Fiziologiyasi va gigiyenasi


 3.  Maktab yoshidagi  bolalarning kun  tartibi



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

4. 3.  Maktab yoshidagi  bolalarning kun  tartibi
Maktab va litsey o 'z  ishini  oila bilan  uzviy holda olib boradi.  Bu 
uzviylikning asosiy maqsadi bolalarga ta ’lim va tarbiya berishdir.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


I. 
P.  Pavlovning  oliy  asab  faoliyati  va markaziy  asab tizimining 
koordinatsiyasi  hamda  boshqarish  vazifasi  haqidagi  ta'lim oti  kun 
tartibni  shunday  tuzishga asos  b o la d ik i,  unda ish bilan dam  olish­
ni,  shuningdek,  m ashg'ulotlarning xilma-xil  turlarini ketma-ketligi 
hisobga  olinishi  zarur.
O 'quvchilarning kun tartibini va o'quv yuklamasini o'rganishda 
organizmdagi  fiziologik  muvozanatning  har  xil  faoliyat  turlari  -  
dam  olish,  ovqatlanish,  uyqu  va  boshqalarni  birgalikda  olib  borish 
natijasida  bolalarning  ish  qobiliyatini  tezroq  tiklash  haqidagi  ma- 
sala  dolzarb  m asalalardan  biridir.  Tashqi  muhitning  qulay  sharoiti 
ta ’sirida bola va o'sm irlar organizmi o'sib, ulg'ava boradi.  Kun tar­
tibi  to 'g ’ri  tashkil  etilganda  bola  charchamaydi,  asab  tizimida  ste- 
reotiplar  vujudga  keladi,  bolalar  intizomli  va  tarbiyali  b o 'la  bora­
di.  Kun tartibiga rioya qilinmaganda  esa  bola to i iq   dam  olmasdan 
toliqib  qoladi.  uyqusi,  ishtahasi  yomonlashadi,  asabi  buziladi,  ish 
qobilyati  pasayadi.
O 'quvchilarning uzoq vaqt davomida ish qobiliyati va asab tizimi 
q o 'zg'alishini  yuqori  darajada  saqlashda kun davomida  mehnat va 
dam  olish  vaqtlarining  oqilona  taqsimlanishini  ta ’minlay  oladigan 
kun tartibi katta aham iyatga ega.
Maktab  o'quvchilarining  kun  tartibini  tuzishda  asab  tizimining 
funksional  biologik  ritmi  asos  qilib  olindi.  K o'pchilik  sog'lom  
yosh  bolalarda  bosh  miya  yarim sharlari  qo'zg'alishining  yuqori 
ko'rsatkichlari  ertalabki va kunduzgi soatlarda,  uning pasayishi esa 
kechki  soatlarda  kuzatiladi.  Kuzatishlarning  natijalariga  ko'ra,  bo­
lalar va o'quvchilarning  ish qobiliyatlari ko'rsatkichlarining o'zga- 
rishini.  y a ’ni  kun  davom ida bu  ko'rsatkichning  2  barobar ortishini 
(birinchisi  soat 8  dan  12 gacha.  ikkinchisi  16 dan  18 gacha b o iish i) 
aniqlandi.  Ish  qobiliyatining  birinchi  ko'tarilishi,  ikkinchisiga  nis­
batan  yuqori  va  davomliroq  b o ia d i.  Lekin  hamma  bolalarda  ham 
yuqori  bioritmik  holat  shu  oraliqda  ko'zatilaverm aydi.  Masalan. 
kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  fiziologik  funksiyalarining 
davriy  o'zgarishini  maxsus  tadqiq  qilish  ularni  turli  xarakterdagi 
bioritm  guruhlariga  ajratish  imkonini  beradi.  Birinchi  guruhni  kun
www.ziyouz.com kutubxonasi


mobaynida  fiziologik  ko‘rsatkichlari  2  barobar  ortadigan  bolalar, 
ikkinchi  guruhning  esa  funksional  ko'rsatkichlari  kunning  o'rtasi- 
da bir barobar ko'tariladigan bolalar tashkil etadi.  Uchunchi  guruh- 
ga  yuqori  funksional  q o 'zg 'alishg a  ega  bolalar,  to'rtinchi  guruhga 
esa  yuqoridagi  ko'rsatkichlarga  ega  b o im ag an   bolalar  kiradi.
O 'quvchilarning  kun  tartibini  organizm  fiziologik  funksiyalar- 
ning  tabiiy  ortishi  va  pasayishi  davrlariga  mos  kelgan  ravishda  tu- 
zish  mumkin.  U  quyidagi  tarkibiy  qismlarni  o 'z   ichiga  oladi:
1.  M aktab va  uydagi  o'quv  m ashg'ulotlarini;
2.  K o'proq ochiq  havoda dam  olishni;
3. M untazam va to iaq o n li  ovqatlanish va ertalabki  badantarbiya 
bilan shug'ullanishni:
4.  Gigiyenik jihatdan to'laqonli  uyquni;
5.  O 'z   xohishiga  qarab  tanlagan  m ashg'ulotlarga  (badiiy  kitob 
o'qish, musiqa bilan shug'ullanish,  rasm chizish va boshqalar) ham 
vaqt  ajratishni  o 'z   ichiga  oladi.  Kun  tartibining  n o to 'g 'ri  bo'lishi, 
ayniqsa,  to 'y ib   uxlamaslik  bosh  miya  p o 'stlo g in in g   tiklanish  ja- 
rayonlariga  hamda  o'quvchilarning  ish  qobiliyatiga  salbiy  ta'sir 
qiladi.
Gigiyenik qoidalarga asoslanib tuzilgan kun tartibi o'quvchining 
kun  bo'yi  bajaradigan asosiy  faoliyati  turiarini  m e’yorlashga,  aqliy 
va jism oniy  mehnatini,  dam  olishini  to 'g 'ri  olib  borishiga  imkoni- 
yat yaratib beradi.  M aktab dasturi  o'quvchilarning aqliy faoliyatini 
jadallashtirishni  to 'g 'ri  rejalashtirish  imkonini  bermas  ekan,  o ’quv 
jarayoni  va  bolalar  so g iig in i  saqlash  uchun  ko'zlangan  maqsadga 
erishish  borasida qilinadigan  harakatlar  samarasiz  b o ia d i.
Kun tartibigaq at'iy  nova q ilm asliko'sib kelayotgan organizmga 
ju d a salbiy ta'sir ko'rsatadi.  O 'quvchilarning ish qobiliyati  pasayib, 
fanlarni  o'zlashtirishi  yomonlashadi,  vaqt  o'tishi  bilan  s o g iig 'id a  
salbiy  o'zgarishlar  paydo  b o ia d i.  Kun  tartibi  ayrim  bandlari- 
ning  muntazam  takrorlanib.  turishi  organizm  hayot  faoliyatining 
m a iu m  bir maromga tushib  ketishini  ta'm inlaydi.  Bola m a iu m  bir 
vaqtda  uyg'onishga  o'rganadi,  m a iu m   soatlarda  qorni  ochganini, 
kuch-quvvatga to'lib-toshganini.  m a'lum   bir vaqtda charchaganini
www.ziyouz.com kutubxonasi


sezadi.  O 'quvchining  kun  tartibi  organizmning jism oniy  va  ruhiy 
imkoniyatlariga  mos  tarzda  tuzilishi  hozirgi  zam onning  eng  t o i a  
qonli  dolzarb  muammosidir.
O 'quvchining  kuni  ertalabki  gigiyenik  gimnastika  m ashg’ulot- 
iari  bilan  boshlanadi  (2- jadval).  Ertalabki  badantarbiya  va  sovuq 
suvda yuvinish  va  h o ilan g an   sochiq  bilan  artinish  bolalarning  uy- 
qusini  qochirib.  o'qu v  faoliyatiga  tez  kirishib  ketish  imkonini  be­
radi.
Ertalabki  badantarbiya  asab  tizimi  tonusini  oshirib,  ichki 
a'zolar,  ayniqsa,  yurak-tom irlar  tizimi  ishini  yaxshilab,  bolani  te- 
tiklashtiradi  va  ancha  irodali  b o iish ig a   yordam  beradi.  Ertalabki 
badantarbivani  uyqudan  uyg’ongandan  10-15  daqiqa  o'tgach, 
yaxshi  shamollatilgan  xonada  o'tkazish  kerak.  Gimnastikaning 
davomiyligi  10-20  claqiqadan  ortmasligi,  avval  yengil  mashqlarni 
bajarib,  asta-sekin yuklamani  oshirib  borish lozim.  M ashg'ulotdan 
so‘ngtom irurishibiroztezlashadi,bufiziologiknorm achegarasidagi 
holat  b o iib ,  birmuncha  vaqtdan  so'ng  normaga  qaytadi.  Ertalabki 
badantarbiyada  cho'zilish,  bukilish,  gavdani  aylantirish,  yurish 
sakrash,  sekinroq  yugurish  va  boshqalardan  foydalanish  mumkin. 
Ertalabki  badantarbiya  m ashg'ulotlarida  5-8  ta  mashq  bajariladi, 
har  bir  mashq  2-3  martadan  8-10  martagacha  takrorlanadi. 
Nafasni  uzoq  vaqt  to'xatib  turadigan  mashqlarni  qilmaslik  kerak. 
M ashg'ulotlar  paytida  yengil  kiyim  kiyib  olish  lozim,  yotib 
bajariladigan  m ashg’ulotlar  uchun  kichik  gilamcha  b o iad i.
2- jadval

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish