Fiziologiyasi va gigiyenasi


  1.  O bquv yili  gigiyenasi



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

4.  1.  O bquv yili  gigiyenasi
Umumiy  o 'rta  ta iim   maktablarida joriy  qilingan  ish  dasturiga 
asosan  o'q uv   jarayonining  davomiyligi  kichik  maktab  yoshidagi 
o'quvchilar  uchun  qisqaroq.  o'rta,  katta  maktab  yoshidagi  o 'q u v ­
chilar  va  litsey  talabalari  uchun  esa  davomliroq  b o ia d i.  O 'quv 
yili  davomida  o'quvchilarning  ish  qobilivatining  saqlanib  turishi- 
da  qishki,  bahorgi,  yozgi  ta'til  kunlarida  bolalarning  yaxshi  dam 
olishlari  muhim  aham iyatga  ega.  O 'quv  m ashg'ulotlarini  ta ’tillar 
bilan  almashlab  turish  rejadagi  o'quv  materialining  bir  m e'yorda 
taqsimlanishi  bilan  o'quvchilar  toliqishining  oldi  olinadi,  mehnat- 
dan so'ng  so g 'lig 'i  va ish qobiliyatining  qayta tiklanishiga  imkoni- 
vat  yaratiladi.
M a'lum ki.  aqliy  qobiliyat  diqqat-e'tibor.  xotira  ko'rinishlari 
yozdan  keyin.  ya'ni  kuz  oylarida  aynan  aholi  dasturxoni  meva  va
www.ziyouz.com kutubxonasi


sabzavotlar bilan to'lgan oylarida,  oktabrdan to yanvargacha ancha 
yuqori  bo'ladi.  Bolalar  ratsionidagi  rneva  va  sabzavotlarning  ka- 
mayishi tufayli vanvar-mart oylariga kelib bular asta-sekin pasavib, 
may  va yoz oylarida  keskin  kamayib  ketadi.  Uzoq davom  etadigan 
va  o g 'ir  kechadigan  uchinchi  chorakda o'quvchilarning  ish  qobili- 
vati  va  fanlarni  o'zlashtirish  darajasi  pasavib  ketadi.
К.  M.  Vavnrub  (1979)  tom onidan  o'tkazilgan  tekshirishlarning 
natijalariga  ko'ra,  o'quvchilarning  birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi 
o'quv choraklari  orasidagi  ta ’tillar,  ularning  ish  qobiliyatlarini  asli- 
ga keltiradigan bo'lsa, uchinchi chorak bilan to'rtinchi chorak o 'rta ­
sidagi  ta'tillarning  so'nggi  chorakda o'qish uchun zarur bo'ladigan 
yaxshi damni  ta ’minlab bera olmas ekan.  O 'qish boshlanishidan bir 
necha  kun  avval,maktabdagi  o'quv  tartibi  bilan  tanishtirish  maq- 
sadida  o ’qituvchilar,  ota-onalar  va  o'quvchilar  bilan  uchrashuvlar 
tashkil  qiladilar.  Sinf rahbari  har  bir  o'quvchining  bo'yini,  ko'rish 
va  eshitish  qobiliyatilarini  hisobga  olgan  holda  o'tiradigan  parta- 
sini  belgilavdi.
Bolalarning qaysi  smenada o'qishi  ham ularning aqliy faoliyati- 
ga ta'sir ko'rsatadi.  Ikkinchi  smenada o'qiydigan o'quvchilar mak- 
tabga  ancha  toliqib  keladilar,  shu  sababli  ularning  o ’qish  kunini 
tashkil  qilish  muhim aham iyatga ega.  Birinchi  va bitiruvchi  sinflar, 
albatta.  birinchi  smenada o'qishlari  kerak.  Bir smenali maktablarda 
o'qishni  soat  8.  30  yoki  9.  00  dan,  ikki  smenali  maktablarda  esa 
soat  8.  00  da  boshlash  zarur.  Umumiy  o 'rta  ta’lim  maktablarining 
hozirgi  vaqtda  O ’zbekistondagi  o'quv  yuklamasi  quyidagilardan 
iborat:
-   1 -2 -3 -  sinflarda  bir haftalik y u k la m a - 24  soat;
-  4-  sinfda 27  soat;
-  5 -6 -7 -  sinflarda  32  soat;
-  8-  sinflarda  34  soat;
-  9-  sinflarda,  kollej  va litseylarda 36  soat bo'lishi kerak.  Fakul- 
tativ m ashg'ulotlar yuqori  sinflarda 4  soat bo'lishi qayd qilingan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirda  oliy,  o 'rta  maxsus  va  umumiy  o 'lta   maktablarida 
ta iim n in g   asosiy  shakli  dars  bo'lib,  u  turlicha  olib  borilishi  m um ­
kin. Aqliy mehnat qobiliyatini optimal darajada saqlash uchun dars- 
ning tuzilishi va o'quv kunining tashkil qilinishi muhim ahamiyatga 
ega.  Uning  davomiyligi,  qiyinligi,  zerikarliligi  o'quvchilardan  har 
xil  faoliyat  talab  qiladigan  m ashg'ulot  turlarini  to 'g 'ri  almashlab 
tuzishni  ko 'zda tutadi.  Dars  o'tishning  k o'p yillar davom ida shakl- 
langan  an'anaviy  4  komponentli  shakli  (savol-javob,  yangi  materi- 
alni  tushuntirish.  uni  m ustahkamlash.  uyga  vazifa  berish)  hozirgi 
rivojlangan  zamonaviy  o'qitish jarayoni  sharoitida  qisman  ko 'rib  
chiqilmoqda.  Zamonaviy  darsning  shakli  nihoyatda  mukammal 
tuzilgan bo'lib.  dars oidida turgan vazifalarning konkret talablariga 
aniq  javob  berishi  kerak.
O 'quv  m ashg'ulotlari  maktab  o'quvchilarining  oldiga  qator 
ancha  murakkab  (o'qishning  boshlang'ich  davrlarida)  talabiar 
qo'ym oqda.  Shu m unosabat bilan o'quv muddati bolalarning yoshi. 
imkoniyatlariga  mos  keladigan  bo'lishi  zarur.  Kichik  yoshdagi 
bolalarning  ish  qobiliyati  darslar  boshlangan  vaqtdan  hisoblagan- 
da  1,5  soatlardan  keyin,  o 'rta  va  katta  maktab  yoshidagilarda  esa 
2 -3  soatdan  so ‘ng  pasaya  boshlaydi.  ayniqsa.  6-  soatga  kelib  kes- 
kin  pasayib  ketadi.
Shu munosabat  bilan darslarning  qancha  davom  etishi  o'quv ja- 
rayonini  gigiyenik jihatdan tashkil  etishning  muhim  omili  hisobla­
nadi.  Uzoq  va  yaqin  xorijiv  mamlakatlarda.  shu jum ladan,  bizning 
mam lakatim izda  o'qitish  yuzasidan  to'plangan  k o 'p   yillik  tajriba 
45  daqiqali  darsni  eng  qulay  muddat  deb  e 'tiro f etadi.  Biroq.  dars 
to 'g ’ri  tashldl  etilgan  taqdirdagina  bu  muddat  samarali  natija  be­
rishi  mumkin.  Fiziolog  va  gigiyenistlarning  fikricha.  birinchi  sinf 
o'quvchilari  uchun  dars  35  daqiqadan  oshmasligi  kerak.  Endigina 
maktabga  qadam  qo'ygan  bolalarda  maktabgacha  davrda  paydo 
bo'lgan  va  odat  tusiga  kirgan  stereotip  buziladi  va  bola  o 'ziga  no- 
tanish bo 'lgan  maktab  sharoitiga moslasha  boshlaydi.  Shu  yoshda-
www.ziyouz.com kutubxonasi


gi  bolalarning  asab jarayonlari  m e'y or id an  ortiq  tez  o'zgaruvchan 
b o iib ,  q o 'zg 'alish   torm ozlanishga  nisbatan  ustun  turadi.  Bu  esa 
k o ‘pincha  o'quv  m ashg'ulotlarining  yuklamasi  ortiqcha  bo'lishi 
natijasida  ularning  tezda  charchab  qolishga  olib  keladi.  Bosh- 
la n g ic h   sin f o'quvchisining  diqqati  uzoq  vaqtga  bardosh  bera  ol- 
maydi, dars oxirigacha bola partada tinch o 'tira olmaydi, charchash 
boshlanishi  bilan  harakatlanib  diqqati  bo'linadi.  O 'tirgan  holatda 
dars  tinglash  o'quvchi  uchun katta  statik  ish hisoblanib,  45  daqiqa 
davomida  tanani  m a’lum  holatda  ushlab  turish,  ayniqsa,  birinchi 
sinf o'quvchisiga ju da  og'irlik  qiladi,  u tezda  charchab  bezovtala- 
nib,  harakat  qila  boshlaydi.
Tajribali  o'qituvchilar  yuqoridagi  holat  va  kuzatilishi  m um ­
kin  bo'lgan  o'zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  bolaning  diqqati- 
ni  o 'z   vaqtida  boshqa  m ashg'ulotlarni  bajarishga,  o'qishga,  rasm 
chizishga  jalb  qilishadi  yoki  jism oniy  tarbiva  daqiqalari  o'tkaza- 
dilar.  Ruhshunoslarning  m a’lumotlariga  qaraganda,  6-1 0  yoshli 
bola  20 daqiqa  atrofida,  10-12  yoshli  bola  esa  25  daqiqa  atrofida 
diqqatini  bir joyga  to 'plab   o'tirishi  mumkin.  M ana  shu  tadqiqot- 
lar  darslarni  ish  turlari  almashinib  turadigan  qilib  alohida  tuzish 
zarurligini  tasdiqlaydi.  Masalan,  o 'q ish  darsida mazmunli  o'qishni 
savol-javob bilan, didaktik material ko'rish, qayta so'zlab berish bi­
lan  almashtirish,  bundan tashqari,  maktab  o'quvchilarida,  ayniqsa, 
boshlang'ich sinf o'quvchilarida birinchi signal tizimi yaxshi rivoj- 
langanligi  uchun  darsda  ko'rgazm a  qurollaridan,  didaktik  o'quv 
vositalaridan  keng  foydalanish  mumkin.  Bu  o'quvchilarning  ish 
qobiliyatini  ancha  oshiradi,  chunki  birinchidan,  bosh  m iya  p o 'st­
log'ining  hali  charchamagan joylarini,  yangi  analizatorlarni  ishga 
jalb  etadi,  ta ’sirotlar  xususiyatini  o'zgartiradi,  ikkinchidan,  esa bir 
turdagi  faoliyatdan ikkinchi bir turdagi  faolivatga o'tilganida ishda 
bir  oz to'xtalish,  go'yo  kichik bir tanaffus paydo  bo'lishi  mumkin. 
B a’zi  darslarda  bu  kichik  tanaffuslar  birm uncha  uzoqroq  b o iish i 
va jism oniy  hordiq  lahzalari  ko'rinishida  b o iish i  mumkin.  Mana 
shunday  tanaffuslardan  keyin  bolalarning  m ashg'ulotlarga  yana 
bajonu  dil  kirishib  ketishlari  k o'pdan k o 'p   kuzatuvlardan m a’lum.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M aktab  ta'lim ini  gigiyenik  jihatdan  tashkil  etishda  darslar- 
ning  soni  katta  aham iyatga  ega.  Amaldagi  o'quv  rejasiga  muvofiq
1-3-  sinflarda  kuniga  4  tadan,  4-  sinfda  4-5  tadan,  5 -9 -  sinflarda 
kuniga  5 -6   tadan,  10-11-  sinflarda  6  tadan,  litseylarda  6 -7   tadan 
dars  o 'tish   ko'zd a  tutiladi.
