G’ovvoslar,
kesson ishchilari, akvanavtlar ish vaqtida yuqori bosimga ega
bo’lgan havo yoki sun’iy gazlar aralashmalaridan nafas olishga majbur
bo’lishadi. G’ovvos suv ostiga tushganida nafas olishi uchun beriladigan gazlar
aralashmasining bosimi atrofidagi gidrostatik bosimiga teng bo’lishi kerak.
Gazlar bosimi past bo’lsa, g’ovvos nafas ololmaydi.
Suv ostiga har 10 metrga tushgan sari bosim 1 atmosferaga ortadi. Demak,
100 m chuqurlikda g’ovvosning nafas olishi uchun gazlar aralashmasining
bosimi 10 atmosfera bo’lishi kerak. Bunday
bosimdagi havodan nafas olinsa,
qon, to’qima suyuqligi va to’qimalarda erigan gazlar miqdori juda ko’payib
ketadi. Suv ostida birorta havf paydo bo’lishi tufayli g’ovvos tezda suv yuziga
ko’tarilsa, gazlarning qonda eruvchanligi kamayib ketadi va oldin yuqori
bosimda ko’plab erigan gazlar ajralib, pufakchalar hosil qiladi.
Atmosfera
havosini tashkil qiluvchi gazlardan azot ayniqsa havfli, chunki u kislorod va
karbonat angidridga o’xshab kimyoviy birikmalar shakliga o’tmaydi. Ko’p
miqdorda qonda paydo bo’lgan azot pufakchalarining qon tomirlarda tiqilib
qolishi gaz emboliyasiga olib keladi. Emboliya
miyaning muhim markazlarini
qon bilan ta’minlaydigan tomirlarda rivojlansa, hayotga havf tug’iladi. Shu va
boshqa bir qator sabablarga ko’ra, g’ovvoslar nafas oladigan gazlar
aralashmasida azot geliyga almashtiriladi. Buning
natijasida nafas loish
yengillashadi, chunki geliyning zichligi azotning zichligidan 7 marta kam. Shu
tufayli nafas yo’llarining qarshiligi kamayadi. Geliyning qonda eruvchanligi
juda kam bo’lganidan emboliya havfi yo’qoladi. Bundan tashqari, azot yuqori
bosimga ega bo’lganda, odamga narkotik ta’sir ko’rsatadi.
Geliyda esa bunday
xususiyat yo’q.
Yuqori bosimga ega kislorod bilan nafas olish ham organizm uchun zararli.
Hatto odatdagi atmosfera bosimida sof kislorodni 10-15 soat davomida nafasga
olish nafas yo’llari shilliq pardasini ta’sirlaydi, alveolalardagi surfaktant
faoliyatini bbuzadi, o’pka yallig’lanishiga olib kelishimumkin. Yuqori
bosimdagi kislorod esa 1-2 soatdan keyin markaziy nerv tizimi faoliyatini keskin
buzadi, odamni akashak bo’lib qolishga olib keladi. Shuning uchun suv ostiga
tushganda, g'’vvos
chuqurlashgan sari, nafas havosidagi gazlar aralashmasida
kislorodning parsial bosimini yer sathidagigacha (159 mm.s.u.) kamaytirish
kerak.
Shuni aytib o’tish joizki, ba’zi kasallarni 3-4 atmosfera bosimiga ega bo’lgan
kislorod bilan nafas oldirib, davolaydilar. Bemor ma’lum
vaqt davomida
kislorod bosimi yuqori bo’lgan maxsus kamerada yotadi. Bu sharoitda qon va
to’qimalarda erigan kislorod miqdori 20-25 marta ko’payadi. Bu kislorod
hujayralarga juda tez diffuziyalanib o’tadi va gipoksiyaga bog’liq bo’lgan
patologik holatlar yengillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: