Folklorshunoslikka



Download 28,65 Mb.
bet31/58
Sana25.03.2022
Hajmi28,65 Mb.
#508836
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov)

1.7. FOLKLORDA MOTIV VA SYUJET

Butunni bilish uchun uni yuzaga keltiruvchi qismlami bilish kerak boiadi. Shu ma’noda epik asarlarning syujet asosini tashkil etuvchi motivlami bilmasdan, ulaming mohiyatini anglash mushkul. De- mak, dastlab «motiv o‘zi nima» degan savolga javob berish lozim.


«Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o zbekcha izohli lug‘ati»da «Motiv—syujet tarkibidagi halqalardan biri», deyilgan. Syujet asar mazmunini tashkil etgan voqealar tizimi bo lsa, motiv shu voqelikni yuzaga keltiruvchi asosiy unsur hisoblanadi. Ya ni epik asar qurilma-strukturasini motivlarsiz tasawur etish mumkin emas.
Epik asarlarning syujet va motivi haqida mutaxassis olim- laming qarashlari turlicha. Biroq ko pchilik olimlar rus olimi A N.Veselovskiyning bu boradagi fikrlariga asos sifatida tayanisha- di. Mazkur olim motivlarning s y u j e t n i yuzaga keltiruvchi eng asosiy bo‘g‘in ekanini ta’kidlab, «Motivlar birlashib syujet halqasini yuzaga keltiradi» - deydi. U motivlami syujetning eng kichik bir bo linmas
boiagi sifatida tahlil etadi.
V.Propp va B.Putilovlar esa A.N.Veselovskiyning qarashla-
rini rivojlantirib, motivlarning hamisha o‘zgaruvchan ekanligiga, ular syujetning kichik bir boiagi bo lgan holatda uning o zi ham boiaklardan, qismlardan tashkil topishiga e tibor qaratadilar.
105

www.ziyouz.com kutubxonasi



«Motiv syujetning mag‘zidir», - deydi B.Putilov. Bu o‘rinda oiim motivlaming tabiiy evolyutsion jarayonini nazarda tutadi.
Syujetning yuzaga kelishi motiv hilan chambarchas bog‘liq ekan, motiv birlamchi ekanligiga hech shak-shubha yo‘q. Eng muhimi esa har bir motivning syujet halqasida qanday o‘rin tutishini, qan- day mazmun va mohiyat kashf etishini aniqlash folklorshunos- likning dolzarb vazifalaridan biridir. 0 ‘zbek xalq ertak va doston- lari tahliliga bagishlangan fundamental tadqiqotlar mavjud. Bular orasida H.Zarifov, M.Saidov, M.Afzalov, T.Mirzayev, K.Imomov, X.Egamov, GMalolov, B.Sarimsoqov, A.Musaqulov, M.Jo'rayev, SH.Turdimov kabi olimíaming ishlarini alohida ta’kidlab o ‘tish lozim. Epik asarlarning syujeti, versiya va variantlari, tarixiy asos- lari va badiiyati borasida bu olimíarimizning izlanishlari nazariy manba boiib xizmat qilishiga hech shak-shubha yo‘q. Biroq shun- day bo isa-da, birgina N.Do‘stxo‘jayevaning o‘zbek ertaklari tah- liliga bagishlangan ilmiy ishini istisno qilganda, epik asarlar struk- turasi bizda haligacha yetarlicha o‘rganilgan emas.
Har qanday epik ijod, birinchi navbatda, ertak va dostonlar ham o‘z qurilmasiga ega. Motiv esa ana shu qurilmada asosiy o‘rin tutadi. Shunday ekan, folklor asarlari tahlili motivlar tahlili orqali amalga oshmogi kerak. Epik asarlardagi motivlami aniqlash, har bir mo- tivning boshqa motivlar bilan bogiiq jihatlarini, ichki harakat va xu- susiyatlarini, badiiy-estetik vazifalarini tahlil etish folklorshunoslik- dagi muhim masalalardan biridir.
M aiumki, epik asar syujeti albatta biror makon va zamonda kechar ekan, bu harakat, shubhasiz, motivlar harakati orqali amal- ga oshiriladi. Bizning maqsadimiz esa ana shu motivlar, xususan, tush motivining epik asardagi o‘rni, boshqa motivlar bilan muno- sabati, voqelikni yuzaga keltirishdagi tadrijiy rivojini tahlil etish- dan iborat. Zero, tush va tush rnotivi epik asarlarda muhim o‘rin tutadi.
«Alpomish» dostonining barcha variantlarida biz tush motiviga duch kelamiz. Dostondagi voqealar boshlanishida, rivojida va yaku-
106

www.ziyouz.com kutubxonasi



nida kelgan bunday tushlar o‘miga qarab bir-biridan farqlanib turadi. Misol uchun dostonning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li variantida tush motivi voqeaning boshida va rivojida keladi. Qahramon, ya’ni Alpomish- ning dunyoga kelishi. ulg‘ayishi, uylanishi, hayot qiyinchiliklarini yengib, murod va maqsadiga yetishi tush motivi orqali ochib berila- di. Agar dostondagi tush motivi tushirib qoldirilsa, unda syujet jid- diy zarar ko‘radi. Dostondagi befarzandlik, ulg‘ayish, sinov, safar, uylanish va uyga qaytish motivlari bevosita tush motivi bilan cham- barchas bog‘liq holda keladiki, tush bu o‘rinda voqealar rivoji uchun asosiy poydevor vazifasini o‘taganini ko'ramiz.
Tush motiviga xos boigan asosiy xususiyatlardan biri uning ko‘pincha boshqa motivlami o‘zi bilan birga yetaklab kelishidir.
«Alpomish» dostonida Alpomish, Barchin va Qorajon bir vaqt- ning o‘zida ayni bir tushni ko‘radi: «Alpomish cho‘ponlaming qo‘shxonasida uxlab yotdi. Kechasi fayzi sahar vaqtiga yetdi, sahar vaqti cho‘ponlaming qo‘shxonasida yotib bir tush ko‘rdi. Izlab bo- rayotgan Barchin yori, bul ham baxmal o‘tovda yotib, subhi sodiq tuqqan vaqtda bir tush ko‘rdi. Kas’hal g‘orida, to‘qson qalmoqriing ichida Qorajon alp ham bir tush ko‘rdi. Uchovining tushi oldin keyin, docg‘ulish ko‘rdi».12Ana shu tush motivida butun doston voqealari oldindan bashorat qilinib, ramzlar tilida bayon qilinadi. Ya’ni doston syujetining butun keyingi voqealari rivoji ana shu parchada ko‘rsatib beriladi. Ushbu motivdan so‘ng doston voqealari tezlashib, syujet- ning keyingi halqalari uchun vaziyat yaratiladi. Qorajon ana shu tush tufayli Alpomish bilan do‘st tutinadi. Sinovda o‘zi tugishgan akala- rining yonida turib emas, Alpomish tomonda turib davraga tushadi. Alpomishning do‘sti, sirdoshi, yaqin ko‘makchisiga aylanadi. Shu- ning uchun ham ana shu tush parchasini doston syujetining «yad- rosi» deb qarash mumkin.
O'zbek dostonlaridagi tush motivi sinov, uylanish, safar, qaytish
kabi keyingi motivlar bilan chambarchas bog‘langan holda keladi.



Download 28,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish