Folklorshunoslikka



Download 28,65 Mb.
bet26/58
Sana25.03.2022
Hajmi28,65 Mb.
#508836
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov)

11 Веселовский A.H. Историческая поэтика. - JI., 1940,500-502 с.
90

www.ziyouz.com kutubxonasi



lar folkloridagi epik syujetlar mushtarakligining yuzaga kelishiga mifologik tasawurlar asosida shakllangan ilk syujetlar tizimi asos boigan.
Qiyosiy adabiyotshunoslik borasida olib borilgan izlanishlar o‘zaro adabiy ta’sir va ijodiy o‘zlashtirish masalasini folklor mate- riallari asosida tekshirishning keng imkoniyatlarini ochadi. Binoba- rin, o‘zbek folklorining dunyo xalqlari og'zaki ijodi an’analari bilan ijodiy aloqalari, xususan, o‘zbek-arab folklor aloqalari tizimida syu- jet ko'chishi hodisasining yuzaga kelishi, bu epik jarayonning o‘ziga xos estetik. qonuniyatlari va tarixiy-tadrijiy rivoji masalalari folklor- shunoslar tomonidan endigina o‘rganilmoqda. Holbuki, o‘zbek xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari, xalq kitoblari va mifologik tasav- vurlarida arab folkloridan o‘tgan katta epik qatlam mavjud. Tarixan arab folklorining syujet tizimiga mansub boigan bu epik qatlamning o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi estetik an’analari doirasiga transfor- matsiyalanish qonuniyatlarini ochish esa tarixiy-folkloriy jarayon- ning yetakchi xossalarini aniqiash imkonini beradi.
Taniqli eposshunos V.M.Jirmunskiy o‘zining mag‘ribu mashriq adabiyotlarining qiyosiy tadqiqiga doir ilmiy asarlarida milliy adabi- yotlararo aloqalaming tarixiy ildizlarini siyosiy-iqtisodiy taraqqiyot- ning mushtarakligiga bogiab o'rgangan. U o‘zidan burungi adabi- yotshunoslaming ijodiy tajribalarini umumlashtirgani holda adabiy komparatavistikada yangi bir vo‘nalish - sistemali-tipologik aloqalar nazariyasini yaratdi. Uning fikricha, “qiyoslash”ning o‘zi folklorshu- noslik metodi boia olmaydi. Chunki metod - ilmiy tadqiqot ishining o‘ziga xos nazariy mezoni boiib, u yoki bu ilmiy maktabning qa- rashlarini o'zida ifoda etadi. Shuning uchun ham “qiyoslash” nafaqat folkloristik, balki tarixiy yo‘nalishdagi tadqiqotlar uchun ham zarur boigan usullardan sanaladi. Olim o‘zaro qiyoslanayotgan hodisalar- ning mohiyati va maqsadidan kelib chiqib, tarixiy-qiyosiy tadqiqot- ning quyidagi aspektlarini ajratib ko‘rsatadi:
1) adabiy hodisalarni oddiy solishtirish, taqqoslab o‘rganish tari-
xiy-qiyosiy yo‘nalishdagi har qanday ilmiy tadqiqotning asosini tash-


91

www.ziyouz.com kutubxonasi



kil etadi. Masalan, tilshunoslikda fransuz va ingliz tilidagi fe’l so‘z turkumini yoki rus tilidagi fe’l shakllarini o‘zbek tilida ifodalashning grammatik vositalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zidan qiyosiy tadqiqot olib borishni taqozo etadi;
2) tarixiy-tipologik yo‘nalishdagi qiyoslash ijtimoiy taraqqiyot- ning muayyan bosqichlaridagi o‘xshash shart-sharoitlar va tafakkur tarzidagi o‘xshashlik tufayli yuzaga kelgan, ya’ni genetik jihatdan o‘zaro bogiiq boimagan mushtarakliklarni tadqiq etadi;
3) tarixiy-genetik yo‘nalishdagi qiyosiy tadqiqot natijasida et- nogenetik jihatdan kelib chiqishida umumiylik boiib, keyinchalik alohida-alohida holda taraqqiy etgan etnoslar madaniyati o‘rganiladi;
4) dunyo xalqlarining o‘zaro madaniy aloqalari, bir-biriga ta’siri va adabiy “o'zlashtirmalari” natijasida yuzaga kelgan mushtarakliklarni aniqlashga qaratilgan qiyosiy tadqiqot bu tipdagi o‘xshashliklarning genetik ildizlari hamda bu hodisalaming shakllanishi uchun zarur boigan ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini o'Tganadi.
0 ‘zbek folklorshunosligida qiyosiy-tipologik metod asosida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. Atoqli folklorshunos olim H.T.Zarifovning o‘zbek xalq dostonlarining tarixiy asoslariga doir tadqiqotlarida, M.Afzalov, G‘.Jalolov, K.Imomov, X.Egamovlaming o‘zbek xalq ertaklarining janr xususiyatlari, genezisi va badiiyatiga doir ilmiy asarlarida, shuningdek, M.Saidov, M.Murodov, T.Mirzayev, S.Ro‘zimboyev, H.Abdullayevlarning dostonchilik an’analari, dos- tonlar syujeti va obrazlar tarkibini o‘rganishga bag'ishlangan ish- larida o‘zbek folklori asarlarini Markaziy Osiyo va hatto, jahon xalqlari og‘zaki badiiy ijodi namunalari bilan qiyosiy tahlilga tortish tajribasi faol qo‘llanildi. 0 ‘zbek folklorshunoslari folklor asarlarini o‘rganishning quyidagi metodlarini tavsiya etadi:
a) “ma ’lum bir xalq folklori, uning alohida janrlarini qiyosiy-

Download 28,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish