Savol va topshiriqlar:
1. Folklor va uning to‘plovchilari.
2. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarining folklorshunoslikda tutgan o‘mi.
3. Adabiy va tarixiy manbalarda folklor.
4. Folkloming ilmiy o‘rganilishi masalalari.
1.4. FOLKLORSHUNOSLIK MAKTABLARI
«Mifologik maktab» nazariyasi. Ma’lumki, mif qadimgi odam- ning borliq haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boiib, koinotning yaratilishi, inson, o‘simliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boiishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, ma’budlar va ilohlar to‘g‘risidagi e’tiqodiy qarashlarni o‘z ichiga olgan. Hali o‘zini tabi- atdan ajratib olmagan qadimgi odam o‘z atrofidagi moddiy mavjud- likning paydo boiish sabablarini mifologik tasavvurlar vositasida izohlashga, tushuntirishga harakat qilgan. Mif qadimgi odamning voqelikka boigan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boiib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qa-
26
www.ziyouz.com kutubxonasi
dimgi tasawurlar silsilasidir. Mifologik tasawurlar muayyan voqe- lik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif yaratilgan va ommalashgan joyida o‘z ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqa- tda bo‘lib oigan voqealar bayoni sifatida qabul qilíngan.
Qadimgi odamning tabiatni tiishunishi va voqelikni idrok etishi g‘oyat murakkab tafakkur hodisasi hisoblanadi. Ajdodlarimiz o‘zini o‘rab oigan moddiy olamning sir-asrorlarini tushunishga, tabiiy hodisalaming mohiyatini anglashga harakat qilar ekan, butun bor- liqni borligicha qabul qilgan. Moddiy olamdagi voqelikni idrok etishda obrazlilik va poetik ramzlardan foydalanish esa badiiy ijodga xos belgi boiib, voqelikka ongli hissiy munosabat bildirishga asos- lanadi. Dunyodagi moddiy mavjudlikning paydo boiishi, muayyan tabiiy hodisalaming ro‘y berish sabablari, tabiat va inson munosabati masalalari qadimgi odam ongida asotiriy tarzda talqin qilingan. Olam haqidagi ana shu eng qadimgi e’tiqodiy qarashlar asosida dastlabki mifologik tasawurlar tizimi kelib chiqqan. Mif - qadimgi odamning voqelikka boigan ongsiz hissiy munosabati ifodasidir.
Mifologik tasawurlar olamning yaratilishi, o‘simlik va hayvonot dunyosining yuzaga kelishi, odamzotning paydo boiishini xayoliy uydirma vositasida izohlasa-da, mif o‘z ijodkori va ijrochilari tomoni- dan boiib oigan voqealar bayoni sifatida baholangan. M.I.Steblin- Kainenskiyning ta’kidlashicha, “mif - bu muayyan voqelik bayoni boiib, unda hikoya qilingan voqea-hodisa nechogiik uydirma boimasin, yaratilgan va yashab kelgan joyida u hamisha haqiqat, real voqelik ifodasi sifatida qabul qilingan. Albatta, mifni o‘rganadigan tadqiqotchi undagi uydirmaga ishonmaydi. Shuning uchun ham mif bugungi kimda haqqoniy hayotiy voqelik ifodasi sifatida anglashil- maydi. Shu tariqa tadqiqotchining mif haqidagi o‘z tasavvuri, ya’ni “mif - uydirmadir” degan qarashi yuzaga keladi. Yaratilgan va om- malashgan joyida mif aslida real voqelik ifodasi deb tushunilgan”.8
0 ‘tmishda yashagan ajdodlarimizning olam haqidagi tasawurla- rini o‘zida jamlagan, uning dunyoqarashini ifodalagan va avloddan-
Do'stlaringiz bilan baham: |