T aiim n i  to 'g ’ri  tashkil  etish  uchun  kun  va  hafta  davomida 
darslarni  taqsimlash.  boshqacha  aytganda,  dars  jadvalini  to 'g ’ri 
tuzish  ju d a  muhim  aham iyatga  ega.
O ’quvchining  ish  qobiliyati,  fanlarni  o'zlashtirishining  ijobiy 
samarali  bo'lishi  ko'p jihatdan  dars jadvalining  gigiyenik talablar- 
ga muvofiq  tuzilishiga  bog'liq.  O 'zlashtirishning oson va qiyinligi- 
ga  qarab  hamma  fanlar  shartli  ravishda juda  qiyin,  o'rtacha,  qiyin 
va  oson  fanlarga  bo'linadi.
Birinchi  juda  qiyin  darajali  fanlarga  chet  tili,  matematika;  ik­
kinchi  darajali  qiyin  fanlarga  fizika.  kimyo:  o'rtacha  qiyin  dara­
jali  fanlarga  tarix,  tabiatshunoslik,  ona  tili  va  adabivot,  geografi- 
ya;  o'zlashtirilishi  oson  fanlarga jism oniy  tarbiya.  mehnat,  ashula, 
rasm  kabilar  kiradi.
O 'qish  kunining  birinchi  soatida  ertalabki  vaqtda  endigina 
o'qishga  o'rgangan  o'quvchining  miya  hujayralarining  ish  qobili­
yati  deyarli  pastroq  bo'ladi.  Shuning  uchun  bu  soatga  o'zlashtiri­
lishi  o'rtacha  qiyinlikdagi  fanlar  qo'yilishi  kerak.  2,  3-  soatlarda, 
ayniqsa.  2-  soatda  organizmning  ish  qobiliyati  eng  yuqori  daraja­
da  bo'ladi,  shuning  uchun  bu  soatlarga  o'zlashtirilishi  qiyin  fanlar 
qo'yilishi  tavsiya  etiladi.  4-  soatda  esa  o'quvchilarda  charchash 
belgilari  paydo  b o'la  boshlaydi.  Shuning  uchun  dars  jadvalining 
4-soatiga  aqliy  mehnat.  chuqur  fikrlash  talab  qilmavdigan  fanlar 
(jismoniy  tarbiya,  mehnat,  rasm.  ashula)  qo'yilishi  ish  qobiliya- 
tining  yanada  oshishiga  imkon  beradi  va.  nihoyat,  5.  6-  soatlarga 
o'rtacha  qiyinlikdagi  (tarix.  tabiatshunoslik.  geografiya.  ona  tili  va 
adabivot)  fanlari  qo'yilsa.  ularni  o'zlashtirish  yaxshi  bo'ladi.
Shuni  qayd  qilish  kerakki,  k o'p  yozish  yoki  chuqur  fikrlash 
bilan  b o g iiq   bo'lgan  fanlarni  dars  jadvaliga  ketma-ket  qo'yish 
mumkin  emas.  Chunki  bir  xil  m ashg'ulotlarni  ketma-ket  bajarish
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'quvchilarni  tez  charchatadi.  Shuning  uchun  chuqur  fikrlash  bi­
lan  b o g iiq   fanlar  (matematika,  fizika,  kimyo)  harakatlanish  bilan 
b o g iiq   fanlarga  (jismoniy  tarbiya,  mehnat)  almashtirilib,  k o ‘proq 
yozish bilan b o g iiq  fanlar (chet til i, rus tili, ona tili, rasm) esa eshi­
tish  va  ko'rish  bilan  b o g iiq   fanlar  (tarix,  adabiyot,  geografiya, 
jam iyatshunoslik)ga  almashtirilib  turilsa,  o'quvchilarda  charchash 
holatining  oldi  olinadi,  ularning  o'zlashtirish  qobiliyati  yaxshi 
b o ia d i.
O 'quvchilarning  o'zlashtirishi  hafta  davomida  ham  o ‘zgarib 
turadi.  Dam  olish  kunidan  keyin  birinchi  o 'q ish  kunida  o'quvchi 
organizmi  hali  ishga  to i iq   safarbar  qilinmagan  b o ia d i.
Shuning  uchun  ham,  qiyin  fanlar  iloji  boricha  birinchi  o 'q ish  
kuniga  qo'yilm asligi  kerak,
2-,  3-  o 'qish  kunlarida  organizmning  ish  qobiliyati  eng  yuqori 
darajada b o ia d i  va qiyin  fanlar hamda nazorat  ishlar shu kunlarda 
o'tkazilgani  m a'qul.
4- 
o 'qish  kunidan  boshlab  organizmning  ish  qobiliyati  pasaya 
boshlaydi,  lekin  o'qishning  6-  kuni  ko'rsatkichlarning  deyarli  pa- 
saygani  qayd  qilinmaydi.  O 'quvchilarda  chorshanba  kuni  darsni 
o'zlashtirish  qobiliyati  pasayganligi  aniqlangan.  Lekin  keyingi 
yillarda  olib  borilgan  tadqiqotlarga  ko'ra,  o'quvchilarda  darslarni 
o'zlashtirish qobiliyatining pasayishi  payshanba va jum a kunlariga 
to 'g 'r i  keladi.
Bundan  kelib  chiqadiki,  agar  4-  o'qish  kuni  dars  jadvaliga 
harakatlanish  bilan  b o g iiq   b o ig a n   yengil  fanlar  qo'yilsa,  tarbi- 
yaviy  soat  va  ekskursiyalar  shu  kunda  o'tkazilsa,  o'quvchilar dam 
oladi.  natijada  5,  6-o'qish  kunlarida  ularning  ish  qobiliyati  ancha- 
gina  tiklanadi,  natijada  dars jadvaliga  beshinchi  va  oltinchi  o'qish 
kunlari  qiyinroq  fanlar  qo'vilishiga  imkon  yaratiladi.
O 'qitiladigan  fanlar  o'quvchilarning  qaysi  signal  tizim ini  ishga 
solinishiga.  statik va dinamik  qismlarning nisbatiga  qarab tabiatan 
har xil  faoliyat  ko'rsatishni  ko'zda  tutadi,  bu  holat  o'quvchilardan 
aqliy jihatdan  har  xil  darajada  z o 'r  berishni  talab  etadi.  Bir-biriga 
yaqin b o iib , markaziy  asab tizim ining bir xil b o iim larin i ishga so-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ladigan  fanlarni  ketma-ket  qo'vish,  masalan.  m atem atikadan keyin 
fizikani  yoki  tarixdan  keyin  geografiyani  qo'vish  yaramaydi.  Juda 
charchatib  qo'vadigan  fanlarni  ish  qobilivati  yuqori  bo'lgan  davr­
da  o'tkazish  kerak.  Bu  nazorat  ishlariga  ham  taalluqlidir.  Bunday 
ishlarni  kuchik  sinflarda  2 -3 -  darslarda.  o 'rta  va  yuqori  sinflarda 
2 -4 -  darslarda  o'tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  Ayniqsa,  chorak 
va  o'quv  yilining  oxirlarida  bir  kunda.  bir  haftada  bir  nechtadan 
nazorat  ishi  o'tkazish  mumkin  emas.
Dars jadvalini  tuzishda,  ayniqsa,  yuqori  sinf o ’quvchilari  uchun 
uy  vazifalari  hajmini  ham  hisobga  olish  zarur,  chunki  yuqori  sinf 
o'quvchilari  uy  vazifalarini  bajarishga  talaygina  vaqt  sarflaydilar, 
natijada ularning  uxlashi  va  ochiq  havoda  bo'lishi  uchun  vaqt kam 
qoladi.
M ehnat va jism oniy tarbiya darslariga ish qobilivati pasayadigan 
paytlarni  ajratgan  m a'qul.  B oshlang'ich  sinflarda  mehnat  darsini 
uchinchi  darsda,  5-7- sinf o'quvchilarining  ustaxonalardagi  amaliv 
m ashg'ulotlarini  esa  ertalabki  o'qishda  3-4-darslarda,  tushlikdan 
keyingilarda  esa  1-2-  darslarda  o'tkazish  kerak.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish