FLOTATSIYA MASHINALARININGN TUZILISHI,
TURLARI VA ISHLASH USULLARI
Reja:
1. Flotomashinalarning turlari
2. Flotamashinalarning hajmini hisoblash
Hozirgi vaqtda sanoatda bir necha yuzlab har xil tuzilishga ega bo'lgan flotomashinalar ishlatilmoqda. Flotomashinalarni asosan bo'tanani aeratsiyalash usuliga qarab tasnifyash qabul qilingan. Flotomashinalarning turlari 15-jadvalda keltirilgan.
Bundan tashqari, flotamashinalarni bo'tananing mashinalarda harakat
yo'nalishiga qarab tasniflash mumkin. Ular uch turga bo'linadi: korita shaklidagi mashinalar, umumiy sathli va kamerali flotamashinalar (21-rasm).
Korita shaklidagi mashinalar yaxlit bo'lib, uzunasiga cho'zilgan. Flotatsiyaga tayyorlangan bo'tana mashinani bir tomonidan beriladi va u qarama-qarshi tomonga harakat qiladi, chiqindi esa ikkinchi tomonidan chiqib ketadi. Ko'pik esa koritaning uzunasi bo'yicha hamma yeridan, uning ikkala qirg’og’i (borti) ga o'rnatilgan novga tushiriladi. Bo'tanani sathi kameraning hamma yerida bir xil bo'ladi (21-rasm, a).
Umumiy sathli mashinalarni, koritali mashinalardan farqi – uzun korita
to'siq bilan bo'linma (otsek) larga bo'lingan. Har bir bo'linmada aeratsiyalovchi qurilmalar o'rnatilgan (21-rasm, b).
Kamerali turdagi mashinalar, juftlangan yoki alohida kameralardan iborat bo'lib, maxsus qurilmali tuynuklar yordamida bo'tana birinchisidan ikkinchisiga o'tishi va har bir kameradagi bo'tana sathini ko'tarishi yoki pasaytirishi mumkin.
Koritali mashinalar - pnevmatik, kompressorli va elektroflotatsiya
moshinalariga bo'linadi.
Kamerali mashinalarni – pnevmatik, mexanik va pnevmamexanik turlari
mavjud.
21-rasm. Flotatsiya mashinalari turlari: a)- korita turidagi mashina; b) – umuiy sathli mashina; v) – kmera turidagi mashina.
2. Loyihalash, ishlab chiqarishda va tadqiqot ishlarida quyidagilarni aniqlash zaruriyati tug’iladi:
- fabrikaning unumdorligi va flotatsiyani davomiyligi ma'lum bo'lganda,
texnologiya uchun ma'lum hajmli flotamashinalarni sonini;
- mashinalar soni va ularning o'lchami ma'lum bo'lganda fabrikaning
unumdorligini;
- mashinalarning soni, o'lchamlari va unumdorligi malum bo'lganda
flotatsiyaning davomiyligini aniqlash.
Hisob-kitoblarni bajarish uchun asosiy ko'rsatkich flotatsiyani davomiyligi har bir jarayon uchun hisoblanadi. Bu ko'rsatkich har bir aniq maqsad uchun tajriba va yarim sanoat sharoitida maxsus tajribalar o'tkazish yo'li bilan aniqlanadi.
Tajriba sharoitida (kichik dastgohlarda) olingan natijalar, sanoat masshtabida o'tkazilgan tajribalar natijalaridan 10 % dan 50 % gacha farq qilishi mumkin.
Shuning uchun kichik hajmli flotomashinalarda olingan ko'rsatkichlar katta hajmli flotomashinalarda tajriba o'tkazilib, sinab ko'rilishi lozim bo'ladi.
22- rasm. Mexaniq tipidagi «Mexanobr» flotatsion mashinasi:
1-cho'ntak; 2- patrubok; 3-impeller; 4- stator diski; 5- stator yo'naltirgichi; 6- impeller vali; 7- markaziy quvur; 8- havo uzauvchi quvur; 9-stakan; 10-tiqin; 11- qarama qarshi joylashgan aylana teshiklar; 12-shiber; 13- tyaga; 14- to'sgich; 15-metall quti; 16- teshiklar; 17-sterjen; 18-teshik; 19-qopqoq; 20 - richag
Flotokameralar sonini aniqlash (kamerali va to’g’ri oqimli turdagi
flotamashinalarning soni) quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
bu yerda: n - kerak bo'lgan kameralar soni;
Vb - bo'tananing hajmi, m3/daqiqa;
t - flotatsiyaning davomiyligi, daqiqa;
VK - kameraning hajmi, m3, K = 0,65-0,75;
VS - bo'tananing sutkalik hajmi, m3/sutka.
Korita turidagi mashina uzunligi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
bu yerda: L – mashina uzunligi, m;
S - bo'tana bilan band bo’lgan vannaning qirqim yuzasi, m2;
Vannaning uzunligi 10 m dan oshmasligi kerak.
Korita turidagi mashina uzunligi quyidagi tenglama bilan hisoblanadi:
Bir soatda flotatsiyaga tushayotgan bo'tananing miqdori quyidagi tenglik bilan hisoblanadi:
Bo'tana bo'yicha kameraning umumiy hajmi quyidagi tenglik bilan
hisoblanadi:
Kameralar soni quyidagi tenglik bilan aniqlanadi:
Flotatsiyaga tushayotgan bo'tananing miqdori va zichligini aniqlashda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
bu erda, Q - ruda miqdori, t/sutka;
δ - rudaning zichligi.
R - (C : Q) – suyuq va qattiq moddalarni og’irlik nisbati.
Yuqoridagilarni hisobga olib, quyidagi tengliklarni keltirib chiharamiz:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Samigin V.D., Filipov L.O., Shexirov D.V. “Osnovi obogasheniya rud”. M.,”Alteks”. 2003, 304 s.
2. Shoxin V.N., Lopatin A.G. Gravitatsionnie metodi obogaheniya. M.:
Nedra. 1993, 350 s.
3. Umarova I.K. Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi. O'quv
qo'llanma. ToshDTU, Toshkent 2004 y,
4. Yegorov V.L. Magnitnie, elektricheskie, spetsialnie metodi obogaheniya rud. M.: Nedra, 1977. 200 s.
5. Glembotski V.V. Flotatsionnie metodi obogaheniya M.: Nedra, 1981, 304
6. Razumov K.A. Proektirovanie obogatitelnix fabrik. Izd.2 pererabotannoe, dopolnennoe. M. Nedra 1999. 591 c.
Do'stlaringiz bilan baham: |