Folklorshunoslikka


 Алпомиш.  Узбек халк; кахрамонлик эпоси. Нашрга тайёрловчи



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

12 Алпомиш.  Узбек халк; кахрамонлик эпоси. Нашрга тайёрловчи
Т. Мирзаев. —Тошкент: Фан,  1999,  144-145  б.
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


Doston  syujetining  keyingi  «taqdiri»  ana  shu tush  motivi  bilan  be- 
vosita bogiiqki,  agar Alpomish, Barchin va Qorajon ana shu tushni 
ko‘rmaganlarida,  Qorajon Alpomish  bilan  do‘st  tutinmagan  va  vo- 
qealar tizimi  boshqacha rivojlangan,  bu esa syujet o ‘zgarishiga olib 
kelgan boiardi. Bu holat barcha variant va versiyalarning ichida eng 
mukammali  hisoblangan Fozil Yoidosh o‘g‘li  variantining badiiya- 
tiga ham salbiy ta’sir qilmay qolmasdi.
Epik  ijodda  m otivlar  hamisha  rang-barang  b o ia d i.  Shuning 
uchun ham  syujetda har bir motiv o‘ziga xos «yuk»ka ega. Motivlar- 
ning o'zaro bir-biriga bogiiqligi, syujetdagi barqarorligi doimo ham 
bir xil boiavermaydi.  Shuning uchun ulami ikki yo‘nalishda olib qa- 
rash mumkin.  Birinchisi,  biror bir  motivlaming  tushib  qolishi  yoki 
o‘zgarishi syujetda ham tub o‘zgarish boiishiga olib keluvchi barqa- 
ror motivlar.  B unday motivlar asar strukturasida mustahkam o ‘ringa 
ega boiadi.  Ikkinchisi,  motivlar o‘zgarishi hech qanday syujetning 
o‘zgarishiga olib kelmaydi.  Bunday motivlar boshqa bir motiv bilan 
almashtirish mumkin boigan nobarqaror motivlardir.
Fozil Yoidosh o‘g i i  variantidagi tush motivi barqaror motivlarga 
taalluqli  boiib,  bu  motivning  o ‘zgarishi  boshqa  motivlaming  ham 
o ‘zgarishiga  olib  keladi.  Biroq  shu  dostonning  P o ik an   va  Ergash 
Jumanbulbul o ‘g i i  variantidagi voqea yakunida kelgan tush motivi- 
ning o‘zgarishi  yoxud tushib  qolishi  syujetda  aytarli  darajada katta 
o‘zgarishlarga olib  kelmaydi.  Shuning  uchun ham  unga nobarqaror 
motiv namunasi sifatida qarashimiz mumkin.
Barqaror  motivlar  ham  hamisha  harakatda,  ichki  o‘zgarishlarga 
moyilekanligini ham unutmaslikkerak.Misol uchun, «Kuntug‘mush», 
«Rustamxon»,  «Go‘rotgiining  oiim i»  kabi  dostonlarda  ham  tush 
barqaror  motiv  b o iib   keladi.  Lekin  «Kuntug‘mish»  dostonida  u 
safar,  «Rustamxon»da  uylanish,  «Go‘ro‘giining  oiim i»da  o iim  
motivi  bilan  b o g iiq   holda  keladiki,  bu  bogiiqlik  vaziyatga  qarab 
o‘zgarishi  mumkin.  «Kuntug‘mish»da  qahramon  tushida  yorini, 
«Rustamxon»da ona o‘z qizini, «Go‘ro‘giining oiim i»da Go‘ro‘g ii 
o‘z pirini tushida ko‘radi.  Barqaror motivdagi  ana  shu kichik  ichki
108
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘zgarish keyingi raotivga ta’sir qiladi, shu sababli keyingi motiv ana 
shu o‘zgarishga qarab belgilanadi.
M O TIV   (fr.  motif -   kuy,  ohang  so‘zidan)  -   syujet  tarkibidagi, 
uni yuzaga keltiruvchi  asosiy halqalardan biri.  Motivlar o‘zaro  bir- 
lashib syujetni  yuzaga keltiradi.  Motiv termini xalq og‘zaki  ijodida, 
xususan,  doston,  ertak  kabi  katta  epik janrlami  o‘rganishda  ishlati- 
ladi.  Qahramonning  g‘ayritabiiy tugilishi, personajning ovga yoki 
safarga chiqishi,  uning qahramonlik uyqusiga ketishi  tush  motivlari 
shular  jumlasidandir.  Rus  folkloristikasida  A.N.  Veselovekiy, 
V.M. Jirmunskiy, V. P. Propp, E. Pomeranseva. B. N. Putilov; o‘zbek 
folkloristikasida prof. H. T. Zarifov, M. Afzalov kabi tadqiqotchilar- 
ning  ishlarida motiv termini  keng qoilanilgan.  Hatto  rus folkloristi 
V.  Y.Propp  o'zining  «Ertaklar  morfologiyasi»  nomli  asarida  ertak 
syujetining tuzilishi,  uning tarkibidagi motivlar va ulaming birikish 
tiplarini  maxsus  tahlil  qilib,  umumjahon  ertakshunosligida  syujet- 
lami o‘rganishning eng qulay yoiini ko‘rsatib beradi.
Adabiyotshunoslikda  motiv  termini  asaming  asosiy  mavzu  va 
g‘oyasini toidirishga xizmat qiluvehi qo‘shimcha mavzuni g‘oyaviy 
liniyaga nisbatan qoilaniladi.
SYUJET  (fransuzcha  —  predmet,  mazmun,  narsa)  —   badiiy 
asar  mazmunini  taslikil  etadigan,  bir-biri  bilan  o‘zaro  bogiiqlikda 
kecha-digan,  qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan vo- 
qealar tizimi.  Syujet motiv bilan chambarchas bogiiq.  Badiiy  asar- 
larda  motivlar  birlashib,  syujetni  yuzaga  keltiradi.  Shu  ma’noda 
syujetni motivlaming ilgarilama harakati deyish mumkin. Misol uchun, 
«Alpmish»  dostoni  an’anaviy  befarzandlik motivi  bilan boshlanadi. 
So‘ngra farzandning tug‘ilishi, unga ism qo‘yish,  sinov,  safar, uyla- 
nish, o iim ,  uyga qaytish motivlari  bilan bogianib,  doston syujetini 
yuzaga  keltiradi.  Shuning  bilan  bir  qatorda  syujet  badiiy  asardagi 
xarakter bilan ham  uzviy  bogiiq boiib, badiiy  ijodda muhim o‘rin 
tutadi.  Syujet badiiy  adabiyotning barcha turlari  va janrlarida mav- 
jud.  Syujet personajlar harakati tufayli shakllanadi. U she’riy asarda, 
ayniqsa,  kichik  she’riy  asarlarda, prozaik  asarlarga qaraganda yashi-
109
www.ziyouz.com kutubxonasi


rinroq boiadi. Har bir adabiy turda syujet o‘ziga xos xarakterga ega. 
Ko‘pgina  lirik  asarlarda  ko‘zga  yaqqol  tashlanib  turadigan  syujet 
tizimi  yo‘q.  Ulardagi  his-tuyg‘u,  o‘y-kechinrnalar  rivoji  qaysidir 
m a’noda  lirik  asar  syujetini  tashkil  etadi.  Ayrim  adabiyotshunoslar 
syujetlilik  urnuman  lirik turga  xos  xususiyat  emas,  deb  hisoblaydi. 
Chunki  lirik  asarda voqealar tizimi  boim asligi  ham  mumkin.  Ayni 
chog‘da, syujet faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.
Badiiy  asarda  tasvirlangan  voqealar  tizimining  o ‘zaro  rnunosa- 
batiga ko‘ra,  syujet asosan xronikal  (voqeaband)  va konsentrik (vo- 
qeaband  boim agan)  turlarga boiinadi.  Xronikal  syujetda  voqealar 
orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi. Konsentrik syujetda esa 
asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab —  natija muhim ahami- 
yat kasb  etadi. Ammo badiiy  asarlarda yuqoridagi  syujetlarning 
har ikki turi uyg‘unligidan tarkib topgan shakli ko‘proq uchraydi.
Badiiy asar Syujeti tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok eta- 
digan qahramonlar masalasiga bevosita bogiiq.  Chunki  syujet  aso- 
sidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va, eng muhimi, haqiqiy 
badiiy  asarlarda awalo qahramonlar o‘z dardi-dunyosi bilan namoyon 
boiadi.
Badiiy  asar  syujeti  ekspozitsiya,  tugun,  voqea  rivoji,  kulmi- 
natsiya,  yechim  singari  bir  qator  unsurlardan  tarkib  topadi.  Masa- 
lan,  «Rustamxon»  dostonida  Rustamning  Ajdarni  yengish  epizodi 
asaming  kulminatsion  nuqtasi  sanaladi.  So‘ngra  voqealar  yechimi 
keladi.  Badiiy  asarda  syujet unsurlari  ba'zan turlicha hajm  va turli- 
cha tartibda kelishi  mumkin.  Shuningdek,  ayrim  asarlarda ekspozi­
tsiya yoki yechim singari syujet unsurlari boim asligi ham mumkin. 
Bu  aslo  kamchilik  emas,  aksincha,  o‘quvchini  badiiy  tafakkurga 
chorlaydi, tasawurini  kengaytiradi.  Ba’zi  adabiyotshunoslar prolog 
(muqaddima)  va epilog  (xotima)  larni  ham  syujet element  sifatida 
ko‘rsatadilar.  Syujet kompozitsiya,  konflikt,  fabula kabi  adabiy  tu- 
shunchalar bilan ham mustahkam bogiangan.
SYUJET  TUGUNI  -   badiiy  asarlarda  voqea  va  qahramonlar 
o‘rtasidagi  ziddiyatlaming boshlanishi.  Misol  uchun,  «Kenja botir»
110
www.ziyouz.com kutubxonasi


ertagida  podsho  bog‘ida  olma  daraxtidan  olmaning  o‘g'irlanishi 
boshlanishi boisa, aka-ukalarning safarga otlanishi syujet tugunidir.
SYUJET  CH IZIGi  -   badiiy  ijodga  taalluqli  atama.  Epik  ham- 
da  lirik-epik  asarlardagi  voqealaming  m aium   tartibda,  ketma-ket 
mantiqiy bogianishdagi joylashishi.  Badiiy  asardagi  syujet  chizig‘i 
bevosita  asaming  kompozitsiyasiga  aloqador  masalalardan  biri- 
dir.  Asardagi  voqealar  bir-biri  bilan  sabab-oqibat  munosabatida 
bogiangan boiib,  uiar  ijodkor g‘oyasini,  maqsadini  ifodaiaydigan, 
ro‘yobga  chiqaradigan  tarzda joylashgan  boiadi.  Asarning  syujet 
chizig'ida har bir  detal,  har  bir  epizod biror vazifa bajarishi  lozim, 
ya’ni  syujet chizig‘idagi  har bir epizod  asar voqealarining mantiqiy 
talabi  zarurati  tufayli  kiritilgan  boiishi  kerak.  Ko‘p  planli  badiiy 
asarda  esa  asosiy  syujet  chizigi  bilan  bir  qatorda yordamchi  syu­
jet  chiziqlar ham mavjud  boiadi.  Yordamchi  syujet chiziqlari  asar­
ning  asosiy  syujet  chizigini  biror  tomondan  toidiradi.  Masalan, 
«Rustamxon»  dostonida  befarzand  podshoning  farzandli  boiishi 
dostonning  asosiy  syujet  chizigini  tashkil  etsa,  undagi  Rustamni 
o ‘qitgan  mulla  bilan  bogiiq  tavsirlar  yordamchi  syujet  chizigini 
tashkil etadi. Syujet chizigi badiiy asar konflikti va uning hal etilishi 
asosida yotuvchi voqealami qamrab oladi.

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish