech qachon fe'l kesim vazifasini bajara olmaydi, yana bir muhim jihati kelishikdan oldingi -moq harakat nomi qo'shimchasi "-ish" harakat nomi qo'shimchasi bilan almashina oladi:




Nahot shuncha azob, shuncha g'am
Sevishmoqda alam bor shuncha.

Jumlasidagi "sevishmoqda" so'zi quyidagicha morfemalarga ajraladi: sev (asos) + -ish (birgalik nisbat) + -moq (harakat nomi) + -da (kelishik). Nega yaxlit -moqda emasligining sababini sezdingizmi? Birinchidan, bu so'z fe'l kesim emas, ikkinchidan, tarkibidagi -moq qo'shimchasi "-ish" qo'shimchasi bilan almashina oladi. Mana qarang:


Nahot shuncha azob, shuncha g'am


Sevishishda alam bor shuncha.

Sev + ish (birgalik nisbat) + -ish (harakat nomi) + -da (kelishik)



  • -gani (yaxlit ravishdosh) ESLATMA: ushbu qo'shimchani qabul qilgan so'z "NEGA? NIMA MAQSADDA?" kabi so'roqlarga javob bo'ladi va o'zidan keyin egalik va kelishik qo'shimchalarini, ko'makchi (bilan, uchun, haqida...) larni qabul qila olmaydi. O'zidan oldin esa bo'lishsizlik "-ma" qo'shimchasini qabul qila olmaydi. (Avval tayyorlanganlar sintaktik tahlilni bilishsa, -gani yaxlit ravishdoshni qabul qilgan so'zlar faqat MAQSAD HOLI vazifasini bajaradi.) Ikki fuqaro muzeyga turli buyumlarni o`g`rilagani kirgan emish. (Nega kirgan ekaaan? ---- o'g'rila + -gani kirgan ekan)

Vazifamni bajargani kelganman. (Nega kelgan?)

  • -gan + -i (bunda "-gan" qo'shimchasi sifatdosh hisoblanadi, "-i" qo'shimchasi esa egalik hisoblanadi) ESLATMA: ajraluvchi bu qo'shimcha o'zidan oldin bo'lishsizlik "-ma" qo'shimchasini qabul qila oladi. O'zidan keyin esa kelishik qo'shimchalarini, bog'lamalarni va ko'makchi (sayin, haqida, uchun, bilan....) larni erkin qabul qila oladi:

Topshiriqlarni o'z vaqtida bajarmaganidan qattiq afsuslandi. (Bajar+ma+gan+i+dan)
Vazifasini bajargani uchun dakki eshitmadi. (Bajar+gan+i holatida ajraladi, chunki oxirida "uchun" ko'makchisi booor)
E’tiborli jihati shundaki, ajraluvchi -gani + -i holatidan oldin yoki keyin yuqoridagi vositalar mavjud bo'lmasligi ham mumkin. Bunday hollarda ushbu so'z "NEGA? NIMA MAQSADDA?" so'roqlariga javob bo'lmaydi(ya'ni maqsad holi vazifasini bajara olmaydi), "NIMA?" so'rog'iga javob bo'ladi va EGA vazifasini bajaradi:
Vazifasini bexato bajargani hech kimga sir emas. (Nima hech kimga sir emas?)
Ikki fuqaroning turli buyumlarni o'g'rilagani o'z vaqtida isbotlandi. (Nima isbotlandi?)

  • -imiz (undoshdan keyin keluvchi yaxlit egalik qo'shimchasi, birinchi shaxs, ko'plik)

  • "-i" + "-miz" (bu holatda "-i" uchinchi shaxs birlik egalik qo'shimchasi hisoblanadi, "-miz" esa birinchi shaxs, ko'plik bog'lama hisoblanadi).

Bugungi mavzuyimizning dolzarb jihatlaridan bir mana shu ikki holatni (-imiz, -i+ -miz) farqlashdir.


Eslaysizmi, "BUNING" so'zida fonetik hodisa bormi? deganimda "ha" yoki "yo'q" deyishga shoshilmang, chunki fonetik hodisaning bor yoki yo'qligi matnda bilinadi degan edim. Yodingizdami?


Endi ayting-chi, "farzandlarimiz, umidimiz, quvonchimiz, o'g'limiz...." kabilar tarkibida yaxlit "-imiz" egalik qo'shimchasi bormi, yoki "-i" egalik va "-miz" bog'lama kabi ikkita qo'shimcha mavjudmi?
Javob berishga shoshilmang, chunki tarkibidagi qo'shimchalarning miqdori va turi matnda bilinadi.
"-i" + "-miz" holatidagi so'zlarda uchinchi shaxs "-i" egalik qo'shimchasidan keyingi "-miz" bog'lamasini "edik, ekanmiz, hisoblanamiz" vositalari bilan erkin almashtirishimiz mumkin, ajralmas –imiz qo`shimchali so`zlarda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Xullas, umidimiz, farzandlarimiz, o`g`limiz, quvonchimiz… kabilar tarkibidagi oxirgi -miz qismi “edik, ekanmiz, hisoblanamiz” vositalari bilan almashina olsa, ushbu so`zlar tarkibida alohida -i egalik va -miz bog`lama holatidagi qo`shimchalar bor deb qaraladi, almashina olmasa, bitta yaxlit -imiz egalik qo`shimchasi bor deb qaraladi. MASALAN:
Biz ham shu tanlovning ishtirokchilarimiz. (ishtirokchilari edik)
Barchamiz shunday buyuk Vatanning navqiron farzandimiz. (farzandi ekanmiz)
Ikkalamiz ham Sobir muallimning o`g`limiz, (o`g`li hisoblanamiz) taklifnomani alohida-alohida yozib o`tirmang.
Bugungi ishtirokchilarimiz ancha faol qatnashdi. (bu gapda -i + -miz holatida ajralmaydiiii, “edik” bilan almashtira oldingizmi? Yo`o`o`q! Demaaak, yaxlit -imiz bor bu so`zda, qolganlarida ham shunday.)
Imronbek bizning eng kenja farzandimiz. (yaxlit)
Qarang-a, o`g`limiz(yaxlit) uchun shuncha imkoniyatlar bor ekan!
Yuqorida aytganlarim bilan bemalol yaxlit -imiz va ajraluvchi -i + -miz holatini farqlay olasizlar, shunday bo`lsa-da, quyidagi ma’lumotlarni ham bilib qo`ysangiz, foydadan holi bo`lmaydi.
Ajraluvchi "-i" + "-miz" holatidagi so'zlardan keyin heeeech qachon kelishiklar va ko'makchi (bilan, uchun, kabi, haqida....) lar kela olmaydi. Shuni unutmang.
Yaxlit "-imiz" birinchi shaxs ko'plik egalik qo'shimchasi esa o'zidan keyin ko'makchilarni ham, kelishiklarni ham qabul qila oladi(majburiymas, qabul qilmagan holatlari ham mavjud). Maktab direktori farzandimiz HAQIDA iliq gapridi.(yaxlit, chunki ko'makchi bor) Bugungi quvonchimizni hech kim tasavvur qilolmaydi. (Yaxlit, chunki "-ni" kelishik qo'shimchasi mavjud).
O'g'limiz ta'lim sohasida muvaffaqiyatga erishadi. (Bunda kelishik ham, ko'makchi ham mavjud emaaas, lekin zinhor ajraluvchi "-i" + "-miz" demang. Chunki ot kesim emas-ku. Ega vazifasini bajargan. Temboli, tarkibidagi "-miz" qo'shimchasini "edik, ekanmiz" vositalari bilan almashtirolmaysiz)
Xullas, o'zidan keyin kelishik yoki ko'makchilarni qabul qilmagan yaxlit "-imiz" qo'shimchali so'zlar matnda ega yoki OT KESIM bo'lib kela oladi. Ega bo'lib kelishiga yuqorida 👆👆👆 misol keltirdim. Yaxlit "-imiz" qo'shimchali so'zlar OT KESIM bo'lganida ajraluvchi "-i" + "-miz" holatidagi so'zdan osongina farqlanadi.
Asosiy izoh: yaxlit -imiz qo`shimchali so`zlar o`zidan oldin “bizning”, “o`zimizning” shaklidagi qaratqich aniqlovchilarni talab qiladi, ajraluvchi -i + -miz holatidagi so`zlar esa “o`zimiz”, “biz”, “barchhamiz” shaklidagi bosh kelishikdagi egani talab qiladi, bu izohni yuqoridagi gaplar orqali ogʻzingiz sinab ko`ring.
Manaaaa, hurmatli abituriyentlar, yuqorida morfemalarning tahlilida asosni ham tahlil qilish zarurligini, morfemalarga ajratishda muammolar kuzatilishi mumkin bo'lgan holatlarni alohida o'rgandik.



Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish