Folklorshunoslikka



Download 28,65 Mb.
bet29/58
Sana25.03.2022
Hajmi28,65 Mb.
#508836
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov)

Strukturual tahlil metodi. Folklorshunoslik tarixida badiiy matnni muayyan qismlarga ajratib tahlil qilishga asoslangan ilmiy metod «strukturaal tahlil metodi» deb yuritiladi. Bu metod folklor asarlaridagi har bir syujet elementi - motiv, lavha, obraz va hatto, eng kichik badiiy detallargacha ilmiy tavsiflash asosida asar mor- fologiyasini tadqiq etadi hamda xalq badiiy tafakkurining poetik mo- hiyati va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Strukturual tahlil metodining asosiy maqsadi badiiy asaming mazmunini emas, balki tuzilishini, shakliy jihatini o'rganishdan iboratdir.
Folklorshunoslikda epik matnlami strukturual o‘rganishga doir ilk qaydlar A.N.Veselovskiy qalamiga mansub boiib, u “Asarlar to‘plami”ning 1913-yilda chop ettirilgan 2-jildi (l-qism)ga kiritil- gan “Tarixiy poetika” asarida motiv - syujetni tashkil etuvchi eng kichik element ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bergan edi. R.M.Volkov o‘zining xalq ertaklari syujet tizimining shakllanish ta- rixiga doir tadqiqotida (Odessa, 1924) rus, ukrain, belorus ertaklari- ning matnlarini kompozitsion qurilishi jihatidan o‘rganib, ertak strukturasida muayyan badiiy formulalar (masalan, voqea-hodisala- rning uch marta takrorlanishi, personajlar sonining uchta boiishi va h.k.) muhim rol o‘ynashini aniqlagan.
1928-yilda ertaklami strukturual tahlil qilishga bagishlangan ikki asar—A.N.Nikiforovning “Xalq ertaklarini morfologik jihatdan o‘rganish masalasiga doir” nomli maqolasi hamda V.Y.Proppning “Ertak morfologiyasi” asari bosilib chiqdi.
A.N.Nikiforov tadqiqotining muhim jihati shundan iborat ediki, u folklorshunoslikda birinchi boiib ertak strukturasi bilan bogiiq quyidagi “morfologik qonun’iar mavjudligini aniqladi:
a) voqealar rivojini tezlashtirish yoki susaytirish maqsadida er- tak strukturasini belgilovchi muayyan elementlarning izchil takror- lanishi;
b) “kompozitsion o‘zak qonuni” yoki har bir ertakda bitta yoki ikkita qahramon mavjudligi, qahramonlaming teng huquqli yoki ak- sincha boiishi.
100

www.ziyouz.com kutubxonasi



A.N.Nikiforovning fikricha, ertak syujetida harakat qiluvchi yet- akchi personaj hamda ikkinchi darajali obrazlaming kombinatsi- yalashgan funksiyalari ertak syujetini tashkil etuvchi asosiy semantik elementlar tizimini tashkil etadi.
Ertak janriga oid badiiy matnlami morfologik jihatdan tadqiq et- gan V.Y.Propp esa “harakatlanuvchi personajlarning funksiyalari” sehrli ertaklarning o‘zgarmas, doimiy va takrorlanib turuvchi turg‘un elementlari ekanligini kashf etdi. “Ertak morfologiyasi” kitobida keltirilishicha, bu “funksiyalar” quyidagilardan iborat: uzoqlashish, taqiq va uning buzilishi, ziyon yetkazuvchi personaj ga qahramon haqida maiumot berilishi, yetishmovchilik, safar, homiylik funksi- yasi va qahramonning unga munosabati, qahramonning qaytishi.
XX asr folklorshunosligida strukturual tahlil metodi N.Roshiyanu, M.Y.Lotman, Ye.M.Meletinskiy, B.N.Putilov, V.M.Gatsak, M.Y.Segal, F.Go‘zaíov kabi olimlar tomonidan rivojlantirildi.
0 ‘zbek folklorshunosligida strukturual tahlil metodi G‘.Jalolov, X.Egamov, N.Do‘stxo‘jayevalar tomonidan sehrli ertaklami oTganishda samarali qo‘ílanilgan. Xususan, N.Do‘stxo‘jayevaning
« 0 ‘zbek sehrli ertaklarining strukturual tahlili» nomli nomzodlik dissertatsiyasida strukturual tahlil metodining mohiyati va xalq nas- ri janrlarini tadqiq etishda qoilanilishi masalalari yoritib berilgan. Tadqiqotchi o‘zbek sehrli ertaklaridagi an’anaviy boshlamalar - ini- tsial formulalar tarkibi va uning asar badiiyatini mukammallashti- rishdagi vazifalarini aniqlagan. Ertak syujetini tashkil etuvchi har bir elementni alohida-alohida olingan holda o‘rgangan tadqiqotchi o‘zbek sehrli ertaklari asosan «yetishmovchilik», «shart», «taqiq»,
«tush», «safar», «vazifa», «qurol~yarog‘», «raqib», «tamg‘a», «mu- kofot-xazina», «o‘tish formulasi», «qaytish» kabi elementíardan ibo- rat degan xulosaga kelgan.
Strukturual tahlil metodi o‘zbek xalq sehrli ertaklarining mohiya- tini belgilovchi «tilsim» yoki «sehr»ni «sehrli xususiyatga egaboigan jonivor (ot, kiyik, turli g‘aroyib qushlar, ilon, bo‘ri kabi)», «jonivor ko‘rinishida tasavvur qilingan zoomorf obrazlar (dev)», «inson qi-
10-1

www.ziyouz.com kutubxonasi



yofasida tasavvur qilingan antropomorf obrazlar (yalmog‘iz, pari, Xizr)», «sehrli so‘z («ochil qamish», «qayna xumcha», «urto‘qmoq» kabi)», «tilga kirish (ot, kiyik, ilon, sigir va boshqa jonivorning tilga kirib odamday so‘zlashi)», «sehrli ashyolar (oynai jahon, sehrli tosh, yalmog‘izning oynasi va tarogi, sandiq, quti, qayna, xumcha, uzuk kabi)», «transfiguratsiya (bir shakldan boshqa ko‘rinishga o‘tish, ya’ni evrilish)» vositasida namoyon boiishini ko‘rsatdi.
Folklor asarlarini strukturual tahlii metodi asosida o'rganish ba- diiy asami har tomonlama tadqiq etishning imkouiyatiarim vanada kengaytiradi.



Download 28,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish