A.N.Nikiforovning fikricha, ertak syujetida harakat qiluvchi yet-
akchi personaj hamda ikkinchi darajali obrazlaming kombinatsi-
yalashgan funksiyalari ertak syujetini tashkil
etuvchi asosiy semantik
elementlar tizimini tashkil etadi.
Ertak janriga oid badiiy matnlami morfologik jihatdan tadqiq et-
gan V.Y.Propp esa “harakatlanuvchi personajlarning funksiyalari”
sehrli ertaklarning o‘zgarmas, doimiy va takrorlanib turuvchi turg‘un
elementlari ekanligini kashf etdi. “Ertak morfologiyasi” kitobida
keltirilishicha, bu “funksiyalar” quyidagilardan iborat: uzoqlashish,
taqiq va uning buzilishi, ziyon yetkazuvchi personaj ga qahramon
haqida m aium ot berilishi, yetishmovchilik, safar, homiylik funksi-
yasi va qahramonning unga munosabati, qahramonning qaytishi.
XX
asr folklorshunosligida strukturual tahlil metodi N.Roshiyanu,
M.Y.Lotman, Ye.M.Meletinskiy, B.N.Putilov, V.M.Gatsak, M.Y.Segal,
F.Go‘zaíov kabi olimlar tomonidan rivojlantirildi.
0 ‘zbek folklorshunosligida strukturual tahlil metodi G‘.Jalolov,
X.Egamov,
N.Do‘stxo‘jayevalar tomonidan sehrli ertaklami
oTganishda samarali qo‘ílanilgan. Xususan, N.Do‘stxo‘jayevaning
« 0 ‘zbek sehrli ertaklarining strukturual tahlili» nomli nomzodlik
dissertatsiyasida strukturual tahlil metodining mohiyati va xalq nas-
ri janrlarini tadqiq etishda qoilanilishi masalalari yoritib berilgan.
Tadqiqotchi o‘zbek sehrli ertaklaridagi an’anaviy boshlamalar - ini-
tsial formulalar tarkibi va uning asar badiiyatini mukammallashti-
rishdagi vazifalarini aniqlagan. Ertak syujetini tashkil etuvchi har
bir elementni alohida-alohida olingan holda o‘rgangan tadqiqotchi
o‘zbek sehrli ertaklari asosan «yetishmovchilik», «shart», «taqiq»,
«tush», «safar», «vazifa», «qurol~yarog‘», «raqib», «tamg‘a», «mu-
kofot-xazina», «o‘tish formulasi», «qaytish» kabi elementíardan ibo
rat degan xulosaga kelgan.
Strukturual tahlil metodi o‘zbek xalq sehrli ertaklarining mohiya-
tini belgilovchi «tilsim» yoki «sehr»ni «sehrli xususiyatga egaboigan
jonivor (ot, kiyik, turli g‘aroyib qushlar, ilon, bo‘ri kabi)», «jonivor
ko‘rinishida tasavvur qilingan zoomorf obrazlar (dev)», «inson qi-
10-1
www.ziyouz.com kutubxonasi
yofasida tasavvur qilingan antropomorf obrazlar (yalmog‘iz, pari,
Xizr)», «sehrli so‘z («ochil qamish», «qayna xumcha», «urto‘qmoq»
kabi)», «tilga kirish (ot, kiyik, ilon, sigir va boshqa jonivorning tilga
kirib odamday so‘zlashi)», «sehrli ashyolar (oynai jahon, sehrli tosh,
yalmog‘izning oynasi va tarogi, sandiq, quti, qayna, xumcha, uzuk
kabi)», «transfiguratsiya (bir shakldan boshqa ko‘rinishga o‘tish,
ya’ni evrilish)» vositasida namoyon boiishini ko‘rsatdi.
Folklor asarlarini strukturual tahlii metodi asosida o'rganish ba-
diiy asami har tomonlama tadqiq etishning imkouiyatiarim vanada
kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: