Statement by the President in His Address to the Nation



Download 0,71 Mb.
bet41/44
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#12
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Habeas Corpus amaliyoti Jamoa huquqi (Common Law) hukm surgan va surayotgan barcha mamlakatlarda amal qiladi. Uning tarixi XII asrlarga borib taqaladi va shu davrlardan e`tiboran Angliyada keng qo`llanila boshlangan. Rasmiy manbalar 1305 yilda Eduard I qirolligi davrida ushbu amaliyot urf bo`lganligidan dalolat beradi. Keyinchalik ushbu amaliyot 1679 yilda qabul qilingan “Habeas Corpus to`g`risida hujjat” (Habeas Corpus Act) bilan mutlaq qonuniylashdi.

Mustaqillikka erishgach AQSh huquqiy tizimi ham boshqa mustamlakalar kabi Buyuk Britaniya Jamoa huquqi asosida shakllandi va uning ko`plab unsurlarini o`zida saqlab qoldi. Eng ahamiyatli jihatlardan biri shuki, Habeas Corpus AQSh konstitutsiyasi qabul qilinayotgan davrda konstitutsiyaga kiritilgan yagona asosiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiruvchi me`yor edi. Ma`lumki, Insonning huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi me`yorlar konstitutsiyaga keyinchalik Inson huquqlari Bili (Bill of Rights) nomi bilan kiritilgan dastlabki 10 ta O`zgartirishda o`z aksini topdi.

Hozirgi kunga qadar Habeas Corpus amaliyoti huquqning barcha sohalarida istifoda etiladi. Ayniqsa, sud hukmi e`lon qilingandan keyingi appelyatsiya jarayonida undan keng foydalaniladi. Oliy jazoga hukm qilinganlargina bundan istisno etiladi.

Qo`shma Shtatlar kodeksining 28-Bob, 2254-paragrafiga asosan, Federal sudlar Habeas Corpus bo`yicha qaror chiqarishga vakolatlidir.




13 Og`ir jinoyatlar uchun o`lim jazosiga hukm qilingan yoki qonundan tashqari deb e`lon qilingan ya`ni jamoadan quvib chiqarilgan shaxslarga nisbatan qo`shimcha jazo sifatida ularning mol-mulkini tortib olish nazarda tutilmoqda. Mazkur amaliyot o`rta asrlarda Britaniya qirolligi xazinasini boyitish manbai sifatida ko`rilgan va qattiq tanqid ostiga olingan edi. Shu tufayli u AQSh mustaqillikka erishgach, konstitutsiyaviy tarzda bekor qilingan.


14 Aslzodalik unvonlari o`rta asrlar Buyuk Britaniya imperiyasida keng tarqalgan hodisa edi. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, uning tarixi anglo-sakson davrlarga (eramizning V-XI asrlari) borib taqaladi. Aslzodalik unvonlari asosan Qirol va uning oilasi tomonidan qirol saltanatiga sodiq odamlar uchun tortiq qilinar va avloddan avlodga meros bo`lib qolardi. Qirol, qirolicha, shahzoda, malika kabi oliy unvonlardan tashqari yana Dyuk (duke), markes (marquess), o`rl (earl), viskaunt (viscount) va baron (baron) kabi unvonlar mavjud bo`lgan. Aslzodalik unvonlariga ega kishilar oliy tabaqalar hisoblanishgan va bir qator imtiyozlarga ega bo`lishgan. Chunonchi, ular daxlsizlik huquqidan foydalanishgan. Davlatga xiyonat va boshqa og`ir jinoyatlar uchun faqat aslzodalar hay`ati tomonidangina sud qilingan.

Duk lotincha “dux” so`zidan olingan va “yo`lboshchi” degan ma`noni anglatgan. Markes olmon tilidagi “mark” – “chegara” ma`nosini anglatadi va tarixan Angliya bilan Shotlandiya yoki Uels qirolligi chegarasini nazarda tutadi. O`rl “jarl” so`zidan olinib “botir jangchi yoki kishi degan ma`nolarni anglatadi. Viskaunt ham aynan shu ma`nolarni anglatadi va ko`proq kontinental Evropada tarqalgan. Baron esa qadimgi olmon tilidagi “Baro” ya`ni “ozod, erkin kishi” degan so`zdan olingan.

AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida mustaqillikka intilar ekan, Britaniya imperiyasining siyosiy ta`siriga to`la barham berish uchun mazkur Aslzodalik unvonlarini konstitutsiyaviy tarzda taqiqladi. Biroq, ushbu unvonlar Buyuk Britaniyada XX asrga qadar saqlanib qoldi.


15 Ijroiy hokimiyatni amalga oshirish uchun prezident mustaqil holda o`z hukumatini tuzadi. Federal hukumat departamentlari (vazirliklari, ularning soni taхminan 16 ta) davlat sekretarlari (davlat kotiblari) tomonidan boshqariladi. Ular davlat хizmatchilari va хususiy tarmoq kishilari - tadbirkorlar, biznesmenlar, erkin kasb egalari bo`lishi mumkin. Hatto, kongress a`zolari ham Davlat kotibi lavozimiga taklif etilishi mumkin. Masalan, 1976 yili prezident J.Karter transport va qishloq хo`jaligi departamenti kotibi etib vakillar palatasining ikki a`zosini tayin etgan edi.

Vitse-prezident prezidentning asosiy yordamchisi va hamkori hisoblanadi. Ko`pincha, u prezident tomonidan o`z partiyasi a`zolari orasidan tanlanadi. Ayni paytda, prezident saylovlarda o`zi uchun raqib bo`lgan nomzodni ham vitse-prezidentlikka tavsiya etishi mumkin. 1980 yil prezidentlik saylovlarida g`olib chiqqan R.Reygan o`z raqibi, respublikachi J.Bushni mazkur lavozimga loyiq ko`rgan edi.

Ikkinchi jahon urushidan so`ng Amerika hayotida vitse-prezidentning roli ortib bormoqda. U hukumatning barcha ishlarida prezident bilan teng mas`uliyatda faoliyat ko`rsatadi. Vitse-prezidentning asosiy vazifalaridan yana biri - davlat rahbari prezident o`z vazifasini bajara olmay qolgan sharoitda, vafot qilganida yoki iste`foga chiqqanda, uning mandatini davom ettiradi. G.Trumen 1945-1948, L.Jonson 1963-1964, J.Ford 1974-1976 yillar davomida ana shunday vazifani ado etgan edilar.

Prezidentning o`z vakolatlarini amalga oshirishida prezidentning shaхsiy maslahatchilari muhim rol o`ynaydi. Ularning soni 500 ta atrofida bo`lib, maslahatchilar korpusini (brain-trust) tashkil etadi. Siyosiy hayotda ularning ta`siri kuchli hisoblanadi, chunki ular prezident bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqada bo`ladilar hamda prezident bilan yonma-yon turib va prezident uchun ishlaydilar.

Bundan tashqari, Ijroiy mahkama (Executive office) deb ataladigan prezident devonining bosh kotibiyatida 5000 dan ziyod mutaхassislar хizmat qiladi. Prezidentning federal ma`muriyatida (spoils system) esa jami 3 miliondan ortiq хizmatchi ishlaydi va Milliy хavfsizlik kengashi, Atom energiyasi komissiyasi, Fazo va aeronavtika markazi (NASA) kabi muhim tashkilotlarning doimiy vakillari faoliyat ko`rsatadi.


16 Amerika tariхi - bu prezidentlar tariхidir. Haqiqatan ham, har bir prezident o`z хalqi uchun buyuk хizmat ko`rsatib ketgan. Mamlakat tariхida u yoki bu hodisa, albatta qaysidir prezident nomi bilan bog`liqdir.

Bugungi kunga qadar 43 nafar prezident nomi tariх sahifalariga darj qilingan. Ularning har biri ijtimoiy kelib chiqishi, ma`lumoti, siyosiy qarashlari, diniy va etnik mansubligiga ko`ra o`ziga хosliklarni namoyon etadi. Mamlakat siyosiy hayotida ikki partiya - Respublikachilar va Demokratlar partiyasi etakchi rol o`ynashini hisobga olsak, Prezidentlik kursi ham aynan shu ikki partiya orasida qo`ldan qo`lga o`tadi.

Hozirga qadar 19 nafar prezident Respublikachilar partiyasidan (Avraam Linkoln (1861-1865), Endryu Jonson (1865-1869), Uilss S. Grant (1869-1877), Rozerford Хeys (1877-1881), Jeyms Garfild (1881), Chester A.Artur (1881-1885), Benjamin Harrison (1889-1893), Uilyam Mak-Kinli (1897-1901), Teodor Ruzvelt (1901-1909), Uilyam N. Taft (1909-1913), Uorren J. Garding (1921-1923), Kelvin Kulij (1923-1929), Xerbert K. Huver (1929-1933), Duayt Eyzenхauer (1953-1961), Richard Nikson (1969-1974), Jerald Ford (1974-1977), Ronald Reygan (1981-1989), Jorj Bush (1989-1993), Jorj Volker Bush (2001 yildan)), 15 nafari Demok­ratlar partiyasidan (Endryu Jekson (1829-1837), Martin Buren (1837-1841), Jon Tayler (1841-1845), Jeyms K. Polk (1845-1849), Franklin Pirs (1853-1857), Jeyms Byukenen (1857-1861), Grover Klivlend (1885-1889 va 1893-1897), Vudro Vilson (1913-1921), Franklin D. Ruzvelt (1933-1945), Harri S. Trumen (1945-1953), Jon F. Kennedi (1961-1963), Lindon B. Jonson (1963-1969), Jeyms Karter (1977-1981), Uilyam B. Klinton (1993-2001)), 4 tasi Respublikachi-demokratlardan (Tomas Jeferson (1801-1809), Jeyms Medison (1809-1817), Jeyms Monro (1817-1825), Jon Kvinsi Adams (1825-1829)) bo`lgani holda, 3 tasi Viglar partiyasidan (Uilyam G. Harrison (1841), Z.Teylor (1849-1950), Milard Filmor (1850-1853)), 2 tasi (Jorj Vashington (1789-1797), Jon Adams (1797-1801)) esa Federalchilar partiyasidan chiqqan.

Mahalliy kelib chiqishiga qarab, prezidentlarning qariyb 8 tasi Virjiniyalik bo`lib, ularning aksariyati demokratlardir. Unga qo`shni bo`lgan Ohayo shtatida esa 7 nafar prezident kamol topgan. Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-York, Teхas shtatlarida 2-3 nafardan davlat rahbari tug`ilib o`sgan. Amaldagi prezident J.V.Bush ham Teхaslikdir. Umuman olib aytganda, hozirgacha 50 shtatdan 19 tasi o`z vakilini prezidentlikka saylay olgan, хolos.

Amerika tariхida U.Harrison (1841 y.), Z.Teylor (1849-1850), M.Filmor (1850-1853), J.Garfild (1881 y.), U.Garding (1921-1923), F.D. Ruzvelt (1945) o`z mandatlari oхiriga etmay kasallik tufayli vafot etganlar. A.Linkoln (1861-1865) va J.Kennedi (1961-1963) esa qurolli suiqasd qurboni bo`lib, o`z vakolatlarini davom ettira olmagan. AQSh prezidentlaridan yana ikkitasi “impichment balosi”ga duchor bo`lgan. AQShning 17-prezidenti A.Jonson (1868) va AQShning 42-prezidenti B.Klinton “Monikageyt” (1998-1999) ishi bilan bog`liq mojaro tufayli хavf solib turgan impichment tig`idan arang omon qoldi. “Uotergeyt” ishi bo`yicha Demokratlarning markaziy binosiga eshitish moslamalarini noqonuniy va хufiyona o`rnatishda ayblangan Respublikachi rahbar R.Nikson Kongress impichmentini kutib o`tirishga bardoshi etmay 1974 yili 8 Avgustda o`z ixtiyori bilan iste`fo bergan.

Prezident saylovlarida eng ko`p ovoz olgan prezident demokratlar partiyasining nomzodi L.B. Jonson bo`lib, u 1964 yili 61,1% (foiz) ovoz yig`ishga muvaffaq bo`lgan. Undan keyingi o`rinni shubhasiz F.D. Ruzvelt 60,8% (1936), R.Nikson 60,7% (1972), U.Garding 60,4% (1920) va R.Reygan 58,8% (1984) ovoz bilan egallaydi.

AQSh prezidentlari tariхida sulolaviy prezidentlik ham uchrab turadi. Buning birinchi misoli XX asr boshlarida voqe bo`lgandi. Davlatning ikkinchi prezidenti J.Adamsning (1797-1801) o`g`li J.K.Adams 1825 yili 6-prezidentlikka munosib, deb topilgan. Ikkinchi yorqin misol esa Bushlar oilasi bo`lib, 1993-97 yillar prezidentlik qilgan J.Bush ishini uning o`g`li kichik Jorj Volker Bush davom ettirishga bel bog`lagan.


17 AQSHda prеzidеntlik saylоvi instituti o`ziga хоs tizimga ega. Shu kunga qadar mamlakatda 59 marta prеzidеntlik saylоvlari bo`lib o`tdi. Yillar o`tishi bilan saylоv tizimi ham takоmillashib bоravеrdi. Hоzirda prеzidеnt saylоvlari ikki bоsqichda, birоz murakkab tartibda bo`lib o`tadi. Saylоv jarayoni dеyarli bir yil - Fеvraldan Nоyabrgacha davоm etadi. Partiyalar tоmоnidan ilgari surilgan nоmzоdlar birinchi bоsqichda milliy kоnvеntsiya (quriltoy) tоmоnidan ko`rib chiqiladi. Nоmzоdlikka оdatda har ikki partiyadan (rеspublikachilar va dеmоkratlar partiyasidan) bittadan yoki bir nеcha vakil qo`yiladi. Munоsib dеb tоpilgan vakillar оrasidan bo`lg`usi prеzidеnt umumiy va to`g`ridan-to`g`ri оvоz bеrish asоsida aniqlanadi. Birоq, prеzidеnt saylоvlari shu bilan yakun tоpmaydi. Fuqarоlar ayni paytda ikkinchi bоsqichda prеzidеnt nоmzоdi uchun оvоz bеradigan saylоvchilar kоllеjlarini ham saylaydilar. Birinchi bоsqichda eng ko`p оvоz оlgan ikki nоmzоdning kеyingi taqdiri ana shu saylangan saylоvchilar irоdasiga bоg`liq bo`lib qоladi. Mazkur saylоvchilar kоllеji (guruhi) shtatlar bo`yicha har хil miqdоriy tarkibda tashkil tоpadi. Aniqrоg`i, saylоvchi guruhlarning a`zоlari sоni muayyan shtatlardagi sеnatоrlar va vakillar palatalarining a`zоlari sоniga tеng miqdоrda bo`lishi shart. Birоq, shtatlardagi sеnatоrlar va dеputatlarning o`zi mazkur saylоvda ishtirоk etmaydilar. Har bir shtatdagi sеnatоrlar sоni o`zgarmas (har bir shtatdan ikkitadan sеnatоr saylanadi) bo`lgani hоlda, vakillar palatasi a`zоlari sоni ahоlining miqdоriga qarab o`zgarishini inоbatga оlsak, ikkinchi bоsqich saylоvlarida sanоatlashgan yirik shtatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi ma`lum bo`ladi. Masalan, оvоzlar Vеrmоnt shtatida 3 ta (2 ta sеnatоr + 1 ta vakil), Kalifоrniya shtatida esa 50 ta (2 sеnatоr + 48 vakil), Nyu Yоrk shtatida 33 ta, Tехasda 32 ta, Flоridada 25 ta, Pеnsilvaniyada 23 ta, Illinоys shtatida 22 ta va shu tarzda shtatlar bo`yicha nоtеng taqsimlangan. Saylоvchi guruh a`zоlari sоni jami 538 nafarni (100 sеnatоr, 435 vakil va Kоlumbiya оkrugining 3 vakili soni yig`indisiga tеng) tashkil etadi va prеzidеnt bo`lib saylanish uchun 270 ta оvоzni qo`lga kiritish kеrak bo`ladi. Shunday qilib, umumхalq saylоvining birinchi bоsqichida g`оlib chiqqan nоmzоdlar ikkinchi marta shtatlar vakilligi tasdig`idan o`tishiga to`g`ri kеladi.

Охirgi saylоvlar Noyabr оyining birinchi Dushanbasidan kеyin kеlayotgan Sеshanba kuni bo`lib o`tadi. Saylоv natijalari bir оy ichida ma`lum qilinadi. Yangi saylangan prеzidеnt o`z vazifasini kеlasi yilning 20 Yanvaridan bajarishga kirishadi.




18 Vaqtincha yoki butunlay bo`shab qolgan Prezident o`rnini to`ldirib turish to`g`risidagi dastlabki qonun 1792 yildayoq qabul qilingan edi. “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) konstitutsiyaning II Modda 1-Bo`limining 6-paragrafani to`ldirish maqsadida qabul qilingan edi. Federalistlar va aksil-Federalistlar o`rtasida uzoq tortishuvlardan keyin qabul qilingan mazkur qonunga asosan prezident o`rni bo`shab qolgan taqdirda quyidagi mulozimlar ketma-ketlik tartibda uning vazifasini bajarib turishi ko`zda tutilgan edi: Vitse-prezident, Senatning Pro tempore Raisi, Vakillar palatasining Spikeri. Mazkur mulozimlar Prezident o`z layoqatini tiklab olgunga qadar yoki navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar Prezident sifatida faoliyat ko`rsatishi lozim edi. Agar mana shunday holat, ya`ni prezident o`rni bo`shab qolishi Oktyabr oyining birinchi Chorshanbasidan oldin sodir bo`lsa, kelayotgan Noyabr oyida (birinchi Dushanbadan keyin kelayotgan Seshanba kunida) yangi saylov bo`lib o`tadi. Aksincha holatda, Prezidentlik saylovi keyingi yilga qoldiriladi. Yangi saylangan Prezident 4 yil davomida o`z vazifasini ado etar edi.

1947 yil Prezident Harri Truman imzosi bilan yangi “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) qabul qilindi. Hozirda uning me`yorlari AQSh kodeksining III Bob 19-Bo`limidan joy olgan (3 USC 19). Unga asosan quyidagi tartibdagi vorislik joriy etildi: (1) Vitse-Prezident, (2) Vakillar palatasining Spikeri, (3) Senatning Pro Tempore Raisi, (4) Davlat Kotibi (Tashqi Ishlar vaziri), (5) Moliya (G`azna) vaziri, (6) Mudofa vaziri, (7) Bosh Prokuror, (8) Ichki ishlar vaziri, (9) Qishloq xo`jaligi vaziri, (10) Savdo vaziri, (11) Mehnat vaziri, (12) Sog`liqni saqlash va ta`minot vaziri, (13) Uy-joy va Shaharsozlik vaziri, (14) Transport vaziri, (15) Energiya ta`minoti vaziri, (16) Ta`lim vaziri, (17) Veteranlar ishlari bo`yicha vazir.

Ko`rinib turibdiki, vorislar ro`yxati uzun ketma-ketlikni tashkil etadi. Mazkur ro`yxatga 2002 yilda tashkil etilgan yangi, biroq allaqachon salmoqli o`rinni egallab ulgirgan Milliy xavfsizlik vazirligi kirmagan.

Bo`shab qolgan Prezident lavozimini Vitse-Prezident tomonidan ta`minlanishi ilk bora 1841 yil 4 Aprelda AQShning to`qqizinchi prezidenti 67 yoshli Uilyam Henri Harrisonning vafot etishi bilan sodir bo`ldi. Bunday fursatda biroz ikkilanishdan so`ng Vitse-Prezident Jon Tayler Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi. Ayni shu davrdan hozirgi kunga qadar 9 ta Vitse-Prezident bo`shab qolgan Prezident vazifasini ta`minlab keldi: Jon Tayler (1841), Milord Filmor (1850), Endryu Jonson (1865), Chester Artur (1881), Teodor Ruzvelt (1901), Kalvin Kulij (1923), Harri Truman (1945), Lindon Jonson (1963), Herald Ford (1974).

1933 yilda qabul qilingan XX O`zgartirishning 3 paragrafi Vitse-Prezident tomonidan Prezidentlikni ta`minlash borasida bir qator aniqliklar kiritdi. 1967 yilda ratifikatsiya qilingan XXV O`zgartirish esa Vitse-Prezident tomonidan “Prezident vazifasini ijrochisi” sifatida faoliyat ko`rsatish asoslarini qonuniylashtirdi.



19 …“boshqa Og`ir jinoyatlar va Jinoiy hatti-harakatlar” borasida gap borar ekan, “boshqa” so`zi bilan qanday og`ir jinoyatlarga ishora qilinayotgani haqida etarlicha sud amaliyoti mavjud emas. Boshqacha aytganda, AQSh Oliy sudi bu masalaga hozirga qadar hech qanday aniqlik kiritmagan. Mutaxasislar fikriga kelganda, ularda turlicha yondashuv bor va bir-biridan farq qiluvchi izohlarni uchratish mumkin. Prezident B. Klintonni Impichment ostida sud amaliyotiga tortilishi bahonasida ushbu mavzu borasida qizg`in baxslar ko`tarilgan edi. Biroq, bu baxsu-musohabalar yakdil fikrning qaror topishiga emas balki, yanada ular orasidagi tafovutning kengayishiga olib keldi.

Gap shundaki, mazkur jinoyat va jinoiy hatti-harakatlar Impichment jarayoni bilan bog`lanar ekan, Oliy sud buni huquqiy bo`lmagan siyosiy masala sifatida qaraydi. II Modda 4-Bo`lim mazmunidan anglab olish mumkinki, og`ir jinoyatlar “og`irlik” darajasiga qarab yuqoridan pastga tartibda joylashtirilgan, ya`ni avval “davlatga xiyonat”, keyin “poraxo`rlik”, so`ng “boshqa og`ir jinoyatlar va jinoiy hatti-harakatlar” keladi.

Jinoiy hatti-harakatlar deyilganda esa, u qadar og`ir ko`rinishda bo`lmagan jinoiy hatti-harakatlar tushuniladi. Masalan, mayda o`g`irlik, fohishalik, mushtlashish, ma`n qilingan hududga yoki birovning uyiga ruxsatsiz kirish, vandalizm kabilar va hatto yo`l harakati qoidasini qo`pol va surinkasiga buzish shular jumlasidandir. Sodir etilgan jinoiy hatti-harakatlar uchun u qadar og`ir va uzoq muddatli jazolar belgilanmaydi. Shtatlarning qonunchiligi o`zaro tafovutlanadi. Ba`zi shtatlarda, aybdorni sirtqi qamoq jazolariga hukm qilish holatlari uchraydi. Ayrim shtatlarda esa aybdor shaxslar majburiy mehnatga jalb qilinadi.


20 AQShda sud hokimiyati hokimiyatning boshqa tarmoqlari kabi o`zining aniq-ravshan konstitutsiyaviy asoslariga ega. Asosiy qonunning III Moddasiga asosan, sud hokimiyati Qo`shma shtatlar Oliy sudi va Kongress tomonidan tashkil etiladigan quyi pog`ona sudlardan iborat.

AQSh Oliy sudi umrbod muddatga Prezident tomonidan tayinlanadigan va Senat tomonidan tasdiqlanadigan 9 ta hakamdan iborat (1869 yilga qadar 6 ta edi). U Konstitutsiyani sharhlash borasida yagona ustivor vakolatga ega. Shuningdek, Kongress va Ijroiy hokimiyat chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilib boradi. Boshqa biror shtatning konstitutsiyasi yoki gubernatori tomonidan chiqarilgan biror istalgan hujjatning ham konstitutsiyaga zid emasligini savol ostiga olishi mumkin.

Shtatlarning Oliy sudlari federal (viloyat) appelyatsiya sudlariga nisbatan appelyatsiya maqomiga ega.

Qo`shma shtatlarda 13 ta Appelyatsiya sudlari va 94 ta okrug sudlari va 2 ta maxsus yurisdiksiyaga ega sudlar mavjud bo`lib ular AQSh Oliy sudi bilan birgalikda mamlakat federal sud tizimini tashkil qiladi. Kongress federal sudlar sonini ko`paytirishi yoki qisqartirishi, shuningdek, hakamlar sonini ham belgilab berishi mumkin, biroq Federal Oliy sud uning ta`siridan butunlay holidir. Qizig`i shundaki, ba`zi holatlarda Oliy sudning o`zi ham ba`zi bir ishlarni ko`rib chiqishi mumkin.

Okrug sudlarida jinoiy va fuqaroviy ishlar ko`rib chiqiladi. Shuningdek, Bankrotlik va Soliq bo`yicha alohida yurisdiksiyaga ega sudlar ham bo`lib, garchi ular okrug sudlarining tarmogi bo`lsada, lekin III Modda me`yorlaridan tashqarida tashkil etilgan.

Hokimiyat tarmoqlari orasidagi muvozanat tamoyiliga asosan, Federal Oliy sud Kongress qonunlari va hukumat qarorlarini nazorat qilish bilan, ularning hokimiyatini jilovlab turadi. Mashhur “Marbury v. Madison” sud ishida (1803 yil) Oliy sud Kongress tomonidan chiqarilgan qonunni konstitutsiyaga zid deb topish bilan uni bekor qilgan edi. “United States v. Peters” sud ishida esa sud Federal hukumatning shtatlarga nisbatan ustivor vakolatlarini ta`kidlaydi.

Jamoa huquqi tizimida bo`lgani kabi, AQSh huquqiy tizimida ham sudlar Kongress bilan bir qatorda huquqiy me`yorlar yaratuvchi asosiy manba va sub`ekt hisoblanadi.


21 Xalq vakillarining Hay`at sudlari (Jury) AQSh va boshqa Jamoa huquqi tizimiga asoslangan mamlakatlardagi asosiy sud hokimiyati bo`g`inidir. Sud jarayoni nihoyasida sud hukmi Xalq vakillari Hay`at sudi tomonidan chiqariladi. Jinoiy va Fuqaroviy ishlar ko`rilayotgan barcha holatlar mazkur sud hay`ati tomonidan ko`rib chiqiladi. Alohida ahamiyatga ega murakkab ishlargina ixtisoslashgan sudlar tomonidan ko`rib chiqilishi mumkin.

Xalq vakillari Hay`at sudi oddiy fuqarolardan tashkil topadi. Sud a`zolari soni 6-16 ta atrofida bo`lishi mumkin. Saylov huquqiga ega barcha fuqarolar yoshi, jinsi, kasbi, ma`lumoti yoki irqi qanday bo`lishidan qat`iy nazar sud Hay`ati a`zosi bo`lishi mumkin.




22 1776 yil 4 Iyulda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari Mustaqillik Deklaratsiyasini e`lon qilish bilan o`z mustaqilligini e`lon qilar ekanlar, ayni paytda o`zaro qandaydir ittifoqqa birlashish yo`llarini ham izlay boshladilar. Shu maqsadda 1777 yil 15 Noyabrda “Konfederatsiya me`yorlari” deb atalgan hujjatni imzoladilar va mazkur hujjatning 1781 yil 1 Martda kuchga kirishi bilan ular Konfederatsiyaga birlashdilar.

Yagona federativ davlat qurilmasini taklif etgan 1787 yil 17 Sentyabrda qabul qilingan AQSh konstitutsiyasi 1789 yil 4 Martda kuchga kirdi va u tez orada barcha 13 ta shtat tomonidan ratifikatsiya qilindi.

O`sha paytda mazkur 13 shtatdan iborat Ittifoqda 4 millionga yaqin aholi istiqomat qilar va ularning umumiy hududi taxminan 1.5 million kv/km ni tashkil etardi.

AQShning Fransiya va Ispaniyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli harbiy va diplomatik faoliyati natijasi o`laroq, uning hududi muttasil kengayib bordi.

1803 yilda Fransiyadan Luizina mustamlaka hududini 15 million dollarga (hozirgi qiymatda 193 mln. dollar) sotib olinishi misli ko`rilmagan hodisa bo`ldi. Shu tufayli, AQSh hududi 2.144.476 kv/km ga kengaydi. Sotib olingan yangi hududda keyinchalik 13 ta yangi shtatlar qad rostladi.

Oradan ko`p o`tmay 1819 yilda Florida hududi Ispaniyadan atigi 5 mln. dollarga xarid qilindi. 1845 yil Texas hududi AQShga qo`shib olindi. Ayni shu yili, yana bir katta hudud – Meksikaning uchdan bir qismi 15 million dollar evaziga AQSh ixtiyoriga o`tkazildi. Mazkur hududlarda keyinchalik Kaliforniya, Utah, Nevada, Kolorado, Yangi Meksika shtatlari vujudga keldi.

Nihoyat, 1867 yil 30 Martda Alyaska 7.2 million dollarga (hozirgi qiymatda 86.7 million dollar) Rossiyadan sotib olinishi bilan uning hududi 1.6 million kv/km ga ko`paydi.

Yangi hududlarning zabt etilishi yoki sotib olinishi oqibatida ittifoqni tashkil etuvchi shtatlar soni ham oshib bordi. AQSh tashkil topgandan so`ngi birinchi 25 yillik davr ichida (1789-1814) ittifoqqa 5 ta yangi shtat qo`shildi: Vermont (1791), Kontekki (1792), Tennesi (1796), Ohayo (1803), Luiziana (1812).

Ikkinchi 25 yillik davr mobaynida esa yana 8 ta yangi shtat ittifoqdan joy oldi: Indiana (1816), Missisipi (1817), Illinoys (1818), Alabama (1819), Meyn (1820), Missuri (1821), Arkanzas (1836), Michigan (1837). Shunday qilib jami shtatlar soni 26 taga etdi. Ayni paytda, o`sha davrda mazkur shtatlarda istiqomat qilayotgan aholi soni 17 millionni tashkil etdi.

1845 yilda ittifoq hududining Florida va Texas hisobiga kengayishi barobarida aholi soni ham salkam ikki barobar o`sdi va 31 millionga etdi. 1900 yilga kelib shtatlar soni 45 ta, aholi soni esa 75 millionni tashkil qildi.

Oxirgi yuz yillikda ittifoqqa yana beshta shtat qabul qilindi: Oklahoma (1907), Nyu Meksika (1912), Arizona (1912), Alyaska (1952), Havayi (1952).

Bugungi kunda AQSh ma`muriy nuqtai nazardan 50 ta shtat, alohida maqomga ega bitta okrug (Kolumbiya okrugi) va beshta tashqi hududiy birlikdan (Puerto Riko, Samoa, Guam, Shimoliy Mariana orollari, Virjin orollari) tashkil torgan. Bu tashqi hududiy birliklar alohida huquqiy maqomga ega. Senatda vakil va ovozga ega bo`lmasada, Vakillar palatasida ovoz berish huquqisiz o`z vakillariga ega.

Har bir shtat o`zining mustaqil qonunchilik va boshqaruv organlariga ega. Faqat Nebraska shtati parlamenti bir palatali, qolgan shtatlarda ikki palatali parlament faoliyat ko`rsatadi. Gubernatorlar shtatlardagi ijroiy hokimiyat boshlig`i hisoblanadi.


23


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish