Fiziologiya


Ochlik va to’qlikning fiziologik asoslari



Download 1,6 Mb.
bet10/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

1.6. Ochlik va to’qlikning fiziologik asoslari
Organizm ehtiyojlariga adekvat bo’lgan metabolizmni amalga oshirish uchun oziq moddalar zarur. Odamda ularning birdan bir manbai ovqatdir. Ovqat hisobidan energiya sarfi to’ldiriladi va plastik jarayon amalga oshiriladi. Ovqat bilan organizmga oqsillar, karbonsuvlar, yog’lar, mineral tuzlar, vitaminlar kiradi. Oqsillar fermentlar va gormonlar sintezida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar esa yadro tarkibiga kiradi, yog’lar va glikozoaminoglikanlar hujayra membranasining tarkibiy qismidir. Mineral tuzlar qonda va hujayraaro suyuqlikda osmotik bosimni bir me’yorda saqlashda ishtirok etadi. Ular qo’zg’aluvchan hujayra membranasida hujayraning bioelektrik faolligini ta’minlab turuvchi ion gradientini yaratadi. Qon-dagi oziq moddalarning miqdori me’yoriy konstantadir. Uning kamayish tomonga siljishi ovqat topishga qaratilgan hulq-atvorni shakllantiradi va bundan keyin ovqat qabul qilinadi.Biroq oziq moddalarning keskin etishmovchiligi yoki uzoq muddat qabul qilinmasligi gomeostazni buzilishiga olib keladi, bu esa hayot uchun xavflidir.
Ochlik muayyan vaqt ovqatdan mahrum bo’lish natijasida kelib chiqadigan holat bo’lib, oziqa moddalarining depo va harakatdagi qonda kamayishi bilan bog’-liq. Ochlik hissi me’da sohasida ko’ngilsiz, noxush sezgilarning paydo bo’lishi, “ich talash”, ko’ngil ozish, ko’ngil aynish bilan namoyon bo’ladi. Bunda bosh aylanishi, bosh og’rigi, umumiy zaiflik va darmonsizlik kuzatiladi. Ochlik organizmni ovqat qidirishga va uni iste’mol qilishga ragbatlantiradi. Ochlikning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari markaziy asab tizimi turli bo’limlaridagi neyronlar qo’zg’alishi bilan shartlangan. Bu neyronlar majmuasini I.P.Pavlov ovqat mar-kazi deb atadi. Ovqat topish va uni iste’mol qilishga qaratilgan hulq-atvorni shakl-lantirish va OHQ tizimidagi a’zolar funkstiyalarini o’zaro moslashtirish hamda boshqarish mana shu markazning vazifasidir.
Ovqat markazi- gipotalamus, limbik tizim, retikulyar formastiya va yarim sharlar po’stlog’idagi murakkab majmuadir. Gipotalamusdagi lateral yadrolar ov-qat markazining qolgan qismlarini faollashtiruvchi bo’limdir. Bu yadrolar emiril-ganda ovqatni rad qilish, undan yuz o’girish (afagiya), ta’sirlanganda esa ko’plab ovqat iste’mol qilish (giperfagiya) kuzatiladi. Ovqat markazining bu qismi ochlik markazi deb ifodalanadi. Gipotalamusdagi ventral va medial yadrolarning emirilishi giperfagiyaga, ularning ta’sirlanishi esa afagiyaga sabab bo’ladi. Shuning uchun bu yadrolar to’qliq markazi hisoblanadi. Limbik tizim, retikulyar formastiya va bosh miya yangi po’stlog’ining oldingi bo’limlaridagi o’zgarishlar ovqatga doir hulq-ning buzilishiga olib keladi. Elektrofiziologik tadqiqotlar ham ovqat markazining tuzilishi va funkstiyalari murakkabligini ko’rsatadi.
Ovqat markazidagi gipotalamik yadrolar qon tarkibi va chetki resteptorlardan keluvchi turli - tuman signallar ta’siri ostida qo’zg’alishi yoki tormozlanishi mumkin. Och hayvonga to’q hayvon qoni quyilganda och hayvondagi ovqat topishga va uni iste’mol qilishga qaratilganda reflekslar so’nadi. Qon tarkibidagi qaysi moddalar ochlik yoki to’qlik markazini qo’zg’atishi to’g’risida bir qancha nazariyalar taklif etilgan.
Glyukostatik nazariya tarafdorlari ochlik sezgisini qon tarkibidagi glyu-koza miqdorining kamayishi bilan bog’laydi. Gipotalamusda qon tarkibidagi glyukoza miqdorining o’zgarishiga sezuvchan bo’lgan glyukoresteptorlar bor deb hisoblana-di. Tomir ichiga glyukoza yuborilganda gipotalamus lateral yadrolari elektr faolligi pasayadi, ventromedial yadrolar elektr faolligi esa birmuncha oshadi. Ammo bu nazariyaga qarshi dalillar ham bor. Aminostatik nazariya bo’yicha ovqat markazi neyronlarining qo’zg’aluv-chanligi qon tarkibidagi aminokislotalar miqdori bilan aniqlanadi. Lipostatik nazariya yog’lar parchalanganda hosil bo’luvchi metabo-litlar etishmovchiligini gipotalamik markazlar qo’zg’atuvchisi hisoblaydi. Ba’zilar yog’ depolari, ulardan yog’ ajratilganda, signallar yuborib, ovqat markazini qo’z-g’atadi degan fikrdalar. Gidrostatik nazariya ochlik hissini organizmdagi suv miqdori bilan bog’laydi, organizmda suv zaxiralari kamayishi ovqat iste’molini cheklab qo’yadi. Hozir metabolik nazariya taklif etilgan bo’lib, u muayyan darajada avvalgi nazariyalarni birlashtiradi. Bu nazariyaga muvofiq hamma oziqa moddalari parchalanishida hosil bo’ladigan Krebs stikli oraliq maxsulotlari qonda oqib turib ovqat markazi qo’zg’aluvchanligini aniqlaydi.
So’nggi yillarda o’n ikki barmoq ichak shilliq pardasidan peptid tabiatli modda ajratilgan bo’lib, uning tomir ichiga yuborilishi ishtahani bo’g’adi. Bu modda arenterin deb atalgan va ishtahani boshqaruvchi modda hisoblanadi. Xole-stistokinin- pankreozimin kabi to’qima gormonlari ham ishtahani pasaytiradi. Ovqat markazi qo’zg’aluvchanligini boshqarishda hazm yo’llari resteptorlaridan kelgan afferent impulslar ham muhim moxiyatga ega. Me’daning to’lishi, jumladan unga kiritilgan balonning puflab kattalashtirilishi, ovqat reakstiyalarini tormozlaydi. Ovqatdan bo’shagan me’daning davriy qisqarishlari esa ochlik hissini uyg’otadi. OHQ yo’llaridan adashgan va qorin nervlari orqali MNT ga kelgan afferent impulslar ochlik yoki to’qlik hissini shakllantiradi. Bu tasavvurlarni ochlikning mahalliy nazariyasi deb belgilaydilar(Teplov V.I., Boryaev V.E. 2007).
Ovqat eganda ochlik hissi yo’qolib, to’qlik hissi vujudga keladi.To’qlik hissi oziqa moddalari qonga o’tmasdan paydo bo’ladi. Bunday to’yishga sensor (birlam-chi) to’yish deyiladi, u ovqat markazining murakkab reflektor tormozlanishi oqiba-tidir. Sensor to’yishdan so’ng almashinuv (ikkilamchi) yoki haqiqiy to’yish kuza-tiladi va u oziqa moddalarining qonga o’tishi bilan bog’liq. Muayyan ovqatni iste’mol qilishga intilish yoki maxsus ishtaha mexanizmida qonning kimyoviy tarkibi, undan ta’sirlanadigan intraresteptorlar, gipotalamus, ta’m sezish analizatori va uning po’stloq markazi muhim rol o’ynaydi.



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish