U bizni o`z Xivzi-himoyasidan soqit etgan holda, bizga qarshi urush ochish bilan bu erdagi Boshqaruvdan voz kechdi.
U bizning dengizlarimizni taladi, bizning Qirg`oqlarimizni qaqshatdi, Shaharlarimizni yondirdi, bizning xalqimiz hayotini vayron etdi.
U hozirda, Qotillik, Qaroqchlik, Tiraniyachilik ishlarini amalga oshirish uchun xorijiy Yollanma askarlarning katta Armiyasini tashib keltirmoqda, va allaqachon eng vahshiy o`rta Asrlarda ham kam uchratilgan va madaniylashgan Davlat boshlig`iga umuman mos bo`lmagan Shavqatsizlik va Sotqinlik holatlariga ibtido berdi.
U bizning Ochiq dengizda asir olingan fuqaro Yigitlarimizni o`z Vatanlariga qarshi qurol olishga, o`z Do`stlari va Og`a-inilarining qotiliga aylanishiga, yoki ularning qo`lida Jon taslim qilishga majbur etmoqda.
U bizga qarshi ichki Isyonlarni olqishlab keldi, bizning chegara Hududlarimizda istiqomat qilayotgan aholi ustiga ko`rnamak yovvoyi Hindularni boshlab keldi. Ularning barchaga ma`lum Urush Qonunlari esa Yoshi, Jinsi va Holatidan qat`iy nazar barchani yalpi qirib tashlashdan iboratdir.
Bunday Zug`umlarning har bir bosqichida, biz eng hokisor Shartlar bilan Talablarimizni qondirish uchun Murojat qildik: Bizning takror va takror Talablarimizga takror va takror Haqoratlar bilan javob berib kelindi. O`zining har bir hatti-harakati bilan Tiran deb atalishi mumkin bo`lgan Tabiatdagi Shahzoda, erkin va ozod Xalqning Hukmdori bo`lishga loyiq emas.
Bizning Britaniyalik Qardoshlarimiz ularni butunlay Bexabar qoldirishda bizni ayblamasligi lozim. Biz ularni Vaqti Vaqti bilan ularning Qonunchilik majlisi bizni toqat qilib bo`lmas Hukmi-Itoati (Yurisdiksiyasi) ostiga olishga qaratilgan urinishlari haqida ogohlantirib keldik. Biz ularga o`zimizning bu erlarga Ko`chib kelishimiz va O`rnashish holatlarimizni eslatib keldik. Biz ularni azaliy Adolat va Oliyhimmatlilik uchun chorlab keldik hamda ulardan umumiy Qardoshligimiz Hurmati bois, bizning Rishtalarimiz va Aloqalarimizga muqarrar rahna soluvchi bunday Boshboshdoqlikdan voz kechishni o`tinib keldik. Afsuski, ular ham Adolat va Qondoshlik hayqiriqlariga nisbatan gumrohlik ila yondashdilar. Shu tufayli ham, Biz bizning Bo`linishimizni vojib etayotgan Zaruriyatga bosh egamiz hamda ularga ham Bashariyatning qolgan Xalqlariga nisbatan bo`lganidek, Urushda Dushman, Totuvlikda Do`st sifatida qaraymiz.
Biz, shu tufayli ham, Bosh Kongressda to`plangan Amerika Qo`shma Shtatlari vakillari, o`z Niyatlarimizning Beg`uborligi uchun Jahon oliy hakamligini shohid etib, mazkur mustamlakalarning beminnat Xalqi Nomi va Ijozati ila, tantanali E`lon qilamiz: Ushbu Birlashgan Mustamlakalar endilikda, va huquqan lozim bo`lganidek, Ozod va Mustaqil Shtatlardir. Ular Britaniya taxtiga nisbatan barcha ko`rinishdagi Qaramlikdan soqitdir hamda ular bilan Buyuk Britaniya davlati o`rtasidagi barcha siyosiy rishtalar barham topadi va topmog`i lozimdir. Endilikda, Ozod va mustaqil Shtatlar sifatida, ular Urush ochish, Tinchlik sulhlarini tuzish, Savdo aloqalarini o`rnatish va Mustaqil Davlatlar qilishi mumkin bo`lgan barcha boshqa Narsalar va Hatti-harakatlarni amalga oshirish uchun to`la vakolatga egadirlar.
Parvardigorning samoviy Xifzu-himoyasiga qattiq inongan holda, ushbu Deklarasiyani asrab-avaylash uchun o`z Hayotimiz, Taqdirimiz va muqaddas Or-nomusimizni bahshida etishga bir birimiz uchun so`z beramiz.
Kongress nomidan va uning Qarori bilan imzo chekildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |