Fiziologiya



Download 1,6 Mb.
bet35/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Fiziologiya

Amaliy mashg‘ulot
1- ish. Baqa qizilo`ngachidagi tukli epiteliy harakatini kuzatish
Ishdan maqsad: tukli epiteliy harakatini kuzatish.
Ish uchun kerakli jihozlar: baqa, qaychi, pinset, zond, ko`mir kukuni, taxtacha, ninalar, sovuq qonlilar uchun fiziologik eritma, ko`z pipetkasi.
Ishni bajarish tartibi. Odatdagi usul bilan baqa harakatsizlantiriladi va po`pak taxtachaga chalqanchasiga yotqizib ninalar bilan qadab qo`yiladi. Qaychining o‘tkir uchini baqa og`ziga kiritib pastki jag`i, qizilo`ngachi bo`ylab to medasiga yetguncha kesiladi va ichki yuzasini yozib ninalar bilan taxtachaga qadab qo`yiladi. Qizilo`ngachning shilliq qavati fiziologik eritma bilan yuviladi. Uning boshlanish qismiga ko`mir poroshogi sepiladi va ularning qizilo`ngachda surilishi kuzatilib, tezligi aniqlanadi. Odatda, zarrachalar qizilo`ngachning turli bo`limlarida turlicha tezlikda harakatlanadi, shuning uchun bo`limlardagi siljish tezligi bir biri bilan qiyoslanadi.
Nazorat savollari
1. Qizilo`ngach tukchalarining ahamiyatini tushuntiring ?
2. Suyuq va quyuq ovqatni yutishda qizilo`ngach harakati bir xil bo`ladimi ?

2 - ish. So`lak amilazasi ta`sirida kraxmal parchalanishini tekshirish
Nazariy tushuncha. Ovqat hazm bo`lish prosessida fermentlar juda katta rol` o`ynaydi. Fermentlar – biologik aktiv moddalar bo`lib, ximiyaviy reaksiyalar borishini tezlashtiradi. Odam so`lagi tarkibida kraxmalni mal`tozagacha parchalaydigan so`lak amilazasi, mal`tozani glyukozagacha parchalaydigan mal`taza fermentlari bo`ladi.
Ishdan maqsad: so`lak fermentlarining kraxmalga ta`sirini o`rganish.
Ishlash uchun quyidagilar kerak: kraxmalning 1% li qaynatilgan eritmasi (kraxmal kleysteri – yelimi), xom kraxmalning 1% li eritmasi, suv hammomi, termometr, spirtli lampa, probirkalar, shtativ, Feling raktivi, Lyugol` eritmasi, muz solingan idish, voronka, fil`tr qog`oz, salfetka.
Ishni bajarish tartibi. Mashg`ulotga tayyorgarlik ko`rila boshlangach so`lak yig`iladi. Buning uchun sinaluvchi student og`ziga 20 ml distillangan suv olib 1–2 minut davomida og`izni chayqaydi. So`ng uni bitta probirkaga yig‘adi va u fil`tirlanadi. Bu paytda 6 ta probirka raqamlab qo`yilgan bo`ladi: Shulardan 1 va raqamli probirkalarga 2 mldan kraxmal kleysteri quyib ustiga 1 mldan so`lak qo`shiladi. 3 probirkaga esa 2 ml kraxmal quyib 1 ml qaynatilgan so`lak qo`shiladi. 4 probirkaga bo`lsa faqat 2 ml kraxmal kleysteri quyiladi. 5 probirkaga 2 ml xom kraxmal eritmasi va 1% li xlorid kislota eritmasi qo`shib aralashtirilgan 1 ml so`lak qo`shiladi. Keyin 1,3 4,5,6 probirkalarni 380S li suv hammomiga joy-lashtirilib, 2- probirkani muz solingan stakanga solib qo`yiladi.10–15 minutdan so‘ng probirkalar suv hammomidan va muzli stakandan olinadi va salfetka bilan artiladi.
Probirkalardagi suyuqlik ikki qismga bo`linadi. Har bir probirkadagi suyuqlikning bir qismida 1–2 tomchi Lyugol` eritmasi tomiziladi. Probirkalarning ikkinchi qismidagi aralashma ustiga 1,0 ml dan Feling reaktivi qo`shiladi va qay-naguncha qizdiriladi. Agar suyuqlik tarkibida qand bo`lsa, u qo`ng`ir qizil rang hosil qiladi.
Topshiriq. Tekshirish natijalari asosida so`lakda fermentlar borligi, ular ta`sirining spesifik bo`lishi, fermentlar aktivligiga temperaturaning ta`sirini aniqlanadi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish