nashr ettirildi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi
keng nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzayev bu dos-
tonning Berdi baxshi, Poikan va Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bek-
murod Jo'raboy o‘g ‘li, Saidmurod Panoh o ‘g ii variantlarini 1999
-yilda alohida kitoblar holida to‘la nashr ettirdi. U folklorshunoslik
amaliyotida birinchi marotaba «Alpomish» dostoni Fozil YoTdosh
o ‘g‘li variantining matni, rus tiliga qilingan ilmiy-adabiy tarjimasi
bilan birgalikda akademik nashrga tayyorlab, chop ettirdi.
Folklor bo‘limi xodimlarining xorijiy mamlakatlardagi ilmiy
markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalari ham yaxshi sa
mara bermoqda. Ayniqsa, Germaniyadagi Bonn universiteti profes-
sori Karl Rayxelning Folklor boTimi bilan ijodiy aloqalari samarasi
o ‘laroq bir qator o ‘zbek xalq ertaklari va. «Alpomish» dostoni-
ning nemis tiliga qilingan tarjimasi nashrdan chiqdi. Alisher Navoiy
haqidagi o‘zbek xalq tarixiy rivoyatlarining M.Jo‘rayev nashrga
tayyorlagan majmuasi 1996-yilda Bokuda ozarbayjon tilida chop
etildi. Folklor bo‘limida o‘z ilmiy malakasini oshirgan Filiz Qirbosh
o‘g‘li (Turkiya) «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonini, Selami
Fidokor
(Turkiya) esa «Rustamxon» va «Erali va Sherali» dostonlarini turk
tiliga tarjima qilib, nashr ettirdi. Shuningdek. Turkiyada ham «Alpo
mish» dostoni bosilib chiqdi, Yapon olimi Xerokining «Turkiy xalqlar
qahramonlik eposi» kitobi (2002) Tokioda, Karl Rayxelning «Turkiy
xalqlar eposi» kitobi (2002) Anqarada bosilib chiqdi. 2007-yilda pro
fessor T.Mirzayev hamda J.Eshonqul tomonidan nashrga tayyorlangan
«Oychinor», «Erali va Sherali» dostonlari Turkiyada chop ettirildi.
0 ‘zbek xalq maqollarini to‘plash va uning eng mukammal maj-
muasini yaratish borasidagi ishlar uzluksiz davom ettirildi. Natijada
2005-2006-yillarda T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, A.Musaqulovlar to
monidan nashrga tayyorlangan « 0 ‘zbek xalq maqollari»ning kirill
va lotin alifbosidagi nashri «Sharq» nasliriyot-matbaa konsernida
bosmadan chiqarildi.
1999-yilda Termiz shahrida «Alpomish» dostoni va uning jahon
xalqlari epik ijodiyotida tutgan o‘rni» mavzuidagi xalqaro ilmiy an-
134
www.ziyouz.com kutubxonasi
juman o'tkazildi. ilmiy konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ing-
liz tiliarida bosmadan chiqariidi. 0 ‘sha yili «Alpomish» dostoniga
bag‘ishlangan eng yaxshi tadqiqotlarning natijalari «Fan» nashri-
yotida chop ettirilgan «Alpomish» - o'zbek xalq qahramonlik eposi»
nomli ilmiy to‘plamda o‘z aksini topdi.
0 ‘zbek folkiorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari: o‘zbek
folklori materiallarini izchil to'plash maqsadida atoqli alloma
H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qam-
rovda o‘tkazish va uning muntazamligini ta'minlash; H.Zarifov
nomli 0 ‘zbek folklori arxivi materiallarini to ia ilmiy tavsif qilish va
kataloglashtirishni amalga oshirish; folklorshunos olimlar tomonidan
qariyb 80 yil mobaynida to‘plangan arxiv materiallari
va kelgusidagi
ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan folklor namunalari
asosida « 0 ‘zbek folklori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nash-
rini
tayyorlash; folklor asarlarining ilmiy, ilmiy-ommabop va omma-
bop nashrlarini tayyorlab, lotin yozuvida chop ettirish; o‘zbek folk
lori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo
folkloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy
o‘quv yurtlari talabalari uchun xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti bo‘yicha
yangi darslik va qo'llanmalar yaratishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: