modda almashinuvi oshadi, kislorod sarflanishi va CO
2
chiqarilishi ko'payadi.
Gormonlar mitoxondriyalarda oksidlanish jarayoniga bevosita ta'sir qiladi.
Hujayralarda oqsil sintezi tezlashib, yog' va uglevodlar ko'proq parchalanadi.
Tireoid gormonlar to'qimalarning katexolaminlarga
nisbatan sezgirligini
oshiradi. Bu gormonlar miqdori qonda ko'paysa, adrenalin va noradrenalinning
juda oz miqdori periferik qon tomirlarni toraytiribb, arterial qon bosimini
oshiradi.
Qalqonsimon bezning me'yoridan ortiq ishlashi tireotoksikozga olib keladi.
Bunda organizmda quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi:
1. Markaziy nerv tizimining qo'zg'aluvchanligi oshadi, odam serjahl bo'lib
qoladi, behuda bezovtalanadi, yig'laydi, uyqusi buziladi.
2. Tremor (qo'llar titrashi) paydo bo'ladi.
3. Taxikardiya ro'y berib, arterial qon bosimi oshadi.
4. Nafas o'zgaradi, o'pkaning minutlik havo almashinuvi (ventilyatsiyasi)
ko'payadi.
5. Me'da-ichak tizimining harakatlari kuchayadi.
6. Ko'z yorig'i va qorachiq kengayadi, hamda ko'z chaqchayadi (ekzoftalm).
Kretinizm – qalqonsimon bez bolalik davridanoq sust ishlaganda ro'y
beradigan holat. Kretinlarning bo'yi o'smay qo'yadi, tana qismlarining nisbati
o'zgaradi (oyoq-qo'llari kalta, boshi katta bo'ladi), balog'atga yetish to'xtaydi, u
ruhiy rivojlanishda orqada qoladi. Tili og'ziga sig'may, og'zidan chiqib turadi.
Bu miksedema (shilomshiq shish) belgilaridan biridir.
Miksedema – voyaga yetgan odamning qalqonsimon
bezi sust ishlaganda
kuzatiladigan holat. Uning ko'pgina belgilari tireotoksikoz alomatlarining
teskarisi. Miksedemaga uchragan bemorning asosiy modda almashinuvi 30-40%
kamayadi. Tana harorati pasayadi. Bradikardiya, gipotoniya kuzatiladi. Oqsillar
almashinuvining buzilishi natijasida a'zo va to'qimalarning hujayralararo
bo'shliqlarida al'bumin va mutsin miqdori ko'payib, bu yerdagi suyuqlikning
onkotik bosimi oshadi. Natijada to'qimalarda suv yig'iladi, «shilimshiq shish»
paydo bo'ladi. Kretin bolaning tili og'ziga sig'maganligining sababi ham tilning
shishishida.
Markaziy nerv tizimi faoliyati buzilishi natijasida
miksedema kasaliga
uchragan odamning fikr yuritishi va so'zlashi qiyinlashadi, unda hech narsaga
ishtiyoq bo'lmaydi. Boshqa endokrin bezlar, xususan
jinsiy bezlar faoliyati
buziladi.
Tireoid gormonlarning qondagi miqdori barqarorligini gipofizning tireotrop
gormoni ta'minlaydi. Bu trop gormonning qonga o'tish tezligi, o'z navbatida,
rilizing-gormonlarning faolligiga bog'liq. Tireoid gormonlarning qondagi
miqdori kamaysa yoki organizmning bu gormonlarga ehtiyoji oshsa (masalan,
organizmga sovuq ta'sir qilganda), gipotalamusning
gipofizotrop sohasidan
tiretropin-rilizing-gormonning adenogipofizga o'tishi tezlashadi. Qonda TTG
miqdori oshib, follikullardan tireoid gormonlarning qonga o'tishi tezlashadi.
Agar triyodtironin va tiroksinning qondagi miqdori oshsa, rilizing-gormonning
faolligi pasayadi, tiretropin miqdori ham kamayadi,
natijada qalqonsimon bez
gormonlarining qondagi miqdori kamayadi. Demak, qalqonsimon bez faoliyatini
boshqarishda ham manfiy qaytar aloqa tamoyili katta rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: