lar haqidagi ertaklar («Tulki va laylak» kabi), b) sehrli ertaklar
(«Kenja botir», «Muqbiltoshotar» va h.), v) maishiy («Davlatmir-
zo», «Ayoz» va h.) ertaklarga bo‘linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar shakl va mazmuniga ko‘ra ikki
turga bo‘linadi: sof hayvonlar haqidagi ertaklar va majoziy er
taklar.
Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbatan qadimiydir. Hayvon-
personajlar harakati va munosabati qadimiy dunyoqarash bilan
bog‘langan.
150
www.ziyouz.com kutubxonasi
Majoziy ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar zaminida vujudga
kelib, tanqidiy vazifani ado etishga bo‘ysundirildi. Bir vaqtlar to
tem sanalgan hayvonlar ijtimoiy-siyosiy mazmunni aks ettiruvchi
ko‘chma ma’nodagi personajlarga aylanadi. Bunday ertaklaming
g‘oyaviy mazmuni va obrazlar talqinida majoz asosiy o iinda turadi.
Majoziy ertaklaming pedagogik ahamiyati katta.
0 ‘zbek xalq ertaklari orasida sehrli ertaklar alohida turkumni
tashkil etadi. Sehrli ertaklaming yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega
boiib, ularning ildizi ibtidoiy jamiyatga bogianadi.
Sehrli ertaklarda personajlar, voqea va hodisalar odatdan tashqa-
ri, g‘ayritabiiy holda tasvirlanadi. Sehrli ertaklardagi har bir epizod
qahramoniarning xatti-harakatlari, sehr, jodu, mo‘jiza, xayoliy ob
razlar bilan bogianadi.
Sehrli ertaklarda u yoki bu totem hay von asosiy personaj boiib,
bosh qahramon yordamchisi sifatida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Sehrli ertaklar poetikasida tilsim alohida o‘rin tutadi. Tilsim va til-
simli hodisalar ta’sirchanlikni orttirib, ertaklarga xos tabiat yaratadi,
voqea va hodisalar mazmunini ochadi, qahramon ruhini belgilaydi.
Tilsim syujetning asosiy bezagi, ertak poetikasining tarkibiy qismi-
dir. Chunki sehr-jodu va tilsim vositalari ertak syujetini harakatga
keltiradi, qahramonlar xarakterini belgilaydi.
Maishiy ertaklaming tematikasi, g‘oyaviy mazmuni sehrli er-
taklardan farq qiladi. Aqlni sinash, vafodorlik, jangovarlik, oi-
laviy tortishuvlar, ayyorlik va tentaklikni tanqid qilish bu xildagi
ertaklaming asosiy tematikasini tashkil etadi. Shuning uchun
ularda ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, zulm va zo‘rlik qoralanib,
ezgulik va haqiqat ulugianadi. Ertak qahramonlari - hayot-
ning faol kishilari, ular ajoyib va g‘aroyib yordamchilarsiz ish
ko'radilar, aql kuchi, tadbirkorlik, chidam, jasorat, iroda kuchi,
do‘stga vafodorlik, sadoqat, adolatsizlikka nisbatan murosasizlik
ularning asosiy sifatlaridir. Maishiy ertaklarda voqealar harakati
nisbatan hayotiy. Ertak syujetini asosan sotsial-maishiy motivlar
tashkil qiladi.
151
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ertaklar o'ziga xos kompozitsiyaga ega boiib, kirish qismi -
boshlama, voqealar rivoji, tugallanmalardan tashkil topadi.
Qirish qismi - boshlama tinglovchi diqqatini jamlab, uni ertak
eshitishga hozirlaydi. Ertakning an’anaviy boshlamasi voqeaning
qaysi vaqtda bo'lib o‘tganini aniq bildirmaydi, uni umumiy tarzda
ifodalaydi. Maishiy ertaklarda boshlama nihoyatda ixcham va soddal
Bunda ham voqelikning bo‘lib o‘tgan vaqti noaniq b oisa ham, biroq
sirlilik sezilmaydi, hayotiylik hukmron bo‘ladi. Voqea b oiib o‘tgan
joy va qahramon nomi aniq hamda to iiq beriladi.
Tugallanma-ertakning yakuniy qismini ifodalaydi. Sehrli ertak
larda tugallanma doimo to‘y-tomosha tasviri bilan yakun topadi.
Maishiy ertaklarda esa, u voqealar sintezidan kelib chiqqan xulosa
boiib, sotsial ruh hamda taiim iy mazmunni anglatadi.
Ertak aytib beruvchiga ertakchi deyiladi. Har bir ertakchi aytib
berayotgan ertaklarining xarakteri va hikoya qilib berish uslubiga
ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim ertakchilar havvonlar haqidagi,
ayrimlari sehrli, ba’zilari esa maishiy mazmundagi ertaklami aytish
boiycha dong taratganlar.
Ertakchilar: ijodkor va ijrochi ertakchilarga boiinadi. Ijodkor er
takchi o‘zi eshitgan ertakka ijodiy yondoshadi, an’anani buzmagan
holda, ertak voqeligiga yangiliklar qo'shadi, uning ta'sir kuchini
oshiradi. 0 ‘z bilim darajasi va mahorati hamda tinglovchi talabidan
kelib chiqib, ertak voqelariga o‘zgartirishlar kiritadi. Ijrochi ertakchi
esa o ‘zi qanday eshitgan boisa, aynan shunday takrorlaydi, matnga
ijodiy yondoshmaydi.
Ertaklaming asrlar osha yashab qolishida, ajdodlardan avlodlarga
yetib kelishida mahoratli, ya’ni professional ertakchilaming xizmat-
lari alohida ahamiyatga ega. Hamrobibi Umarali qizi, Hasan Xudoy-
berdi o‘g‘li, Haydar Boycha o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g ii, Husanboy
Rasulov, Abdug’ofur Shukurov kabi mashhur ertakchilar o ‘z davrida
mashhur boigan va ulardan ko‘plab ertak namunalari yozib olingan.
Bugungi kunga qadar ko‘plab ertak namunalari turli nomlar ostida
chop etib kelinmoqda.
152
\
\
www.ziyouz.com kutubxonasi
Milliy va umuminsoniy g'oyalarni o‘zida mujassam etgan ertak-
Jarning ta’limiy hamda tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |