Statement by the President in His Address to the Nation


(07/05/1992 yil sаnа bilаn rаtifikаtsiya qilingаn)



Download 0,71 Mb.
bet40/44
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#12
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
(07/05/1992 yil sаnа bilаn rаtifikаtsiya qilingаn)

1

NOTES
 AQSh konstitutsiyasi bor yo`g`i bitta jumladan iborat g`oyat qisqa Muqaddima bilan boshlanadi va u Asosiy qonunning ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi.

1787 yil yozida Konstitutsiya loyihasi matni bir necha qo`mitalar tomonidan yozib bo`lindi va yakuniy matn uchun mas`ul bo`lgan “Uslubiy va tuzatish Qo`mitasi”ga (Committee of Stile and Arrangement) topshirildi. Qo`mita qolgan barcha qo`mitalar tomonidan yozilgan konstitutsiyaning turli qismlariga mantiqiy tartib berdi va uni 1787 yil 12 Sentiyabrda shtatlar Quriltoyi (Konvent)ga taqdim etdi. Unga ko`ra, Konstitutsiya ixcham Muqaddima bilan ibtido oldi. Mazkur Muqaddima Aleksandr Xamilton, Uilyam Jonson, Rufz King, Jeyms Medison va gubernator Morris tomonidan yozilgan bo`lsada, muallif sifatida Morris ko`proq tilga olinadi.

Ancha murakkab tarkibga ega birgina gapdan tashkil topgan Muqaddimada ushbu konstitutsiyani qabul qilishdan maqsad (d`etre raison) ochib beriladi. Shu bilan birga, uning mazmunidan o`sha davrdagi tarixiy sharoit ruhi ufurib turadi. Masalan, undagi “ichki osoyishtalik” iborasi o`sha paytda keng quloch yoygan qo`zg`olonlar va Shtatlararo o`zaro urushlarni nazarda tutadi. Chunonchi, Konstitutsiya yozilish arafasida Massachusetsda fermerlarning “Shey” (Shay) deb nom olgan qo`zg`olini, Pensilvaniya va Konnektitut shtatlari orasida esa Wilker-Barre hududi uchun urush ketayotgan edi.

Shunday bo`lsada, Muqaddima ko`proq xolis maqsadlar va o`rzu-umidlar yo`g`rilgan matn deb qaralishi mumkin.



2 AQSh konstitutsiyasi hokimiyatning uch tarmoqqa bo`linish tamoyili va har bir tarmoqning vakolatlarini aniq belgilab bergan birinchi konstitutsiyalardan biridir. Uning Birinchi moddasi Qonun chiqaruvchi hokimiyat, Ikkinchi moddasi Ijro etuvchi va Uchinchi moddasi Sud hokimiyatiga bag`ishlangan. Aftidan, Konstitutsiya asoschilari hokimiyatning uch tarmoqqa bo`linish tamoyili to`g`risidagi qadimgi yunon klassiklari, o`rta asrlar mutafakkirlari Jeyms Harriton, Jon Lokk va Monteskiyo g`oyalardan yaxshigina xabardor bo`lishgan. Konstitutsiyaning I moddasi Qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolatlarini belgilab beradi. Keyinchalik mazkur modda bo`limlariga XIV, XVII, XX va XXVII O`zgartirishlar bilan juz`iy o`zgartirishlar kiritildi.



3 Hindular (Indeyslar) – Ovrupaliklar Amerikani zabt etishlaridan oldin yashagan qit`aning tub aholisidir. Qit'ani kashf etgan Kolumb bu erni Osiyoning bir bulagi - Hindiston, aholisini esa hindular deb o`ylagan. Kolumbning xatosi aniqlangandan keyin ham tub aholi Amerika hindulari deb nomlanib keldi.

Cheroki (Cherokee), Navayo (Navajo), Choktau (Choktaw), Siu (Sioux) Apachi (Apache), Iyroukva (Iroquois) va Pueblo qabilalari eng ko`p nufuzga ega bo`lgan qabilalardir. 2003 yilgi ma`lumotlarga ko`ra, hozir AQShda yashayotgan 2,786,652 tub amerikaliklarning uchdan bir qismi Arizona (294 ming), Kaliforniya (413 ming) va Oklahoma (280 ming) shtatlarida istiqomat qilmoqda.

AQShdagi Hindu qabilalar to hozirgi kunga qadar “mustaqil” kishilar hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular mahalliy va shtatlar yurisdiksiyasidan forig` bo`lib, faqat federal qonunlarga bo`ysinadilar.

Konstitutsiya qabul qilingan vaqtda soliqlar, asosan eksport va importdan keladigan daromadlarga solinar edi. Shaxsiy daromadlarga soliq esa XX asrdan boshlab solina boshladi. Hindularning Kanada bilan ibtidoiy savdo aloqalarini hisobga olmaganda, tashqi savdo butunlay Ovrupalik amerikaliklar tomonidan olib borilar edi. Shu tufayli Hindular konstitutsiyaviy tarzda soliqlardan ozod qilingan edilar va “soliqdan ozod qilingan Hindular” iborasi ana shundan kelib chiqqan.

Hozirgi kunda Hindular ham boshqa amerikaliklar kabi quyidagi istisno holatlaridan tashqari barcha ko`rinishdagi federal soliqlarni to`lashga majburdirlar. Istisno tariqasida, Hindular uchun ajratilgan maxsus rezervatsiyalarda ishlayotgan hindular mahalliy va shtatlar tomonidan solinadigan soliqlardan ozod etilgan. Shuningdek, otaliqqa olingan erlardagi o`tloqlar va neft-qidiruv faoliyatidan daromad oladigan Hindular ayni paytda Federal soliqlardan ham ozod qilingan.


4 Ushbu modddaning kuchi bilan AQShda har o`n yilda aholi sonini hisoblash va ro`yxatga olish muntazam o`tkazilib kelinmoqda. Zaruriyat taqozo etganda Kongress qonun qabul qilish bilan qisqa muddat ichida ham aholi sonini hisoblashni tashkil qilishi mumkin. Aholi sonini bunday hisoblash va ro`yxatga olishdan, asosan, AQSh Kongressining Vakillar palatasidagi o`rinlarni shtatlararo ratsional taqsimlash, ijtimoiy ta`minot va iqtisodiy rivojlantirish maqsadidagi Federal fondlarni oqilona yo`naltirish va rejalashtirish uchun foydalaniladi. O`z navbatida, Shtatlar doirasida ham mazkur amaliyot amalga oshirilishi mumkin.

Konstitutsiyada ko`rsatilgan tartibda, birinchi marta aholini hisobga olish 1790 yil 2 Avgustda amalga oshirilgan va 3.9 million aholi ro`yxatga olingan edi. Bu hozirda birgina Nyu York shahri aholisining salkam yarmiga teng bo`lgan ko`rsatkichdir.

Biroq, birinchi marta ro`yxatga olish chog`ida qora tanli qullarning beshdan uch qismigina AQSh fuqarosi sifatida qayd etilgan, mahalliy tub aholi esa umuman hisobga kiritilmagan edi. O`sha davrdan boshlab hozirga qadar 21 marta (har o`n yilda bir marta) aholi ro`yxatga olindi. 2000 yildagi oxirgi hisoblashga ko`ra, AQSh aholisi 281 millionni tashkil etdi. Keyingi aholi sonini hisobga olish Konstitutsiyaga muvofiq 2010 yilda amalga oshiriladi.

Aholi sonini hisobga olish 1902 yilda Federal Agentlik sifatida tashkil etilgan Aholi sonini ro`yxatga olish Byurosi (Census Bureau) ) tomonidan olib boriladi. Ro`yxatga olish natijalarining barcha tafsilotlari 72 yildan so`nggina keng jamoatchilik uchun taqdim etiladi va unga qadar shaxslarga oid ma`lumotlar sir saqlanadi.

Uning natijalari siyosiy ahamiyatga ham ega. Chunonchi, uning natijalariga qarab, Vakillar palatasidagi o`rinlar qayta taqsimlanishi mumkin. Mana shunday hodisa, misol tariqasida 2000 yil sodir bo`ldi. Unga ko`ra, Utah shtati Kongressdagi bitta o`rinni Shimoliy Karolina foydasiga boy berdi. Shuningdek, Konnektikut, Illinoys, Indiana, Michigan, Missisipi, Oklahoma, Viskonsin shtatlari ham bittadan o`rin yo`qotdilar. Nyu York va Pensilvaniya esa hatto ikkitadan o`rin boy berdi. Aksincha, Arizona, Florida, Jorjiya, Texas shtatlari qo`shimcha ikkitadan o`rinni qo`lga kiritdilar. Kaliforniya, Kolorado, Nevada shtatlari esa Shimoliy Karolina bilan bir qatorda bittadan qo`shimcha ovozga ega bo`ldi.

Shtatlar miqyosida aholi sonini hisobga olish ham tez-tez amalga oshiriladi. Masalan, Massachusets shtatida har besh yilda bir marta aholi ro`yxatga olinadi.




5 1787 yil 17 Sentyabrda qabul qilingan AQSh konstitutsiyasi kuchga kirishi bilan (1789 yil 4 Mart) AQShning birinchi Kongressi (1789 yil 4 Mart-1991 yil 3 Mart) ham o`z ishini boshladi. Konstitutsiyada belgilangan tartibda dastlabki 13 ta Shtatning vakillari Kongressning Vakillar palatasidan joy oldilar. Ya`ni, Vakillar palatasi jami 65 ta vakildan iborat bo`ldi. Osha paytda har 30 ming aholiga bittadan vakil to`g`ri kelardi. Keyinchalik aholi sonini o`zgarishi va Shtatlr sonini oshib borishi oqibatida Vakillar palatasi a`zolari soni ham o`zgarib bordi. 1790 yildayoq Vakillar palatasi soni 106 ta, 1800 yilda 142 ta, 1900 yilda esa 391 taga etdi. Nihoyat, 1911 yil 8 Avgustda Vakillar palatasi sonini 433 ta qilib cheklovchi 62-5 Davlat qonuni (62-5 Public Law) qabul qilindi. 1912 yilda Arizona va Yangi Meksika shtatlarning Ittifoqqa a`zo bo`lib kirishi natijasida Vakillar soni 435 ta qilib belgilandi va mazkur qonun 1913 yildan kuchga kirgan holda hozirga qadar amal qilib kelmoqda.

Konstitutsiyadan joy olgan raqamlar ham o`z navbatida isloh qilindi. Masalan, hozirgi kunda Nyu York 29 ta vakilga ega (Konstitutsiyada esa 6 ta qilib belgilangan edi), Massachusets 10 ta (Konstitutsiyada 8 ta), Virjiniya 11 ta (Konstitutsiyada 10 ta), Shimoliy Karolina 13 ta (Konstitutsiyada 6 ta) o`ringa vakil saylaydi.

Aholi sonini oshishi natijasida saylovchilar kvotasi ham yangi miqdor kasb etdi. O`sha paytda har 30 ming aholiga bitta vakil to`g`ri kelsa, bugungi kunda har 646.952 aholiga bitta vakil to`g`ri keladi. Demak, o`z-o`zidan ayonki, qaysi shtatda aholi miqdori ko`p bo`lsa, osha shtat ko`proq vakil saylash huquqiga ega. Hozirda faoliyat ko`rsatayotgan 109-Kongress (2005-2007)ga eng ko`p vakil Kaliforniya (53 ta), Texas (32 ta), Nyu York (29 ta), Florida (25 ta), Pensilvaniya (19 ta) shtatlaridan, eng oz sonli vakil esa Alyaska (1 ta), Montana (1 ta), Delivor (1 ta), Vermont (1 ta), Wayomi (1 ta), Shimoliy Dakota (1 ta), Janubiy Dakota (1 ta) tomonidan saylangan.


6 Impichment yuridik ma`noda yuqori lavozimdagi mansandor shaxsni o`z xizmat vazifasidan ozod etishga qaratilgan talabnomadir. U aslo uni lavozimdan mahrum etishgacha bo`lgan jarayonni anglatmaydi. Yuqori lavozimdagi mansabdor shaxs deganda esa faqat Prezident yoki davlat rahbari lavozimidagi shaxsni tushinish ham noto`g`ridir. Zotan, bu tushuncha Oliy sud hakamlari, vazirlar, qonunchilik hokimiyati vakillari, hokimlar va prezident devonining oily mansabdor mulozimlarini o`z ichiga oladi.

Impichment lug`aviy ma`noda ham ba`zan noto`g`ri talqin qilinadi. “Impeachment” so`zi lotincha ildizga ega bo`lib u fransuz tilidagi “empêcher” yoki ingliz tilidagi “impede”, ya`ni “g`ov solmoq, xalaqit bermoq” so`zlari bilan mazmundoshdir.

Tarixan, Impichment amaliyoti dastavval Angliya va Uyels qirolligida o`rta asrlar davomida to 1806 yilga qadar amalda bo`lgan. Keyinchalik, boshqa Britaniya qirolligi mustamlakalari, jumladan Qo`shma Shtatlar qonunchiligiga ko`chgan. Hozirgi kunda AQSh, Rossiya, Filippin, Irlandiya respublikalarida yaqqol ko`zga tashlanadi.

AQShda federal va Shtatlar miqyosida impichment amaliyoti qo`llaniladi. Federal miqyosda ushbu jarayoni olib borish Konstitutsiyaning I Modda 2 va 3-Bo`limlari hamda II Modda 4-Bo`limida ko`rsatilgan. Unga ko`ra, Vakillar palatasi Impichment talabnomasini ilgari suradi, Senat esa mazkur talabnoma asosida tegishli mansabdor shaxsni sud qiladi. Qo`shmа Shtаtlаr Prezidenti, Vitsе-Prezidenti vа boshqа bаrchа oliy mаrtаbаli Mulozimlаr Dаvlаtgа Hiyonаt, Porаxo`rlik vа boshqа Og`ir jinoyatlаr vа Jinoiy hаtti-hаrаkаtlаr uchun Impichment asosida hukm qilingandan so`ngina o`z Lаvozimidаn ozod qilinаdi.

Prezidentga nisbatan impichment amaliyoti qo`zg`atilganda Qo`shma Shtatlar Odil sud hakami (AQSh Oliy sudi rahbari, ayni paytda Sud hokimiyati tarmog`ining rahbari) sudga raislik qiladi. Aks holatda esa, Senat Prezidenti lavozimini egallab turgan Senat raisi, yoki Senatning vaqtinchalik (Pro tempore) raisi sudga raislik qilishi mumkin. Senatning uchdan ikki qismini ko`pchilik ovozi bilan hukm qabul qilinadi. Shundan so`ng, Senat aybdor deb topilgan shaxsni lavozimdan ozod etish bilan, keyinchalik har qanday davlat xizmati ostidagi ma`suliyatli lavozimni egallashiga qarshi ovoz berish bilan uni jazolashi yoki lavozimdan ozod etish bilan cheklangan holda boshqa hech qanday jazo bermaslik uchun ovoz berishi mumkin. Biroq, Prezidentdan boshqa mansabdor shaxslar ustidan hukmni qabul qilinishi avtomatik tarzda uning mazkur lavozimdan ketishi, keyinchalik kerak bo`lsa, jinoiy javobgarlikka ham tortilishi bilan yakun topishi mumkin.

Kongressning Vakillar palatasi a`zolari Federal miqyosda impichment amaliyotidan bedaxldirlar, chunki ular Federal mulozimlar hisoblanmaydi. Senatorlar esa o`z navbatida bunday daxlsizlik uchun da`vo qiladilar. Shunday bo`lsada, 1799 yilda Tennesi senatori Uilyam Blaunt ustidan impichment hukmi qabul qilingan.

AQSh tarixida 1789 yildan beri Vakillar palatasi tomonidan 62 ta impichment amaliyoti qo`zg`atilgan va shundan 16 tasi oliy martabali mansandor shaxsga nisbatan sud hukmi bilan xotima topgan. Ular orasida ikkita Prezident – Endryu Jonson (Andrew Johnson, 1865-1869) va Bill Klinton (Bill Clinton 1993-2001) ishi ularni Senat tomonidan oqlanishi bilan yakun topdi. Yana bir Prezident – Richard Nikson (Richard Nixon, 1969-1974)ga nisbatan qo`zg`atilgan Vakillar palatasining impichment talabnomasi uning iste`fo berishi tufayli Senat amaliyotiga qadar etib bormadi.

Bundan tashqari Impichment tig`iga 12 ta Federal sud hakamlari, bitta Prezident devoni xizmatchisi, bitta senator giriftor bo`lganlar.

Shtatlar miqyosida Impichment asosan Gubernatorlar va mahalliy mansabdor shaxslarni o`z lavozimidan ozod etishga qaratilgan amaliyotdir. Eng oxirgi misol tariqasida, 1988 yil Arizona shtati gubernatori Iven Mechamning o`z mansabidan ketkazilishini eslab o`tish o`rinli.


7AQShga a`zo shtatlarning hammasi federal qonunchilik organi – Kongress bilan bir qatorda o`zlarining mustaqil qonun chiqarivchi muassasasiga ega. Mazkur organ shtatlar doirasida qonunlar qabul qiladi, shtatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo`nalishlarini belgilaydi.

Qonun chiqaruvchi mahkama turli shtatlarda turlicha nom bilan ataladi. Aksariyat shtatlarda (Arizona, Florida, Michigan) ular Qonunchilik majlisi (Legislature) deb yuritiladi. Bir qator shtatlarda (Delivor, Indiana, Jorjiya, Missuri) esa Bosh Assambleya (General Assembly) deb ataladi. Massachusets va Nyu Hempshir shtatlarida unga Bosh Hay`at (General Court) deb nom berishgan. Oregan va Shimoliy Dakota shtatlarida Qonunchilik Assambleyasi (Legislative Assembly) sifatida faoliyat ko`rsatadi.

Nebraska shtatidan tashqari barcha shtatlarning qonunchilik majlislari ikki palatali bo`lib, yuqori palata deyarli barcha shtatlarda Senat deb ataladi. Quyi palata esa turli xil nomlar bilan yuritiladi. Ko`pchilik shtatlarda quyi palatani Vakillar palatasi deb nomlash rasm bo`lgan. Istisno tariqasida, Kaliforniya, Nevada va Nyu York shtatlarida uni Assambleya deb nomlashsa, Merilend, Virjiniya va G`arbiy Virjiniyada Deputatlar palatasi (House of Delegates) deb atashadi. Faqat Nyu Jersi shtatida u Bosh Assambleya nomi bilan faoliyat ko`rsatadi.

Palatalarning saylov mandatlari ham o`zaro farq qiladi. Aksariyat shtatlarda Senatorlar asosan, 4 yilga saylanadi. Arizona, Konnektikut, Aydaho, Jorjiya, Meyn, Massachusets, Nyu Hempshir, Nyu York, Shimoliy Karolina, Roud Ayslend, Janubiy Dakota, Vermont shtatlarida esa 2 yillik mandat joriy etilgan.

Aksincha, quyi palata deyarli barcha shtatlarda 2 yilga saylanadi. 4 yillik mandatga ega Alabama, Luiziana, Merilend, Missisipi, Shimoliy Dakota shtatlari bundan mustasnodir.

Har bir shtat o`z konstitutsiyasi va qonunlaridan kelib chiqib, Qonunchilik majlisining miqdori va saylov tartiblarini o`zi mustaqil belgilaydi. Senatorlar va Vakillar sonini belgilashda ko`proq ma`muriy omildan kelib chiqiladi. Ya`ni, bunda aholi soni umumiy va asosiy asos qilib olinmaydi. Masalan, 1.3 million aholiga ega Nyu Hempshir eng ko`p sonli qonunchilik majlisiga (General Court) ega. U 400 ta Vakil va 24 ta Senatordan iboratdir. 12.5 mllion nufuzga ega Pensilvaniya shtatida esa qonunchilik majlisi (General Assembly) 203 ta Vakil va 50 ta Senatordan iborat. Jorjiya shtati ham huddi shunday ko`p sonli qonunchilik organiga ega. Undagi 235 ta a`zoning 180 tasi Vakil, 55 tasi esa Senatordir.

Eng oz sonli qonunchilik organi Nebraska Qonunchilik majlisidir. U atigi 49 ta senatordan tashkil topgan bir palatali parlament namunasidir. Shuningdek, Alyaska (40 ta vakil va 20 ta senator), Delivor (41 ta vakil va 21 ta senator) va Nevada (42 ta vakil, 21 ta senator) shtatlarida ham oz sonli qonunchilik mahkamasi faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Shtatlarning federal Kongressdagi vakillari va senatorlari soni bilan o`z qonunchilik majlislaridagi vakillar va senatorlar soni o`rtasida uyg`unlik ko`zga tashlanmaydi. Masalan, o`z qonunchilik majlisida 152 ta vakil va 61 ta senatorga ega (jami 213 ta) Nyu Yo`rk federal Kongressda 29 ta vakil va 2 ta senatorga ega. Kongressda eng ko`p vakil (53 ta) va 2 ta senatorga ega bo`lgan Kaliforniya shtatining Qonunchilik majlisi esa 80 ta vakil va 40 ta senatordan (jami 120 ta) iborat.

Shu o`rinda eslatib o`tish kerakki, 1913 yilda AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan XVII O`zgartirishga qadar federal Kongress senatorlari aynan shtatlarning tegishli Qonunchilik majlislari tomonidan saylanar edilar.


8 Jamoat tartibini buzish holatlari deganda, AQSh huquq fani nuqtai nazaridan, ko`pchilikni bezovta qiladigan yoki odamlarda kuchli xavotir uyg`otadigan nomaqbul hatti-harakat tushiniladi. Biror kishini jamoat oldida qattiq va asossiz haqorat qilisdan to unga jismoniy shikast etkazishga qadar bo`lgan barcha tajovuzkorona jinoiy hatti-harakatlar Jamoat tartibini buzish holatlariga misol bo`la oladi. Bu turdagi jinoiy qilmishlar uchun odatda og`ir jazolar belgilanmaydi, biroq ahloqiy nuqtai nazardan qattiq qoralanadi. Masalan, qo`shni xonadonning eshik qo`ng`irog`ini asossiz tarzda uzoq va uzluksiz chalish uchun hech kim qamoq jazosiga hukm qilinmaydi. Biroq, biror shaxsga nisbatan qilingan jismoniy shikast uchun bunday ko`rinishdagi jazo qo`llanilishi mumkin.


9 Fuqaroviy lavozim deyilganda hukumat muassasalarida mehnat qiladigan barcha xizmatchilar tayinlanadigan lavozimlar tushiniladi. Ba`zan no-hukumat muassasalaridagi ish lavozimlari ham ushbu toifaga kiritiladi. Gohida esa, noharbiy lavozimlarning barchasi fuqaroviy degan umumiy nom bilan ataladi.

AQSh qonunchiligi ushbu atamaga deyarli to`la va ravshan ta`rif beradi. Qo`shma shtatlar kodeksiga ko`ra, “Qo`shma shtatlar hukumatining qonunchilik, ijroiy va sud hokimiyati tarmoqlaridagi tayinlanish yo`li bilan ta`minlanadigan barcha lavozimlar” fuqaroviy lavozimlar yoki xizmatlar deb ataladi (AQSh kodeksi, 5-Bo`lim, 2101-paragraf). Fuqaroviy lavozimlarga qabul qilish yoki tayinlash tartiblari 1883 yilda qabul qilingan “Fuqaroviy xizmatni isloh qilishga oid Pendleton Hujjati” (Pendleton Civil Service Reform Act) bilan belgilangan. Harbiy xizmat va harbiy lavozimlar Fuqaroviy lavozim hisoblanmaydi.




10 O`rta asrlar davomida yangi suv yo`llarining ochilishi bilan kemasozlik, kemachilik va umuman dengizchilik juda taraqqiy etib bordi. Shu bilan birga harbiy dengiz floti ham rivojlanib bordi va yollanma dengizchilar – kema kapitanlari va dengizchi askarlar toifasi shakllandi. Bu toifa o`rta asrlar o`zbek-ajam tilida darbonlar deb atalardi. Demak, mazkur askarlar ma`lum mamlakat tomonidan yollangach, ulardan turli harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Hujumga uchragan davlat tomonidan o`ch olish maqsadidagi yoki mana shunday bahona bilan boshqa davlatga urush ochayotgan davlat yollanma askar va dengizchilarga maxsus Nishon Yorliqlari topshirar edi. Mazkur urush odati to XX asrlarga qadar davom etdi va ayni shu davrdan boshlab Xalqaro Urush (yoki Gumanitar) huquqi me`yorlari bilan tartibga solina boshladi.


11 Bu erda gap Vashington Kolumbiya Okrugi ustida ketmoqda. Ma`lumki, 1788-1790 yillar davomida federal hukumat Nyu York shahrida joylashgan edi. 1790 yil poytaxt Pensilvaniyaning Filadelfiya shahriga ko`chirildi. 1800 yildan esa Kolumbiya Okrugi mamlakat poytaxti sifatida e`tirof etildi.

Kolumbiya Okrugi ushbu moddada ko`rsatilganidek, tegishli shtatlar ya`ni Merilend, Virjiniya va G`arbiy Virjiniya shtatlarining hududlaridan “qirqib” olingan tarzda ta`sis etildi. Keyinchalik Virjiniya o`z hududlarining ma`lum qismini qaytarib olgach, poytaxt asosan Merilend shtatining sobiq hududlari doirasida qoldi.

Poytaxtni aynan Pitomak daryosi bo`yida joylashtirish g`oyasi Jorj Vashingtonga tegishlidir. Bugungi kunda 260 kv/km maydonga ega bo`lgan Okrugda 563 ming aholi istiqomat qiladi. Agar shtatlarga qiyoslansa, u Vayomi shtatidangina ko`proq aholi soniga ega bo`lib, shtatlar orasida 50-o`rinni egallaydi.

Kolumbiya Okrugi mustaqil hududiy birlik sifatida Senatda vakilga ega emas. Vakillar palatasida esa o`z vakilligiga ega bo`lsada, biroq ovoz berish huquqidan mosuvodir.

1961 yil 29 Martda ratifikatsiya qilingan AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan XXIII O`zgartirishga asosan, Okrug Prezident va Vitse-Prezident uchun saylovlarda ovoz berish huquqini qo`lga kiritdi. Endilikda u Saylovchilar kollejiga uchta vakil saylash huquqiga yoki uchta ovozga ega bo`ldi.


12 Habeas Corpus (habeas corpus ad subjiciendum) yuridik ma`noda ayblanayotgan shaxsning haqiqatda aybdor yoki aybsiz ekanligini isbotlash uchun uni sudda hozir bo`lishini ta`minlashga qaratilgan sud qaroridir. Kengroq ma`noda, hech bir shaxs asoslari ko`rsatilmagan holda qamoqqa olinishi yoki hibsda saqlab turilishi mumkin emas. Agar muayyan bir shaxs hibsga yoki qamoqqa olinsa, sud tegishli mahkamalardan o`sha shaxs nima uchun bandi yoki tutqin qilinganligini talab qilishi ya`ni Habeas Corpus chiqarishi lozim. Buning uchun o`sha shaxs sudga talabnoma (habeas corpus petition) bilan murojaat qilishi zarur bo`ladi. Agar sud unga javoban tegishli mahkamalardan asosli javob olmagan taqdirda bandi yoki tutqin qilingan shaxsni ozod deb e`lon qiladi.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish