i n
www.ziyouz.com kutubxonasi
qirlah ” sayrasa, buni yomonlik alomati deb biladilar. Bunda ham “Ey jonivor, yaxshisayra” deb bir siqim unolib, boyo‘g i i tomongasepib yuborisbadi. Shuningdek, xalq orasida oq ilonni ko‘rganda, ustiga un sepish, kaptarlarni qushga aylangan parilar deb e’zozlash, go‘dakka kiygiziladigan birinchi libos - “it ko‘ylak”ni bolaga kiygizishdan av- val it yoki ot qozig‘i ustidan aylantirish, “chaqaloq qo‘yday yuwosh boisin” deb beshik ustiga po'stak yopish, yosh bolani ilk bor tishi chiqayotganda “qo‘zi tishi chiqsin” deb qo‘yga mindirish, ko‘kyo‘tal boigan kishilarga ko‘kkaptar pati botirilgan suvni ichirish, bolalar do'ppisiga bo‘ri tishi, burgut tirnogi. ukki patini taqish kabi odatlar zamirida ham ajdodlarimizning turli-tuman jonivorlami muqaddas- lashtirish bilan bogiiq qadimiy tasavvurlari o‘z aksini topgan.
Xullas, folklorshunoslikdagi “ritual-mifologik maktab” nazariya- si xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti asarlarining genezisi va tadrijiy rivo- jini qadimgi marosim va miflarga bogiab o'rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etdi.
Savol va topshiriqlar:
1. Folkloming o‘rganilish tarixi deganda nimani tushansiz?
2. Folklorshunoslik maktabalriga qachon asos solingan?
3. Folkloshunoslikdagi tarixiy maktabning mohiyatini tushuntiring.
4. 0 ‘zbek folklorshunosligi qanday maktablarga suyanib ish ko‘rgan?
5. Bugungi kundagi yetakchi ilmiy maktablar.
1.5. FOLKLORSHUNOSLIK METODLARI
Qiyosiy - tipologik metod. Maiumki, qiyosiy folklorshunoslik an’anaviy komparatavistika (ya’ni qiyosiy adabiyotshunoslik)ning tarkibiy qismlaridan biridir. Bunday tadqiqot metodi asosida etnik kelib chiqishi, lisoniy mansubiyati, jo ‘g‘rofiy o‘rni va madaniy-iqti- sodiy an’analariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi xalqlar folkloridagi mushtarak syujetlarning yuzaga kelish qonuniyatlari o'rganiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Turli xalqlar folklori oitasidagi aloqalarning bir necha tiplari mav- jud boiib, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham folklor asarlarini ilmiy tadqiq etishning keng tarqalgan va samarali metodlaridan biri “qiyosiy- tipologik metod” hisoblanadi. “Qiyoslash” deganda muayyan folk- lor janri, epik syujet, motiv yoki obrazni boshqa xalqlar og‘zaki badiiy ijodi materiallari bilan solishtirib, taqqoslab o‘rganish aso- sida o‘zaro o‘xshash hamda farqli xususiyatlarni aniqlash nazarda tutiladi.
Fransuz olimi Arnold Van-Gennep “Din, odatlar va afsonalar” nomli besh jildlik asarining 1908-yilda chop ettirilgan 2-jildidagi et- nografiyaning tarixiy taraqqiyoti haqidagi maqolasida folklorshunos- likdagi tarixiy va qiyosiy metodlarni bir-biridan farqlanuvchi usullar sifatida baholagan. U tarixiy metod hodisalarni muayyan xronologik tartib asosida baholaydi hamda yozma niateriallardan foydalangan holda hujjatlilikka tayanadi; qiyosiy metod esa zamoniy va makoniy jihatdan abstrakt holatda ish ko'radi hamda og'zaki manbalarni ham jalb qiladi. Har ikkala holatda ham tadqiqot predmeti o‘zgarmasligi bu metodlar muvaifaqiyatli qoilanilishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Jo‘g‘rofiy o'rniga ko'ra bir-biridan olisda joylashgan va lisoniy mansubiyatiga ko‘ra turli xil tillar oilasiga kiradigan xalqlar folklori- dagi poetik elementlar mushtarakligi tipologik o‘xshashlik namunasi hisoblanadi. X.M. va N.K.Chadviklar polineziyaliklarning madaniy qahramon haqidagi miflari, Sibirda yashovchi turkiy xalqlar ertak- lari, antik, qadimgi gennan va kelt qahramonlik dostonlari, rus ham- da janubiy slavyan eposi syujetini o‘zaro qiyoslab o‘rganish asosida, tahlil etilgan matnlarning badiiy qurilmasida tipologik mushtarak- lik mavjudligini aniqlashgan. Ularning fikricha, turli xalqlar folk- loridagi bunday tipologik mushtaraklik “adabiy an’ananing parallel rivoji” hamda “turmush tarzi va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlaming o'xshashligi” natijasida yuzaga keladi.
0 ‘rta asr Yevropa eposi syujetini turkiy va mo‘g‘ul xalqlari
folklori bilan qiyoslab o‘rgangan G.N.Potanin tipologik aloqalarni
89
www.ziyouz.com kutubxonasi
tizim sifatida tahlil qilish muhim nazariy xulosalar chiqarishga asos boiishini qayd qilgan edi.
Genetik-kontakt aloqalar nazariyasi Slovak olimi D.Dyurishin to- monidan ilgari surilgan boiib, milliy adabiyotlardagi mushtaraklik badiiy tafakkurning tarixiy rivoji hamda adabiv an’analarning o‘zaro ta’siri doirasida tekshiriladi.
0 ‘zaro adabiy ta’sir yoki adabiy aloqalarning syujet rivo- jini ta’minlashdagi badiiy-estetik o‘rnini belgilash ham qiyo- siy folklorshunoslikning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. A.N.Veselovskiyning yozishicha, u yoki bu milliy folklordagi mush- tarak motivlar o‘z-o‘zidan yuzaga keladi. Ammo motivlar tizimidan tashkil topgan epik syujetlardagi o‘xshashlik adabiy o‘zaro ta’sir natijasida hosil boiishi ham mumkin11. Har qanday adabiy ta’sir va o‘zaro aloqalar tarixan asoslangan ijtimoiy zaminga egadir, Ikki xalq folklorining o‘zaro bir-biriga ta’siri muayyan ijtimoiy zaruratdan kelib chiqadigan estetik ehtiyojga bogiiq boiadi. Ana shu estetik qonuniyatlarga suyangan holda dunyo xalqlari folklori epik syujet- larining 0 ‘rta Osiyo turkiy xalqlari og‘zaki ijodiyotida ommalashish jarayonini tahlil qilish, obraz va motivlar epik tabiatida ro‘y bergan fimksional-semantik o‘zgarishlarni aniqlash mumkin,
A.N.Veselovskiy o‘zining o‘zaro adabiy ta’sir haqidagi qarashla- rini rivojlantira borib, adabiyotlararo ijodiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlaridan biri - “qarshi oqim nazariyasi”ni ilgari surgan edi. Adabiy jarayonning muhim belgilaridan biri hisoblangan “o ‘zaro ijodiy o‘zlashtirish deganda qandaydir bo‘shliqda muayyan badiiy elementning paydo boiishini emas, balki ijodiy an’analaming “qar- shi oqimi”ni, tafakkur usulining o‘xshashligi va olamni fantastik idrok etish asosida tugilgan obrazlar mushtarakligi nazarda tutiladi”. Bu nazariyaning tub mohiyati (qolaversa, bu fikr komparatavist- larning asosiy nazariy xulosalaridan biri ham edi) jahondagi turli- tuman xalqlar folkloridagi syujetlar genetik jihatdan yagona epik o‘zakka borib taqalishini asoslashdan iborat edi. Demak, turli xalq-
Do'stlaringiz bilan baham: |