Statement by the President in His Address to the Nation


AQSh MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI



Download 80,5 Kb.
bet2/8
Sana11.01.2017
Hajmi80,5 Kb.
#171
1   2   3   4   5   6   7   8
AQSh MUSTAQILLIK DEKLARATSIYASI
Amerikaning O`n uchta Shtati vakillari tomonidan 1776 yil 4 Iyulda, Filadelfiyada bo`lib o`tgan kontinental Kongressning Ikkinchi majlisida, bir ovozdan qabul qilingan.
Insoniyat tarixi Tadrijida, qachonki, bir Xalqning boshqa xalq bilan bog`lab turgan Siyosiy Rishtalarini uzib tashlashi, Er yuzidagi barcha Davlatlar bilan bir qatorda, ularni barchasiga Oliy Xilqat va Tabiat Qonunlari bilan in`om etilgan bo`linish va teng Maqomga ega bo`lish iddosi Zaruriyatga aylangan paytda, Bashariyat fikri-e`tiboriga baholi hurmat ularni Bo`linish uchun majbur qilgan sabablarni ochiq bayon qilishni taqoza etadi.
Biz quyidagi Haqiqatni o`z-o`zidan ayon ekanligiga aminmiz:

Barcha kishilar teng yaratilgan. Yashash, Ozodlik va o`z Baxtini o`zi qidirib topish kabi huquqlarni o`z ichiga olgan bir qator Ajralmas huquqlar ila ular o`zlarining Parvardigori tomonidan marhamat qilinganlar. O`sha huquqlarni ta`minlash uchun, Kishilar orasida o`z vakolatlarini o`zining boshqaruvi ostidagi kishilar ixtiyoridan oladigan Hukumatlar qaror topadi va qachonki, bunday Boshqaruvning har qanday shakli ushbu Maqsadlarning kushandasiga aylanar ekan, uni o`zgartirish yoki bekor qilish hamda ularning Osoyishtaligi va Baxt-saodatini ta`minlash uchun, ularga qanday ma`qul tuyilayotgan bo`lsa, Poydevorini ana shunday tamoyillar ustiga qurgan holda, Vakolatlarini ana shunday tartibda tashkil etgan holda, Yangi hukumatlar ta`sis etish Xalqning huquqlari ostidadir. Teran fikr, tabiiyki, uzoq vaqtdan beri umrguzaronlik qilayotgan Hukumatlarning yuzaki va o`tkinchi Sabablar tufayli inqirozga yuz tutishi mumkin emasligini uqtiradi. Tarix tajribasi dalolat berganidek, qaerdaki Zulm toqat doirasida ekan, Bashariyat o`zlari ko`nikib ketgan Boshqaruv shakllarini ag`darib tashlashdan iborat o`z Huquqlarini amalga oshirishdan ko`ra azob-uqubat chekib toqat qilishga ko`proq moyildirlar. Ammo, qachonki, Haqorat va Boshboshdoqlikning poyonsiz karvoni ayni bir maqsadni muttasil qutqulab, ularni mustabid Despotizmga mubtalo etish va bo`ysindirish yo`lidagi iddoni namoyon etar ekan, bunday Hukumatlarni ag`darib tashlash va o`zlarining ertangi taqdiri uchun Yangi Posbonlarni ta`minlab berish ularning Huquqi, ularning Burchidir. Bu Mustamlakalarning toqat qilib kelayotgan azob-uqubatlari xuddi shunday edi va xuddi mana shu Boshqaruvning sobiq tuzimini o`zgartirishga ularni majbur etgan Zaruriyatdir. Hozirgi Buyuk Britaniya Qiroli tarixi, bu – mazkur Shtatlar uzra mutlaq Tiraniyani o`rnatish maqsadi yo`lidagi barcha, takror va takror Uqubatlar va Boshboshdoqliklar tarixidir. Buni isbotlash uchun, Jahon afkor ommasi e`tiboriga quyidagi dalillar taqdim etiladi.





Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti