Nafas chikarish mexanizmi
Nafas olish paytida nafas muskullari bir kancha kuchlarni: 1) yukoriga ko’tariladigan kukrak kafasining ogirligini; 2) kobirga togaylarining elastik karshiligini; 3) diafragma gumbazi pastga tushganda pastga itariladigan korin devorlarining karshiligini va korin bo`shlig’idagi organlar karshiligini engadi. Nafas olish fazasi tugab, nafas muskullari bushashgach xozirgina aytilgan kuchlar ta`sirida kobirgalar pastga tushadi va diafragma gumbazi picha ko’tariladi. SHuning natijasida kukrak kafasining xajmi kichrayadi. SHunday qilib, nafas chikarish akti (ekspiratsiya) odatda passiv ravishda, muskullar ishtirokidan tashkari ruy beradi. Tez-tez nafas chikarish paytida boya aytilgan kuchlarga (bular kukrak kafasining xajmini kichraytiradi) kobirgalararo ichki kiyshik muskullarning, orqadagi ichki tishli muskullarning va korin muskullarining qisqarishi kushiladi.
Kobirgalararo ichki muskullar kobirgalararo tashqi muskullarning tolalariga karama-karshi yunalgan, ya`ni oldindan va yukoridan orqaga va pastga yunalgan tolalardan tuzilgan. SHuning uchun bu muskullar qisqarganda kobirgalar pastga tushadi. Korin muskullari qisqarganda korin bo`shlig’idagi organlar va diafragma gumbazi yukoriga ko’tariladi.
Nafas olish va chiqarishda o’pka hajmining o`zgarishi.
Ko`krak kafasi ichida joylashgan o’pkani plevra bushligi (kukrak kafasining ichki yuzasini koplovchi parietal plevra bilan o’pkaning tashqi yuzasini koplovchi vistseral plevra orasidagi yoriksimon kamgak) kukrak kafasining devorlaridan ajratib turadi. Nafas olish paytida kukrak kafasi bushligi kengayib, plevra bo`shlig’idagi bosim kamayadi, o’pka xajmi kattalashib, ichidagi bosim pasayadi. SHuning uchun havo yullari orqali o’pkaga havo kiradi.
Nafas chiqarish paytida kukrak bushligining xajmi kichrayib, plevra bo`shlig’idagi bosim picha ortadi, yozilgan o’pka tukimasi siqiladi; o’pka ichidagi bosim ko’tariladi va o’pkadan havo chiqadi.
SHunday qilib, o’pka xajmi passiv ravishda, kukrak bushligi xajmining va plevra bo`shlig’idagi va o’pka ichidagi bosimning uzgarishi tufayli uzgaradi.
Nafas olish va chikarishda o’pka xajmining uzgarish mexanizmini Donders modelida kursatib berish mumkin.
Kukrak kafasi xajmining uzgarishi va shu payt plevra bo`shlig’idagi bosimning uzgarishi nafas olish paytida o’pkaning kengayishiga va nafas chikarish paytida uning siqilishiga bevosita sabab ekanlgigi Donders modelidan kurinib turipti. O’pka ichidagi bosimning uzgarishi esa nafas olish paytida o’pkaga havo kirishiga va nafas chikarish paytida o’pkadan havo chikib ketishiga bevosita sababdir.Tekshirilayotgan kishining bir burniga manometr bilan ulangan nay kiritib, og’iz ni berkitib nafas olish buyurilsa, o’pka ichidagi bosimning shu tarika uzgarishini kayd kilsa bo`ladi. Xar bir nafas olish paytida o’pkadagi bosim atmosfera bosimidan 2 mm past, xar bir nafas chikarish paytida esa atmosfera bosimidan simob ustuni xisobida 3-4 mm yukori ekanligini tajriba ko’rsatadi.
Kukrak devorini manometrga ulangan kavak ignada teshib plevra bo`shlig’idagi bosimni ulchash mumkin. Igna plevra bushligiga kirishi bilan manometr u erdagi bosim atmosfera bosimidan kam ekanligini ko’rsatadi. Plevra bo`shlig’idagi bosim tinch nafas olish paytida atmosfera bosimidan simob ustuni xisobida 8 mm kadar, tinch nafas chikarish paytida esa 4 mm kadar past. Atmosfera bosimini shartli ravishda nolga teng qilib olib, bosimni ko’pincha manfiy bosim deb atashadi. Maksimal chukur nafas olganda – 20 mm. past bo’lishi mumkin.
Plevra bo`shlig’idagi manfiy bosim
Kukrak bo`shlig’idagi manfiy bosimning vujudga kelish mexanizmini uzgartirilgan Donders modelida ravshan bilib olish mumkin. Hayvonning kukrak kafasi sigadigan shisha idish tanlab va ichiga shu hayvon o’pkasini urnashtirgach havosi tortib olinsa, o’pka idishning deyarli butun xajmini egallaydi. Ayni vaqtda idish devori bilan o’pka orasidagi yoriksimon bushlik mavjud bosim atmosfera bosimidan picha past bo`ladi. Buning sababi shuki, yozilgan elastik o’pka tukimasi siqilishga intiladi. elastik o’pka tukimasining siqilish kuchi – o’pka tukimasining elastik tortish kuchi – atmosfera bosimiga karshi ta`sir etadi.
Donders modelining yukorida bayon kilingan variantida ruy beradigan xodisalar normal fiziologik sharoitda nafas olish va chikarishda kuzatiladi. O’pkalar kukrak kafasida doim yozilgan (chuzilgan) xolatda bo`ladi, shu bilan birga nafas olish paytida o’pka tukimasi ko`proq chuzilsa, nafas chikarish paytida kamrok chuziladi. O’pkaning xakikatan xam doim yozilib turishiga ishonmok uchun kukrak kafasini ochib kurish kifoya: o’pka elastik tortish kuchi borligidan darxol puchayadi (siqiladi) va kukrak bushligining taxminan 1/3 qisminigina egallaydi.O’pka tukimasining chuzilishi atmosfera bosimining o’pkaga fakat havo yullari ichidan ta`sir qilishiga va kukrak devori kattik bulgani uchun tashkaridan ta`sir ko’rsata olmasligiga bog’liq. SHuning uchun o’pka kukrak kafasida bir tomonlama bosim ta`sirida bo`ladi va bu bosim o’pkani chuzib, kukrak devoriga shunday kisib kuyadiki, o’pka butun plevra bushligini tuldirib turadi. Plevra bushligining izlari esa fakat tor plevra yorigi shaklida koladi, unda seroz suyuklikning yo’pka kavati bo`ladi.
Atmosfera bosimining kuchi o’pkaning elastik tortish kuchini engishga bir kadar sarf bo`ladi. SHuning uchun o’pka yuzasi kukrak devoriga atmosfera bosimining miqdordan kura kam kuch bilan takalib turadi. Natijada plevra bo`shlig’idagi bosim xatto nafas chikarish paytida xam atmosfera bosimidan o’pkaning elastik tortish kuchi kadar, ya`ni simob ustuni xisobida taxminan 66 mm kadar kam bo`ladi. O’pkaning elastik tortish kuchi ikki faktordan:
1) al’veolalar devorida bir talay elastik tolalar borligidan;
2) al’veolalar devorining yuza tarangligidan kelib chiqadi.
O’pkaning elastik tortish kuchidan 2/3 qismi al’veolalar devorining yuza tarangligiga bog’liq ekanligini Neyergard 1929 yildayok kursatib berdi. O’pkaning elastik tukimasi elastin fermenti bilan parchalangandak sung o’pka uzining elastiklik xossalarini saklab kolishini kursatuvchi yangi ma`lumotlar Neyergard ma`lumotiga mos keladi.Turli al’veolalarda yuza taranglik kuchlari turlicha bulgani uchun, ulardan bir qismi nafas chikarish paytida boshqa al’veolalarning chuzilgan xolicha turishi xisobiga bujmayishi, puchayishi mumkin. Birok al’veolaning ichki yuzasini suvda erimaydigan, yo’pka monomolekulyar, surfaktan (surface – yuza, satx degan ingliz suzidan olingan) deb atalgan modda koplaganligi uchun bu xodisa ruy bermaydi.
Surfaktan yuza tarangligi kam bo’iib, al’veolalarning butunlay bujmayishiga tuskinlik qiladi va ularning kattaligini bir xilda saklab turadi. YAngi tugilgan bolalarda surfaktan bo’lmasa o’pka yozilmay koladi (atelektaz). Surfaktan al’fa-letsitindir. U al’veolyar epiteliy xujayralarining mitoxondriyalarida xosil bo`ladi, deb faraz qilishadi. Adashgan nervning ikkalasi qirqib tashlangach surfaktan ishlanishi tuxtaydi. YAngi tugilgan bolaning plevra bo`shlig’idagi bosim nafas chikarish paytida atmosfera bosimiga teng ekanligi va nafas olish paytidagina manfiy bo’iib kolishi shu bosimni ulchab aniklandi.
Plevra bushligida manfiy bosimning paydo bo’lishiga sabab shuki, yangi tugilgan bolaning kukrak kafasi o’pkasiga qaraganda tezrok usadi, shu sababli o’pka tukimasi doim (xatto nafas chikarish paytida xam) chuzilib turadi. Plevra bushligida manfiy bosim xosil bo’lishida plevra varaklarining suruvchanligi xam axamiyatli. SHuning uchun plevra bushligiga kiritilgan gaz biroz vaqtdan keyin surilib ketadi va plevra bushligiga yana manfiy bosim vujudga keladi. SHunday qilib, plevra bushligida manfiy bosimni aktiv ravishda saklab turuvchi mexanizm bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |