Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

Atsetilxolin.
Hozir atsetilxolin barcha (simpatik va parasimpatik)
preganglionar tolalarning oxirlarida va skelet muskullaridagi tomirlarni
kengaytiruvchi va ter bezlarini nervlovchi simpatik postganglionar tolalar
oxirlarida ajraladi, deb hisoblaydilar. Ko'rinib turibdiki, atsetilxolin - juda keng
tarqalgan mediator.
Atsetilxolinga sezgir bo'lgan postsinnaptik membranadagi retseptorlar bir xol
emas. Ulardan ba'zilari nikotin bilan ta'sirlanganda, xuddi atsetilxolin ta'sir
qilgandek javob qaytaradi va N-xolinoretseptorlar (nikotin- xolinoretseptorlar)
nomini olgan. Boshqa retseptorlar atsetilxolin bilan bir qatirda qo'ziqorin zahari
– muskaringa sezgir. Ularni M- xolinoretseptorlar (muskarin xolinoretseptorlar),
deyishadi.


Qonga yuborilgan atsetilxolin talay a'zolar faoliyatiga ta'sir qiladi: yurak
faoliyatini susaytiradi, bronxlarni toraytirib, ularda shilimshiq ajralishini
ko'paytiradi, me'da va ichak harakatlarini kuchaytiradi. Ammo bu moddani
parchalaydigan ferment

atsetilxolinestersza keng tarqalganidan, tez
parchalanib, o'z ta'sirini yo'qotadi.
Noradrennalin va adrenalin.
Adrenalinning mediatorligini ham O.Lyovi
aniqlagan. Adrenalindan tashqari mediator rolini tuzilishi jihatidan unga
o'xshash bo'lgan ikkita katexolamin – noradrenalin va dofamin bajaradi.
Katexolaminlarning faoliyatga va a'zolarga ta'siri maxsus adrenoretseptorlar
bilan birikkandan keyin yuzaga chiqadi. Farmakologik usukkar yordamida ikki
turdagi 
adrenoretseptorlar 
bborligi 
aniqlangan. 
Ular 
alfa-
vabeta-
adrenoretseptorlar, deyiladi.
Ichki a'zolarning aksariyatida adrenoretseptrorlarning har ikki turi mavjud.
Bu retseptorlarning qo'zg'alishi a'zo faoliyatiga odatda qarama-qarshi ta'sir
ko'rsatadi. Skelet muskullaridagi arteriolalarning silliq muskul tolalarida alfa- va
beta- adrenoretseptorlar bor. Alfa- adrenoretseptorlarning qo'zg'alishi tomirni
toraytiradi, 
beta-
adrenoretseptorlarning 
qo'zg'alishi 
esa 
arteriolalarni
kengaytiradi.
Simpatik nerv tizimi ta'siri kabi samara beradigan moddalarning
(simpatomimetik moddalarning) ba'zilari alfa-adrenergik, ba'zilari esa beta-
adrenergik bo'lishi mumkin.
Noradrenalin yurak, jigar, taloqni nervlaydigan simpatik tolalar oxirlarining
mediatoridir. 
Buyrak 
usti 
bezining 
mag'iz 
qismida 
ajraladigan
katexolaminlarning 20% ini noradrenalin tashkil qilsa, qolgan 80% ga yaqini
adrenalinga to'g'ri keladi.
Noradrenalin va adrenalin yurakning muskul tolasi membranasidagi
adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi. Adenilatsiklaza ATF dan sAMF (siklik
3
'
5
'
- adenozinmonofosfat) hosil bo'lishini tezlashtiradi, sAMF esa energiya
almashinuvina jadallashtirib, yurak qisqarishini kuchaytiradi.
Organizmga tashqaridan kiritilgan noradrenalin sistolik va diastolik qon
bosimini oshiradi, yurak urish tezligi ortmasa ham, qisqarish kuchi oshadi.
Buyrak qon tomirining torayishi natijasida siydik ajralishi kamayadi.
Noradrenalin hazm tizimi faoliyatiga ham kuchli ta'sir qiladi: me'da-ichak
muskullarining harakati susayib, tonusi pasayadi, me'da, ichak bezlari
ajratadigan shira miqdori kamayadi, ammo so'lak ajralishi ortadi.
Adrenalinning ta'siri kengroq. U yurakning qisqarishlar kuchini ham, sonini
ham oshiradi. Natijada yurakning minutlik hajmi ortadi. Bronxlarning
muskullarini bo'shashtirib, kengaytiradi. Hazm tizimi a'zolarining harakatini
tormozlaydi. Ammo bu tizim sfinkterlarini va siydik yo'llaridagi sfinkterlarni
qisqartiradi. Hazm shiralari ajralishi kamayadi. Adrenelinning ahamiyatga molik
ta'siridan yana biri skelet muskullarining qisqaruvchanligini oshirishdir. Bu ta'sir
charchagan muskullarda yaqqol bilinadi.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish